TAOM & UY

Skovorodada qovurilgan krevetkalar va bodringli salat

Mayin bodringli salat suvli krevetkalarga o'ziga xos ta'm baxsh etadi.

Bodringli salatning qaymoq va yong'oqli mazasi qovurilgan krevetkalarning mayinligi bilan birgalikda sizning ajoyib kuningizga yanada betakror shukuh baxsh etadi.

Masalliqlar

· 1 dona bodring
· 12 dona o'rta kattalikdagi yo'lbars krevetkalar
· 1 osh qoshiq limon sharbati
· 1 chimdim qalampir, ta'bga qarab
· 1 choy qoshiq tuz
· 2 choy qoshiq zaytun moyi
· 120 g tozalangan xandon pista
· 150 g yog'li suzma
· 20 g yangi koriander barglari (garnir uchun)
· 20 g amarant yoki boshqa o'simlik (garnir uchun)

Retsept ketma-ketligi

Krevetkalarning bosh va qobiq qismlarini tozalab, dumchasini olmasdan dasturxonga tortish uchun olib qoling. Krevetkaning orqa tomonidan pichoq bilan yurg'azib, uni kapalak shakliga keltiring. Bodringni tozalang va uni ikkiga ajratib, pichoq yordamida somoncha shaklida to'g'rang. To'g'ralgan bodringni tovaga soling hamda tuz sepib, yaxshilab aralashtirgandan so'ng 1 soatga chetga olib qo'ying.

Xandon pistasini yirik donachalarga maydalang hamda bir osh qoshiq bezatish uchun olib qo'ying. Qolgan xandon pistani suzma va limon sharbati bilan obdon aralashtirib, undan sous tayyorlang. Bodringdagi ortiqcha namlikni siqib tashlang so'ngra esa sous bilan aralashtiring. Ta'bga qarab murch qo'shing.

Induksion plitada olovni eng yuqori darajaga qo'yib skovorodani qizdiring. Unga zaytun yog'i soling va krevetkalarni tillarang holatga kelgunga qadar qovuring. Tabga qarab tuz va murch soling.

Har bir likopcha uchun bodringli salatni vilka yordamida o'rab, uni idish markaziga joylashtiring. Bodringli salat atrofiga uch dona qovurilgan krevetka qo'ying. Taomni xandon pista yordamida bezating, hamda qo'shimcha sifatida amarant, koriander va boshqa o'simliklarni joylashtiring.

Eng so'ngida taomga zaytun yog'i seping va barchasi tayyor! Ushbu mazali taomni yaqinlaringiz bilan ta'tib ko'ring.

Har bir kuningiz mazali bo'lsin

Navbatdagi hikoyalar