SAMSUNG DEKLARATSIYASI

Saytimizga tashrif buyurganingizdan va undagi maʼlumotlar bilan tanishganingizdan xursandmiz. Biz ushbu maʼlumotni shaxsiy foydalanish uchun chop etish va shaxsiy kompyuteringizda saqlashga ruxsat beramiz. Ammo biz Samsung Electronics Uzbekistan kompaniyasining asosiy va qoʻshimcha saytlariga tashrif buyuruvchilar uchun oʻrnatgan ayrim huquqiy xususiyatga ega cheklovlar haqida maʼlumot bermoqchimiz va quyida keltirilgan barcha qoidalarga rioya qilishingizni soʻraymiz.

Saytda Samsung Electronics Uzbekistan kompaniyasining mulki boʻlgan maʼlumotlar mavjud. Ushbu mulk mualliflik huquqlari, savdo belgilari va texnologiya maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasi matnlar, grafikalar, audio, video va yuklab olinadigan maʼlumotlar, manbalarga havolalar yoki kodlar shaklida taqdim etiladi. Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi yuqorida qayd etilgan materiallarga nisbatan barcha huquqlarni oʻzida saqlab qoladi, ular faqat Samsung korporatsiyasi isteʼmolchilari uchun moʻljallangan va bu yerda sizga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etilgan. Samsung Electronics Uzbekistan kompaniyasining yozma roziligisiz sayt materiallaridan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi. Korporatsiya yuqorida qayd etilgan materiallarning hech biriga litsenziya yoki mulk huquqini bermaydi.

Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi asosiy va qoʻshimcha saytlarda keltirilgan maʼlumotlarning aniqligi, toʻliqligi va ishonchliligiga kafolat bera olmaydi. Shuning uchun, bizdan tegishli yozma xabar olmaguningizcha, yuqorida koʻrsatilgan saytlarda chop etilgan maʼlumotlarga toʻliq ishona olmaysiz.

Faqat veb-saytdagi maʼlumotlarga tayanmang yoki undan qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmang. Iltimos, shuni yodda tutingki, bu yerda taqdim etilgan maʼlumotlar boshqa mamlakatlardagi boshqaruv organlari, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, AQSh Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha  komissiyasining maxfiylik talablariga xar vaqt ham mos kelmaydi.

Maʼlumotlar Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi tomonidan "boricha" taqdim etiladi (hech qanday qoʻllab-quvvatlash va kafolatlarsiz). Korporatsiya aniq yoki nazarda tutilgan barcha kafolatlarni, shu jumladan, ushbu hujjatda taqdim etilgan xizmatlar va materiallarni sotib olish, sotish yoki maʼlum bir maqsadda foydalanish bilan bogʻliq har qanday kafolatlarni istisnosiz rad etishini tasdiqlaydi.

Samsung Electronics Central Eurasia korporatsiyasi hech qanday holatda, agar bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmasa, bu yerda taqdim etilgan xizmatlar va materiallardan foydalanish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita, tasodifiy, jarima yoki boshqa zararlar uchun javobgar boʻlmaydi.

Veb-saytlarda taqdim etilgan aktsiyalar bilan bogʻliq maʼlumotlar yoki boshqa maʼlumotlar Samsung Electronics Uzbekistan tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq qandaydir taklifni anglatmaydi va ularni sotib olish niyatini bildirmaydi.

Asosiy yoki qoʻshimcha saytlardan istalgan maʼlumotlarni yuklab olish ruxsatiga qaramay, Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi taqdim etilgan barcha matn va grafik materiallarga mualliflik huquqi va savdo belgilarini oʻzida saqlab qoladi. Korporatsiya ularni hech birini hech qanday shaklda koʻpaytirishga yoki shaxsiy foydalanishdan boshqa maqsadda  foydalanish huquqini bermaydi.

 

Internet Maxfiylik siyosati

Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi Internetdagi shaxsiy maʼlumotlaringiz maxfiyligini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Biz Internet orqali siz haqingizda olingan maʼlumotlar, u bilan bogʻliq har qanday holatlardan qatʼi nazar, iloji boricha xavfsiz boʻlishini taʼminlashga intilamiz. Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz Oʻzbekiston Respublikasining "Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq faqat sizning aniq roziligingiz bilan qayta ishlanadi. Samsung korporatsiyasi taqdim etilgan maʼlumotlardan (agar mavjud boʻlsa) faqat bizning saytimizdan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, uning mazmunini rivojlantirish va yaxshilash maqsadida foydalanadi. Biz olgan shaxsiy maʼlumotlardan faqat sizning soʻrovingizga javob berish, buyurtmangizni qayta ishlash yoki muayyan maʼlumotlarga kirishni taʼminlash uchun foydalanish mumkin. Baʼzi hollarda biz elektron pochta manzili maʼlumotlarini yanada murakkab maxfiylik mexanizmlariga ega Samsung boʻlinmalariga taqdim etamiz. Maʼlumotlar faqat sizning oldindan roziligingiz bilan uchinchi shaxslarga (shu jumladan Samsung boʻlinmalariga) uzatiladi.

Cookie-fayllar sizga maʼlum turdagi maʼlumotlarni taqdim etish uchun ishlatilishi mumkin. Saytimizdan foydalanish orqali siz cookie-fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. Ular veb-sayt brauzeringizga yuborishi mumkin boʻlgan kichik maʼlumotlar boʻlaklari boʼlib, ular keyinchalik saytga tashrif buyurganingizda sizni osongina tanib olishimiz uchun kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadi. Brauzeringizni cookie faylini olganingizda sizni xabardor qiladigan qilib sozlashingiz mumkin.

Samsung Electronics Uzbekistan korporatsiyasi veb-saytida boshqa veb-saytlarga havolalar va murojaatlar mavjudligiga eʼtibor qiling. Biz havolalarni faqat biz kabi yuqori sifatli maʼlumotlar va maʼlumotlar maxfiyligiga hurmati bilan mashhur boʻlgan saytlarga nashr etishga harakat qilamiz. Biroq, biz boshqa saytlarning mazmuni yoki maxfiylik amaliyotlari uchun javobgar emasmiz.