SmartThings yordamida ko'plab qurilmalarni o'zaro ulash imkoniyati haqida bilib oling

Aqlli qurilmalaringizni ulash va uyingizni boshqarish uchun 4 ta qadam

Bir nechta qurilmalarni o'zaro ulash:

Uyingizni energiya tejamli, qulay va xavfsiz boshqarish senariylari

Tavsiya etilgan takliflar

Bir nechta qurilma ulanishini qo'llab-quvvatlovchi maishiy texnika haqida batafsil bilib oling

SmartThings yordamida sovitkichdan qanday qilib yaxshiroq foydalanish mumkin

Foydalanuvchilarga yoqqan 5 ta tavsiya va foydalanish qo'llanmasi

Qo'shimcha funksiyalarga ega bo'lish uchun muntazam yangilash

Yangi funksiyalar va xavfsizlik tizimini yangilash orqali maishiy texnikangizni zamonbop holatda saqlang

Funksiyalarni yangilash

Обновление функций

Yangilash

Sana

Tafsilotlar

Mahsulot

AI Home ilovasi

2024.04

AI Home kir yuvish mashinasi uchun yangi ilovalar qo'shildi

Bespoke AI Combo kir yuvish mashinasi

YouTube ilovasi

2024.04

Family Hub-ga YouTube ilovasi qo'shildi

Family Hub

Xavfsizlik bildirishnomalari

2024.04

Yangi pishirish panelining xavfsizlik bildirishnomasi yangilandi

Bespoke tortib ochiladigan javonlari

AI Energiya tejash rejimi

2024.04

AI Energiya tejash rejimi qo'shildi

AirDresser

Sifatni qayta ko'rib chiqish

2024.04

Obyektlarni aniqlash takomillashtirildi

Bespoke Jet Bot Combo AI

Sifatni qayta ko'rib chiqish

2024.04

AI Tozalash rejimi takomillashtirildi

Bespoke Jet AI

Sozlanadigan rejim

2024.04

Sozlanadigan tozalash funksiyasi qo'shildi

Havo quritish qurilmasi

  • SmartThings ilovasidan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Play Store yoki App Store do'konlaridan yuklab oling. Ilova ishlashi uchun kamida 3 GB operativ xotira va Android 9↑operatsion tizimi yoki iOS 14↑ talab etiladi.
  • Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo'lishi va bir xil Samsung hisob qaydnomasiga ega bo'lishi kerak. 
  • Mavjudlik mamlakat, mintaqa, xizmat provayderi, tarmoq muhiti yoki qurilmaga muvofiq farq qilishi mumkin hamda oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
  • Ekrandagi kontent va tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan.
  • Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasiga, modelga, mintaqaga va boshqa omillarga muvofiq farq qilishi mumkin.
  • SmartThings ilovasiga ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarning maksimal soni har bir joyda 200 tani tashkil qiladi. Shu bilan birga, ulangan qurilmalarning maksimal soni Foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklanishi mumkin. Har bir hisob qaydnomasi uchun 10 tagacha joy, har bir joy uchun 20 tagacha xona ishlatilishi mumkin va manzilni ro'yxatdan o'tkazgan administrator har bir hisob uchun 20 tagacha ishtirokchini taklif etishi mumkin.

  1. Mazkur funksiyadan foydalanich uchun SmartThings tizimiga ulanish va smartfoningizdagi Bluetooth funksiyasidan foydalanishni talab etadi. Uni bir marta SmartThings ilovasi sozlamalarida sozlash kerak. Mazkur funksiya faqat 2024-yilda ishlab chiqarilgan robot changyutkichlar (Model: VR7MD******), statsionar konditsionerlar  (Faqat Koreya uchun, Model: AF**DX******) va havo tozalagichlar (Faqat Koreya uchun, model: AX***DB9****) uchun amal qiladi. Mazkur funksiyani taqdim etish muddatlari mahsulotni ishlab chiqarish mamlakatiga muvofiq farq qilishi mumkin. 24-apreldan mazkur funksiya faqat Samsung mobil qurilmalarida qo'llab-quvvatlanadi. 
  2.  Smart Forward funksiyasi uchun yangilash to'plamining mavjudligi mahsulot va mintaqaga muvofiq farq qilishi mumkin. 
  3. Mazkur funksiyadan foydalanish uchun SmartThings tizimiga ulanish talab etiladi hamda uni bir marta SmartThings ilovasining Elektr energiyasi xizmati bo'limida sozlash kerak. Eng yuqori bo'lmagan vaqtda zaryadlash (1) va uglerod chiqindilarini inobatga olgan holda zaryadlash (2) variantlari mamlakatga muvofiq tarzda farq qilishi mumkin. Mazkur funksiya faqat 2024-yilda ishlab chiqarilgan robot-changyutkichlarda qo'llab-quvvatlanadi (VR7MD*******). Mazkur funksiyani taqdim etish muddatlari mahsulotlar ishlab chiqarilgan mamlakatga muvofiq tarzda farq qiladi. Tozalash vaqtida robot changyutkich zaryadi tugagan holatlarda tozalash jarayonini yakunlash uchun u to'liq zaryadlanadi. 
  4. Mazkur funksiya smartfoningizda Bluetooth funksiyasidan foydalanishni talab etadi hamda qurilma sozlamalarida bir marta sozlanishi kerak. Mazkur funksiya faqat  [AI Hub] ga ega qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi (Anyplace Induction bundan mustasno). Mazkur funksiyani taqdim etish muddatlari mahsulotlar ishlab chiqarilgan mamlakatga muvofiq tarzda farq qiladi. 
  5. Mazkur funksiya faqat  [AI Hub] ga ega qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi. DA ekranlarida xarita rejimini tahrirlash mumkin emas. 
  6. 2024-yilda ishlab chiqarilgan televizor talab etiladi
  7. 2024-yilda Koreya/Shimoliy Amerika/Hindistonda ishlab chiqarilgan Family Hub uchun mavjud (vibratsiya sensori talab etiladi).
  8. Amal qiladigan qurilmalar: Konditsioner, havo tozalagich, dudbo'ron, televizor, chiroqlar, chiroq kalitlari
  9. Mazkur funksiyaning mavjudligi mahsulot va mintaqaga muvofiq tarzda farq qilishi mumkin. 
  10. Mazkur funksiya uchun SmartThings ilovasiga ulanishni talab etiladi hamda SmartThings ilovasidagi Energiya tejash xizmati bo'limida bir marta sozlanishi kerak. Qurilmalar SmartThings ilovasiga ulanmagan bo'lsa, Energiya tejash rejimi avtomatik ravishda yoqilmaydi. [AI Energy rejimi] energiyani faqat belgilangan maqsadlarga erishish uchun kerak bo'lganda, taxminiy oylik foydalanishni maqsadlar bilan taqqoslagandan so'ng tejaydi. Agar taxminiy oylik foydalanish maqsadga muvofiq bo'lsa, AI Energy rejimi yoqilgan bo'lsa ham, qurilma AI Energy rejimida ishlamaydi. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar: AI Energy rejimi SmartThings Energy-da taqdim etilgan konditsionerlarda, shuningdek, kir yuvish mashinalari, quritgichlar, sovitkichlar va boshqa Samsung qurilmalarining BESPOKE modellarida ishlatilishi mumkin. Ushbu xususiyat bilan foydalanish uchun ba'zi qurilmalar mavjud bo'lmasligi mumkin. Qurilmalaringiz qaysi rejimlarda ishlashiga qarab AI Energy rejimi mavjud bo'lmasligi mumkin. Mamlakatga qarab, [AI Eneregy Mode] rejimi xususiyarlari farq qilishi mumkin. Har bir qurilma uchun tejash miqdori Samsung Electronics tomonidan o'tkazilgan sinovlar asosida hisoblanadi. Taxminiy tejash sizning haqiqiy hisobingizdan farq qilishi mumkin. Energiyani tejash ma'lumotlarini yangilash uchun 24 soatgacha vaqt ketishi mumkin. Eco sertifikatini bir kunda AI Energy rejimida 400 Vt / soat elektr energiyasini tejash orqali olish mumkin. Faqat kun davomida yaratilgan Eco sertifikatini energiya xizmati dasturi orqali Samsung mukofotlariga almashtirish mumkin. Ushbu xususiyat Koreya Respublikasi va AQShda mavjud va konversiya ko'rsatkichlari biznes sharoitlariga qarab o'zgarishi mumkin.