Brend

Qiziquvchan oʻzga sayyoralik G·NUSMAS bilan tanishing

Koinotdan tushgan gʻayrioddiy zukko Samsung muhandisi.

Bexosdan Yer sayyorasiga
urilib ketdim!

Mening ismim G·NUSMAS. Men 100 million yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan Novus-129 sayyorasidanman. U yerdagi hayot doim joʻshqin va quvnoq! Xoʻsh, men Yerga qanday kelib qoldim? Hammasi bir zumda sodir boʻldi! Sezdirmasdan kosmik kemaga kirdim va “ASLO BOSA KOʻRMANG” deb yozilgan tugmaga koʻzim tushdi. Bu uchish tugmasi ekani xayolimga ham kelmagandi.

Men begona emasman,
Men Novus-129 sayyorasidanman!

100 million yorugʻlik yili masofani uchib oʻtganimdan keyin ushbu Yer deb ataluvchi koʻkish yashil dumaloq makonga qoʻndim. Aniqrogʻi, Suvondagi Samsung kampusiga kelib qoldim. Kiraverishda shunday soʻzlar yozilgan belgi bor edi: “Begonalarning kirishi taqiqlanadi”. “Lekin men begona emasman-ku, – oʻyladim ichimda. Shunchaki...boshqa sayyoradanman, xolos”.

Shunday qilib, antennalarim bilan eshikni ochdim va bilasizmi nimaga duch keldim? Eng sara narsalarga toʻla xonaga! Men u yerdagi qiziqarli buyumlarga berilib ketgandim, shunda kimdir toʻsatdan yelkamga qoqib, men rad etolmaydigan taklifni bildirdi. U agar Samsung kompaniyasida u bilan birga ishlasam, buzilgan kosmik kemamni tuzatib berishini aytdi!

Hatto ishlayotganingda ham hech koʻrmayotgandek raqsga tush

Endi men Samsung kompaniyasidagi eng maxfiy muhandisman! Lekin men koʻnikib qolgan ona sayyoram Novus-129 solishtirganda bu yer juda ham sokin tuyuladi. Keling, hayotga biroz joʻshqinlik baxsh etib, vaqtichogʻlik qilamiz! Tayyormisiz? Hamma raqsga!

Butun dunyo men uchun sahna!

Bu ofis sizga barcha ajoyib xislatlarimni namoyish qilish uchun torlik qiladi. Qiziq, menga mos kattaroq sahna bormikan? Keyin “Qayerni xohlasam, oʻsha yer men uchun sahna boʻladi”, degan fikr xayolimda yashindek chaqnadi! Stol, botiq monitor, smartfon yoki havo tozalagich. Yermi yoki Yerdan tashqarimi, ahamiyatsiz – kezish uchun men tanlagan har qaday joy! Bir qadam, ikki qadam, uch qadam, toʻrt! Yer bunchalik qiziqarli joy ekani tushimga ham kirmagandi.

Yerliklar, men barchangiz bilan uchrashmoqchiman!

Men sizlarga oʻxshamasligim mumkin: koʻzlarim katta-katta, moviy antennalarim ham bor. Lekin sizni hurkitib yubormayman, deb umid qilaman! Samsung kompaniyasidagi doʻstlarimga koʻproq yerliklar bilan uchrashishni xohlashimni aytganimda, ular shunday dedi: “G·NUSMAS, sen baʼzida biroz besoʻnaqay va jinnicha boʻlishing mumkin, lekin juda yoqimtoysan. Sen barchaga yoqasan, bunga shubhamiz yoʻq”.

“Barchaga?” Shunaqa gaplar! Bu sayyorada topishim mumkin boʻlgan barcha yerliklar bilan uchrashmoqchiman! Safarim boshlanmoqda, tez orada uchrashguncha!

*Qurilma va ekran rasmlari tasvirlash maqsadlari uchun mo‘ljallangan.

Endi bu hikoyalarni oʻqing