Taom & Uy

Mazali kamalakrang forel va sabzavotlar

Yengil o'tkir sous bilan bezatilgan skovorodada qovurilgan forel va sabzavotlar.

Navbatdagi bir kishilik sog'lom taom sifatida mazkur mazali forelni yozgi barra sabzavotlar hamda vinegret bilan birgalikda tayyorlang.

Masalliqlar

· 1 dona kamalakrang forel (250g)
· 1 dona qizil piyoz
· 2 dona mayda sabzi
· 1/2 dona tsukkini
· 1 dona sariq shirin qalampir
· 1 dona qizil shirin qalampir
· 4 dona qizil cherri pomidori
· 4 dona sariq cherri pomidori
· 1 dona yashil olma
· 6 osh qoshiq zaytun yog'i
· 1/3 choy qoshiq tuz
· 1/3 choy qoshiq qora murch

Vinegret uchun:
· 1 choy qoshiq gorchitsa
· 1 choy qoshiq vustershir sousi
· 1/2 choy qoshiq sherry sirkasi
· 1 osh qoshiq o'rmon yong'og'i yog'i
· 1/3 choy qoshiq oq murch
· 1/3 choy qoshiq tuz

Retsept ketma-ketligi

Baliqning suyagi bo'ylab, boshidan dumiga qarab gorizontal kesing. So'ngra dumi va qanotlarini kesing hamda jabralarini ajratib oling. Baliq filesiga biroz tuz va murch seping.

Zaytun yog'ini skovorodaga soling hamda Infinite Range CombiHob qaynatish panelida o'rta olovda qizdirib oling. So'ngra skovorodaga baliqni joylang — panel ventilyatisiyasi taom tayyorlash vaqtidagi hid va bug'larni ushlab qoladi. Baliq skovorodaga yopishib qolmasligi uchun uni kapkir bilan bir-bir asta ko'tarib turing. Qoshiq bilan yana biroz zaytun yog'ini soling hamda ag'darib ikkinchi tomonini qovuring.

So'ngra, barra sabzavotlarni tayyorlang. Piyoz, sabzi, sukkini qovog'i, qalampirlar va cherri pomidorlarini ingichka parrakcha shaklida kesing. Olma esa uzunchoq shaklda kesiladi.

Baliq tayyorlanayotganda to'g'ralgan sabzavotlar va olmani shu skovorodaga soling. Baliqni skovorodaning bir tomonida, sabzavotlarni esa ikkinchi qismida tayyorlang. Qarsildoq va barra bo'lishi uchun ularni yog'li joyda yengil qovurib oling.

Shuningdek, Infinite Range CombiHob panelining Dual Flex Zone qismida kichikroq skovorodani joylashingiz hamda sabzavotlarni alohida qovurishingiz ham mumkin. Qaynatish panelining ikki ochiq qismida taomlarni bir vaqtning o'zida tayyorlash juda oson.

Vinegret bezak uchun kichik sous idishida gorchitsa, vustershir sousi, sherry sirkasi va o'rmon yong'og'i yog'ini bir chimdim tuz va oq murch bilan aralashtiring. Bezatishdan oldin barcha masalliqlarni qoshiq bilan yaxshilab aralashtiring.

Forelni tarelkga soling hamda uning ustiga va atrofiga sabzavotlar va vinegret sousini joylang. Yoqimli ishtaxa.

Har kuningiz mazali bo'lsin

Navbatdagi hikoyalarni o'qish