Samsung health

Kundalik salomatlik

*Qurilmalar va ekran tasvirlari illyustrativ maqsadlarda taqlid qilingan. UX/UI dasturiy ta'minot versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

Energiya ko'rsatkichi.
Sizning Galaxy AI asosidagi kundalik tayyorlik ko'rsatkichingiz

O'z energetik ko'rsatkichingiz yordamida kundalik salomatligingizni nazorat qiling

Energiya ko'rsatkichi — bu sizning har kunlik jismoniy va aqliy energiyangiz va tayyorligingiz o'lchovi. Faqatgina Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalari bilan uyqu, faollik va yurak urish tezligi tahlili asosida sizning kelayotgan kun energiya ko'rsatkichinigiz hisoblanadi.1,2

Shaxsiy maslahatlar yordamida o'z energiyangizni oshiring

O'z natijangizni oshirish uchun nimalar qilishingiz mumkin? O'z kundalik tartibingizni rejalashtirish va boshqarish uchun kunlik energiya ko'rsatkichingizni oshirish borasidagi tavsiyalarga ega bo'ling.1,2

Shaxsiy sog'liq
uchun maslahatlar

Sos'ligingizga e'tibor qarating

Mashg'ulot natijalaringizni yaxshilamoqchiligingiz yoki tungi uyqu odatlaringizni yanada yaxshiroq o'rganishingizdan qat'iy nazar, shaxsiy maqsadlaringizga erishish uchun o'z salomatlik vazifalaringizni belgilab oling. 2

Shaxsiy maqsadlaringizga erishish borasida foydali maslahatlarga ega bo'ling

Kundalik salomatlik odatlaringiz asosida sog'lom hayot sari sayohatingizdagi natijalaringiz haqida batafsil bilib oling. Salomatlik maslahatlari Samsung Health ilovasi ma'lumotlariga asoslanib batafsil axborot taqdim etadi.2

Uyqu haqidagi shaxsiy ma'lumotlar

O'z uyqu ko'rsatkichingizni bilib oling

O'z uyquingiz davomiyligi, har bir uyqu bosiqichi vaqti va uyqu davomidagi harakatlaringiz haqida bilib oling va o'z uyquingiz sifatini oshiring.3

Yaxshi tungi uyqu uchun

Yurak urish tezligi, uyqu bosqichlari, xurrak otishni aniqlash va boshqalar haqida batafsil bilib oling!*3,4

*Qondagi kislorod darajasi, yurak urish tezligi, nafas olish darajasi, xurrak otishni aniqlash, tana harorati va uyqu bosqichlari.

Uyqu nazorati

Uyqu nazorati yordamida kechasi sifatli uqyuingiz uchun o'z uyqu rejimingizni kuzating va tahlil qiling, kunlik maqsadlarni belgilang va ularga rioya qiling.5

Salomatlik sayohatingizni uyg'unlashtiring

Samsung Galaxy qurilmalaridagi Samsung Health ilovasi yordamida salomatligingiz borasidagi batafsil ma'lumotga ega bo'ling hamda uni boshqaring. O'z salomatlik maqsadlaringiz sari harakatingizda tafsilotli ma'lumotlarni birlashtiring.

  • *Samsung Health 6.24 va undan yangi versiyadagi ilovasi talab etiladi.
  • **Galaxy Watch7 soati Android 11 operatsion tizimli Samsung Galaxy smartfoniga ulangan bo'lishi kerak.

Salomatligingizni nazorat qiling va yaxshilang

Shaxiy yurak urish tezligi zonasini belgilang

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun optimal jismoniy holatda mashq qiling. Galaxy Watch Seriyasi soatlari bilan siz salomatlik borasidagi maqsadlaringizga erishishingiz uchun shaxsiy yurak urish tezligi zonasini mos tarzda sozlashingiz mumkin.

  • *Shaxsiy yurak urish zonasi faqat umumiy salomatlik maqsadlari uchun mo'ljallangan. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish, davolash uchun mo'ljallanmagan. Mazkur natijalar faqat shaxsiy ma'lumot uchun. Tibbiy maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
  • *Galaxy Watch soatida shaxsiy yurak urish zonalari sozlamalari mavjud (Samsung Health 6.24 va undan yangi versiyaga ega Galaxy Watch4 va undan yuqori modellarda). Yurak urish tezligi zonasi diapazonini aniqlash uchun ochiq havoda 10 daqiqa davomida 4 km/soat tezlikdan kam bo'lmagan barqaror tezlikda yugurish talab etiladi.
  • *Ta'riflangan barcha xizmatlar, imkoniyatlar, funksiyalar, kontent, foydalanuvchi interfeysi va afzalliklar oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin, ularning mavjudligi esa mamlakat/mintaqa, qurilma modeli, OS/One UI versiyasi hamda sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

O'z yo'nalishingizni tuzing
va sportdan bahra oling

Oldindan o'rnatilgan yo'nalish faylini (GPX* formatida) Galaxy Watch soatingizga yuklang hamda yo'nalish bo'yicha sayohat qiling.
*GPX (GPS ma'lumotlarini ulashish formati): Joylashuv, zarur paytda balandlik, vaqt va boshqa tafsilotlarga ega umumiy fayl formati.

  • *GPX formatidagi yo'nalish fayli yurish, yugurish, velosipedda uchish yoki piyoda sayr rejimiga kiritilganda hamda yo'nalish Samsung Health sozlamalarida maqsad sifatida belgilanganda amal qiladi.
  • *Faqat Galaxy Watch5 Pro va Galaxy Watch qurilmalarida mavjud.

Tana tarkibini o'lchash bilan fitnes maqsadlaringizga samarali erishing

Tana tarkibini o'lchash

Galaxy Watch bilan tana kompozitsion tarkibini (vazn, organizmdagi yog' tarkibi va mushaklar massasi) tekshiring. Salomatligingizni muntazam ravishda nazorat qiling.

  • *Faqat umumiy salomatlik va fitnes uchun mo'ljallangan. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish, davolash uchun mo'ljallanmagan. Mazkur natijalar faqat shaxsiy ma'lumot uchun. Tibbiy maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
  • *Galaxy Watch4 Seriyasi va undan yangi modellarda mavjud.

Maqsadli ko'rsatkichlarni belgilash

O'z oldingizga maqsadlar qo'ying (muddati, vazni, tanadagi yog' tarkibi va mushaklar massasi). Foydali maslahatlar bilan maqsadlaringizga tezroq erishing.

  • *Faqat umumiy salomatlik va fitnes uchun mo'ljallangan. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish, davolash uchun mo'ljallanmagan. Mazkur natijalar faqat shaxsiy ma'lumot uchun. Tibbiy maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
  • *Galaxy Watch4 Seriyasi va undan yangi modellarda mavjud.

Hayotingizni yaxshi tarafga o'zgartiring

Maqsadlaringizga doʻstlaringiz
va oilangiz bilan birga erishing

Samsung Health yordamida fitnes maqsadlaringizga qiziqarli va interfaol usulda erishing. Barcha hisob ostida boʻlishi va maqsadlari yoʻlida adashmasligi uchun doʻstlaringiz va oilangiz bilan doʻstona musobaqa tashkil eting.

Mutaxassislardan o'rganing

Bir xildagi kundalik ishlaridan toliqdingizmi? Samsung Health siz uchun malakali murabbiylar ishtirokidagi video lavhalarni tayyorlab, ularning yordamida siz chigal yozdi, ozish, chidamlilik mashqlari va boshqalar kabi yangi fitnes dasturlarni o'rganishingiz mumkin. Yana kundalik tempga qaytish uchun bu sizga ayni ma'qul bo'ladi. Mashg'ulot paytida real vaqt davomida o'zingizga kerakli ma'lumotlarni olib boring. Endilikda siz ekranda yurak urishi va kaloriyalar hajmini kuzatib borishingiz mumkin.

*Samsung Health fitnes dasturida yugurish davomida Galaxy Watch taqib olish talab etiladi

Bugungi kunni sokin tafakkur bilan yakunlaylik

Tanangiz, aqlingiz va qalbingizga dam bering. Sizga kun davomida charchoqdan qutulishga yordam beradigan qudratli meditatsiya uskunalari bilan tanishing. Kuningizni sokin o'ylar bilan yakunlang hamda sizga oson uyquga ketishga yordam beradigan yoqimli musiqa va hikoyalarni tinglang*.

  • * Galaxy Buds bilan qaerda bo'lishingizdan qat'i nazar, oddiy teginish bilan ehtiyotkorlik muhitiga kiring. (*Galaxy Buds seriyasida mavjud)
  • * Qurilmalar alohida sotiladi.
  • *Ayrim kontent qoʻshimcha toʻlov va Calm hisobiga kirishni talab qilishi mumkin.

Siz loyiq bo'lgan qo'llab-quvvatlash

Natural Cycles° tomonidan quvvatlangan tsiklni kuzatish sizga shaxsiy ma'lumot va ta'lim mazmunini taqdim etish orqali sog'liq bilan bog'liq alomatlarni boshqarishning noyob jihatlarini tushunishga yordam beradi. Galaxy iphone va Galaxy Watch biz sevadigan ayollarni har qadamda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Siz nima yeysiz

Kundalik ovqatlanish va tamaddilarni Samsung Health yordamida yozib borish orqali sog'lom ovqatlanish odatlarini shakllantiring. Kun davomida vitamin va ozuqalar iste'moli hamda Galaxy Watch yordamida o'lchangan AGEs ko'rsatkichi asosida ovqatlanish odatlaringizni aniqlang hamda yanada sog'lom ovqatlanish sari harakat qiling.

  • *AGEs (Yuqori Glikat Yakuniy Mahsulotlari) Galaxy Watch7 va undan yangi modellarida o'lchanadi. (*Laboratoriya funksiyalari)
  • *AGEs ko'rsatkichlari Galaxy Watch7 Series soatida yorug'lik sensorlaridan foydalanib, ular xavfsizlik texnikasi tomonidan o'rnatilgan chegaralarda ishlaydi. Ammo yorug'lik sezishg moyilligi bor shaxslarda teri rangining o'zgrishi yoki toshmalar kabi yorug'lik salbiy ta'sirlari kuzatilishi mumkin. Agarda sizda yorug'lik sezish moyilligi kuzatilsa, siz mazkur funksiyadan foydalanmasligingiz maqsadga muvofiq.

Qanday foydalanish kerak

Samsung Health-dan foydalanishning oddiy usullari bilan tanishing

Sizning sog'ligingiz haqidagi ma'lumotlar Samsung Knox ilovasida xavfsiz saqlanadi.

Yaxshi mos keladi

Siz bilan hamnafas bo'ladigan Galaxy bilan aqlliroq hayotni boshdan kechiring.

Ilovani o'rnating

Hoziroq Samsung Health ilovasini yuklab oling.

 

Galaxy Smartfonlar

Galaxy S24 Ultra smartfonining orqa va old ko'rinishi. Galaxy S24 Ultra smartfonining orqa va old ko'rinishi.
 

Ilovalar va Xizmatlar

Galaxy smartfoni turli xil ilovalar va xizmatlar piktogrammalarini namoyish etadi. Smartfonning ikkala tomonida jismoniy shaxslar Galaxy qurilmalari va Galaxy Apps & Services bilan bog'liq pozalarda ko'rish mumkin. Galaxy smartfoni turli xil ilovalar va xizmatlar piktogrammalarini namoyish etadi. Smartfonning ikkala tomonida jismoniy shaxslar Galaxy qurilmalari va Galaxy Apps & Services bilan bog'liq pozalarda ko'rish mumkin.
  • Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  • Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqar shaxsiy ma'lumot uchun taqdim etilgan. Iltimos tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing.
  • Mazkur qayd etilgan barcha xizmatlar, imkoniyatlar, funksional, kontent, foydalanuvchi interfeysi va afzalliklar oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi, ularning mavjudligi esa mamlakat/mintaqa, qurilma modeli va operatsion tizim versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Pullik xizmatlar to'lovdan so'ng mavjud bo'ladi.
  • Qurilmalar va ekran tasvirlari namuna maqsadida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model, mamlakat/mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  1. Energiya ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellar, Galaxy Fit3 dan tashqari) yoki Samsung Galaxy Ring yordamida to'plangn salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlangan bo'lishi kerak. Kamida avvalgi kun haqidagi faollik yoki uyqu, hamda uyqu vaqtidagi yurak urish tezligi haqidagi ma'lumotlar talab etiladi.
  2. Energiya ko'rsatkichini baholash hamda Salomatlik maslahatlari Android (Android 10 va undan yangi versiyalar) telefonlarida mavjud bo'lib, Samsung Health ilovasi (6.27 va undan yangi versiya) talab etiladi.
  3. Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellarda mavjud. Uyquni nazorat qilish funksiyasi faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun mo'ljallangan. Hech qanday uyqu kasalliklari va buzilishlarini aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. O'lchovlar faqat shaxsiy ma'lumot berish uchun mo'ljallangan. Maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat eting.  
  4. Xurrak otishni yozib olish uchun uyqu vaqtida soatni taqing va telefonni boshingiz yonida mustahkam yuzaga, misol uchun tumba ustiga, uning quyi qismini o'zingizga qaratib joylashtiring.
  5. Samsung Health ilovasining 6.24 yoki undan yangi versiyasi talab etiladi. Uyqu nazorati uchun kamida 7 kunlik, jumladan 2 dam olish kunlari haqidagi uyqu ma'lumotlari talab etiladi.