Taom va Uy

Nafis Oq Sous bilan bezatilgan Treskali Brandeyd taomi

Kartoshka parrakchalari va qaymoqli sous bilan bezatilgan treskali brandeyd taomi.

Mehmon kutishga taraddudidamisiz? Mazali treskali taom oqshomingiz bezagiga aylanishi tayin. Sizning mehmonlaringiz katta taassurot ostida qoladilar.

Masalliqlar

Bezak uchun:
· 300 g kartoshka

Sous uchun:
· 1 osh qoshiq suv
· 30 g sariyog'
· tuz
· limon sharbati

Brandeyd uchun:
· 200 g kartoshka
· 200 g treska balig'i
· 200 g yirik tuz
· 1 osh qoshiq zaytun yog'i
· 1 osh qoshiq qaymoq
· 1⁄2 sariq limon
· zafaron iplari va kukuni
· barra chervil ziravori

Retsept ketma-ketligi

Kartoshka bo'lakchalarini joylash uchun avvaliga katta kartoshkani slayser yordamida uzunligi 12 sm va kengligi 1 sm bo'lgan parrakchalarga bo'lib oling. Kuymaydigan oshxona qog'ozi ustiga kartoshka parrakchalarini 7X7 to'r shaklida joylang. Uni bug'da induksion rejimda pishiring.

Шаг 1. На противне расстелить бумагу для выпечки, на которой переплести вместе полоски картофеля в виде сеточки. Шаг 1. На противне расстелить бумагу для выпечки, на которой переплести вместе полоски картофеля в виде сеточки.

Treskali brandeyd uchun to'g'ralgan kartoshka bo'laklarini o'rta olovdagi suvda qaynatib oling. Tayyor bo'lgandan so'ng ularni quritib kartoshka maydalagichida maydalab oling. Tayyor pyureni tovaga oling va ustini oshxona plyonkasi bilan yopib qo'ying.

Treskani tayyorlash uchun uni yaxshilab tuzlang va 2 soat davomida sovutkichga joylang. So'ngra uni sovuq suvda yuving va 5 daqiqa davomida past olovda tayyorlang. Undagi suvni to'kib tashlang, po'stini ajrating hamda mayda bo'lakchalarga bo'lib kartoshka pyure ustiga qo'ying. Unga osh qoshiq zaytun yog'i hamda qaymoq qo'shib yaxshilab aralashtiring. Nihoyat, taomga tuz, limon sharbati va zafaron kukuni seping.

Keyingi navbatda, sous tayyorlash uchun biroz suvni qizdirib oling. Asta-sekin kichik sariyog' bo'laklarini qizdirilayotgan suvga solib boring. Biroz tuz va barra limonning sharbatini siqib soling. Barchasini aralashtirib olgandan so'ng, sousni induksion pechda iliq saqlab turing va so'ngra chetga oling.

Endi taomingizga o'ziga xos tab ulashish vaqti keldi. Kartoshkali bezakni induksion pechda bug'da isiting. Tarelkaga osh qoshiq treskali pyureni soling hamda uni chiroyli qilib isitilgan kartoshka bilan bezang. Taom ustiga oq sousni quying va barchasi ustiga biroz zaytun yog'i seping. Yakuniy qadamda, taomni barra chervil va zafaron ip ziravorlari bilan bezang.

Barcha mehmonlaringiz maqtoviga loyiq dasturxonga tortilgan mazali baliqli taomdan zavq oling.

Har kuningiz mazali bo'lsin

Navbatdagi hikoyalarni o'qish