Brend

Chegaralardan tashqariga chiqish
eng soʻnggi Stilus qalami texnologiyalari bilan

S Pen innovatsiyalarning uzoq yillik anʼanalarini davom ettiradi.

Ilk telefon kashf qilingandan buyon, texnologiyalar uzoq masofani bosib oʻtdi. Bizning oʻzgaruvchan talablarimizga moslashish maqsadida, qurilmalar anʼanaviy vazifalari chegarasidan chiqdilar. Endi telefon faqat chaqiruvlar uchun emas, stilus esa – raqamli qalamdanham koʻproq tushuncha.

Kelajakni qayta yozish

Tachskrin ekranning dunyoga kelishi stilus qalamni eskilik qilib qoʻyishi kerak edi. Umuman olganda, barmoq eplay oladigan ishda ortiqcha vositadan foydalanishning nima keragi bor? Biroq tez orada S Pen bu mantiqni sahnadan irgʻitib yubordi.

Oʻtgan yillar davomida S Pen oddiy stilusning chegarasidan oʻtayotganini kuzatib bordik. Stilus Galaxy Z Fold3 5G bilan birga mahsuldorlikni oshiradigan, ketayotganda izoh qoldirish kabi jonli foydalanish tajribasini almashtiradigan (va hattoki yaxshilaydigan) yangi imkoniyatlarga ega boʻldi.

Stilusning eng soʻnggi talqini, yangi Galaxy Z Fold3 5G eʼtiborga olgan holda ishlab chiqilgan. Bu uni S Pen Fold Edition va S Pen Pro telefon bilan mos keladigan dunyodagi eng birinchi buklanadigan stilus deb eʼtirof etadi.¹

Erkinlik berilgan ijodlkorlik

Ijod bilan ifodalash rivojlangan sari, oʻzaro muloqotimiz uslubi ham oʻzgarib bordi. Bunda S Pen ham ortda qolmadi. Turli dizayndagi qalam hamda turli darajadagi bosim va ogʻish sensorlari bilan jihozlanganligi tufayli, siz ekranda istaganingizcha erkin ijod qila olasiz.

Mahsuldorlik uchun koʻproq muhit

S Pen stilusi ijodiy ifodalashning yangi choʻqqilariga yetishishda toʻxtab qolmadi. U har takror sayin yangi takomillashtirilgan imkoniyatlarni ochgan holda mahsuldorlikning oʻyin qoidalarini ham oʻzgartirdi.

Original S Pen, stilusining eng birinchi chiqarilganidan boshlab, qimmatli vaqtni tejashga imkon beruvchi eng birinchi yorliq ham namoyish qilindi: Samsung Notes ilovasini oddiy ikkita teginish bilan ochish.

Endi esa S Penning yangilangan, Bluetooth qoʻllab-quvvatlanadigan, kam quvvat sarflaydigan versiyasi beqiyos erkinlik va moslashuvchanlikni taqdim qilib, foydalanuvchilarga bitta stilus yordamida bir qator ishoralarni boshqarish imkonini beradi²

Chegaralarni buzish va ularni qayta belgilash

Kelajak uchun innovatsiyalarga boʻlgan intilishlarimizdan ilhomlangan S Pen stilusi soʻnggi 10 yil ichida koʻplab yaxshilanishlarga ega boʻlganligi, uning maqomini aksessuardan zarurat darajasigacha koʻtardi. Mazkur soʻnggi versiya yangi xususiyatlarni ochadi va foydalanuvchilar uchun yanada katta tajribalarni taqdim qiladi.

Kelajakni oching
Dunyodagi eng birinchi telefon bilan mos keladigan buklanadigan stiluslar yana nimalarga qodirligini koʻring.

Keyingi bobni tuzish

21-asr oʻzgarishlar va moslashishlar bilan belgilab berildi. Shuning uchun bizning qurilmalarimiz, oʻzimiz kabi moslashuvchan boʻlishi kerak. Ijodiy ifodalashdan mahsuldorlikni oshirishgacha – S Pen oʻzining vazifalari qatoridan chiqib, koʻp maqsadlarga xizmat qilmoqda. Keyingi bob yozilayotgan ekan, faqat doimiy innovatsiyalarga boʻlgan sodiqlik, kelajakka qaratilgan istiqbolli tushunchalarni anglatishi mumkin.

  • ¹S Pen Pro va S Pen Fold Edition alohida sotiladi. Faqat Samsung Galaxy Z Fold3 qurilmasi uchun ishlab chiqilgan S Pen Pro yoki S Pen Fold Edition stiluslaridan foydalaning. Boshqa barcha Galaxy Z Fold3 qurilmasi uchun ishlab chiqilmagan S Penqurilmalari yoki stiluslar (jumladan boshqa ishlab chiqaruvchilarniki) ekranga shikast yetkazishi mumkin. S Pen Fold Edition faqat Galaxy Z Fold3bilan mos keladi.
  • ²Air Actions (BLE) faqat One UI 3.1 yoki undan keyingi versiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan Galaxy Z Fold3, S21 Ultra, Note20/Ultra, Note10/+, Note10/+ 5G, Note10 Lite, Tab S7+, Tab S7, Tab S7 FE va Tab S6 qurilmalarida mavjud. S Pen Pro, Air Actions funksiyasidan foydalanish uchun quvvatlanishni va juftlashishni talab qiladi. S Pen Fold Edition Air Actionfunksiyasini qoʻllab-quvvatlamaydi.
  • ³Baʼzi ilovalar Multi Active Window rejimini qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.

Innovatsiyalarni qoʻlga oling

Bugungi kun kelajakka qarab ochilmoqda. Keyin sodir boʻladiganlarning qismi boʻling.

Endi bu hikoyalarni oʻqing