Samsung pass

Oʻzingiz oʻzingizning parolingizsiz


Unutiladigan parollar endi oʻtmishda qoldi. Birgina nigoh yoki bosish bilan xavfsizlik tekshiruvidan oʻting.
Ilovalar va veb-saytlarga qulay va xavfsiz kirish uchun shunchaki oʻzingizga tegishli biometrik maʼlumotlardan foydalaning.


* Samsung Pass xizmatida foydalanish mumkin boʻlgan funksiyalar, xususiyatlar va unga mos keluvchi ilovalar har xil tartib va qonunchilik shartlari tufayli mamlakatga qarab farqlanishi mumkin.

Sodda va xavfsiz

Barmoq izi

Samsung Pass — bu biometrik autentifikatsiya yordamidagi tezkor kirish imkoniyatini ta'minlovchi "identifikatsiyani boshqarish xizmati".


* Samsung Pass xizmatida foydalanish mumkin boʻlgan funksiyalar, xususiyatlar va unga mos keluvchi ilovalar har xil tartib va qonunchilik shartlari tufayli mamlakatga qarab farqlanishi mumkin.

Har qachongidan-da kuchli
xavfsizlik

Samsung Pass sizning ma'lumotlaringizni boshqarishning xavfsiz usulini taqdim etish uchun yaratilgan. Murakkab tekshirish jarayonidan voz keching hamda Samsung Pass bilan maxfiylik va ma'lumotlar xavfsizligiga erishishning oson yo'lini tanlang.

* Samsung Pass ilovasida saqlangan maʼlumotlar qimmatli maʼlumotlarning sizib chiqib ketishining oldini olish uchun Samsung Knox tomonidan himoyalangan.

* Samsung Pass ilovasida saqlangan maʼlumotlar qimmatli maʼlumotlarning sizib chiqib ketishining oldini olish uchun Samsung Knox tomonidan himoyalangan.

Tizimga kirishning super oson usuli, siz uchun soddalashtirilgan

Barchasini xotirada saqlamang. Autentifikatsiyadan o'ting.

Tizimga kirish uchun barmoq izingizni bosishingiz yoki ko'zlaringizni skaner qilish kifoya. Samsung Pass tizimining ilg'or biometrik autentifikatsiya imkoniyatlari bilan siz shaxsiy ma'lumotlaringizni qo'lda kiritishingiz shart emas.

На смартфоне отображается экран входа в систему Samsung Pass с полями для ввода ID пользователя и пароля. После ввода ID пользователя [email protected] появляется всплывающее окно с текстом, который гласит: "Используйте отпечатки пальцев для подтверждения своей личности", и со значком аутентификации отпечаткa пальца. Значок нажат.
  • * Veb avtomatik to'ldirish faqat Samsung Internet brauzerida mavjud.
  • ** Avtomatik to'ldirish funksiyasi kirish ma'lumotlari (ID/PW,OTP) va shaxiy ma'lumotlarni (manzil, karta) qo'llab-quvvatlaydi.

Passkey yordamida yanada xavfsiz va oson kirish imkoniyati

Buzib kirish va fishing hujumlaridan raqamli himoyangizni biometrik ma'lumotlar hamda ekran bloklari yordamida shifrlanuvchi, takomillashtirilgan parolsiz kirish yechimi — Passkey bilan yanada mustahkamlang. Sizning kirish parollaringiz himoyalangan tarzda Passkeyda saqlanadi va barmoq izi yordamida siz ulardan kirish uchun oson foydalanishingiz mumkin.

  • * Passkey kirish parollarini qo'llab-quvvatlovchi ilovalar va veb sahifalarda amal qiladi.
  • ** Passkey One UI 6 va undan yuqori versiyalarda qo'llab-quvvatlanadi.

Samsung Pass ekotizimidagi istalgan joyda foydalaning

Sizning Samsung Pass ma'lumotlaringizni turli qurilmalarda sinxronlash imkoniyati orqali mobil qurilmalar, televizorlar va shaxsiy kompyuterlarda ham xuddi shunday avtomatik to'ldirishdan foydalanishingiz mumkin.

* Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro'yxati Samsung Pass siyosatiga qarab o'zgarishi mumkin. Samsung Pass tizimi Android OS 7(Nougat) versiyali Samsung Galaxy qurilmalarida qo'llab-quvvatlanadi

* Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro'yxati Samsung Pass siyosatiga qarab o'zgarishi mumkin. Samsung Pass tizimi Android OS 7(Nougat) versiyali Samsung Galaxy qurilmalarida qo'llab-quvvatlanadi

 

Galaxy S23 Ultra

 

Ilovalar va Xizmatlar

*Qurilma va ekran tasvirlari illyustratsiya uchun modellashtirilgan.