Maxfiylik siyosati
SAMSUNG MAXFIYLIK SIYOSATINING ASOSIY NUQTALARI
Shtab-kvartirasi Janubiy Koreyada joylashgan Samsung Electronics Co., Ltd. (ushbu siyosatda “Samsung Electronics”, “Samsung” yoki “biz” deb ataladi) maxfiylikning mijozlarimiz uchun qanchalik muhim ekanligini biladi. Biz mobil telefonlar va planshetlardan tortib televizorlargacha, maishiy texnika, onlayn xizmatlar va boshqalarni oʻz ichiga olgan barcha Samsung qurilmalari va xizmatlarida sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday toʻplashimiz va ulardan qay tarzda foydalanishimizni tushunishingizga amin boʻlishni istaymiz.
Ushbu Maxfiylik siyosati barcha xizmatlarimizga nisbatan qo‘llanilgani holda, biz zarur bo‘lgan hollarda ma’lum xizmatlarga bog‘liq bo‘lgan maxfiylik haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ham taqdim etamiz.
SHAXSIY MAʼLUMOTLARGA UMUMIY NAZAR
Biz siz tarafdan bevosita taqdim etiladigan shaxsiy maʼlumotlar, xizmatlarimizdan qanday foydalanishingiz haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, tashqi manbalardan olingan maʼlumotlarni toʻplaymiz. Biz sizga xizmatlarni taqdim etish, yaxshilash va moshlashtirish uchun bu maʼlumotlardan qanday foydalanayotganingizni bilish, shuningdek, mijozlarimizga eng mos ilovalar, texnologiyalar va kontentni ishlab chiqishda foydalanamiz. Biz yana qiziqishlaringizga moslashtirilgan shaxsiylashtirilgan reklamalarni taqdim etish uchun tegishli qonunga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlardan foydalanamiz.
SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZNI ULASHISH
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni Samsung Electronics shoʻba kompaniyalariga, shuningdek, Samsung Electronics nomidan xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalarga taqdim etishimiz mumkin. Biz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni siz talab qiladigan mahsulotlar va xizmatlar hamda sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi mobil xizmat provayderlari yoki sug‘urta kompaniyalari kabi ishonchli hamkor kompaniyalarga berishimiz ham mumkin. Biz, bundan tashqari, qonun tomonidan talab qilingan hollarda yoki Samsung Electronics va uning foydalanuvchilarini himoya qilish uchun shaxsiy ma’lumotlarni huquqni himoya qilish organlariga berishimiz ham mumkin.
Maxfiylik siyosati
SAMSUNG Maxfiylik siyosatining asosiy jihatlari
-
Qo'llash sohasi
Ushbu Maxfiylik siyosati mobil telefonlar va planshetlardan tortib televizorga, maishiy texnika, tarmoq xizmatlariga va boshqalargacha bolgan bizning Samsung qurilmalarimiz va xizmatlarimizga, qo‘llaniladi (birgalikda "Xizmatlar" deb nomlanadi).
-
Yig‘iladigan ma’lumot
Biz xizmatlarga tegishli har xil ma’lumotlarni to‘playmiz, jumladan:
- Bevosita Siz tomondan taqdim etilgan ma’lumotlar;
- Xizmatlardan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlar;
- Umumiy foydalanishdagi va pullik manbalardan olingan ma’lumotlar yoki qoshma ravishda ishlatiladigan ma’lumot;
- Umumiy foydalanishdagi va pullik manbalardan olingan ma’lumotlar yoki qo‘shma ravishda ishlatiladigan ma’lumot;
Shuningdek, bizga yuborishga rozi bo‘lgan siz borangizdagi, qurilmalaringiz yoki xizmatlardan foydalanishingiz borasidagi boshqa ma’lumotlarni yig‘ishimiz mumkin.
-
Ma’lumotdan foydalanish va uzatish
Biz yig‘ilgan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:
- Sizni yoki qurilmangizni Xizmatlarimizga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda yordam berish uchun;
- Siz tomondan so‘ralgan Xizmat yoki funksiyani taqdim etish uchun;
- bizning Xizmatlarimizdagi oldingi harakatlaringiz asosida alohida tanlangan tarkib va shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etish uchun;
- bizning veb-saytlarimizda, uchinchi tomon veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlar kabi onlayn platformalarda shaxsiylashtirilgan reklama va Sizga qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan takliflarni taqdim etish uchun;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing xabarlari orqali reklama aktsiyalari va takliflari to‘g‘risida faqat bizga alohida roziligingizni bergan holatlardagina ma’lumot berish uchun;
- mijozlarimizni yaxshiroq tushunishimiz va Sizga eng kerakli aloqa, xizmatlar va imkoniyatlarni taqdim etishimiz maqsadida mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni tahlil qilish uchun;
- mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz borasida fikringizni so‘rash va shaxsiy roziligingiz bilan mijozlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish; dasturiy ta’minotni yangilash, qurilmalaringizga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash; qonuncgilik va yuridik jarayonlarga muvofiqlikka rioya qilish uchun;
- Samsung Electronics kompaniyasi, uning har qanday filiallari, sheriklari yoki mijozlarining huquqlari, mulki yoki xavfsizligini himoya qilish uchun.
Shuningdek, biz Sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa manbalar orqali taqdim etgan ma’lumotlardan, yuqorida tavsiflanganidek, sizga yoqishi mumkin bo‘lgan yoki shaxsiylashtirilgan tarkibni taqdim qilish uchun foydalanamiz.
Biz sizning ma‘lumotlaringizni quyidagi shaxslar va tashkilotlarga uzatishimiz mumkin:
- Filiallarga: biz boshqaradigan yoki egalik qiladigan Samsung Electronics guruhiga kiruvchi boshqa kompaniyalarga.
- Biznes sheriklariga: Siz so‘ragan yoki sotib olgan Xizmatlarni Sizga taqdim etish uchun hamkorlik qiladigan sheriklarimizga. Masalan, biz tezroq va samaraliroq to‘lovlarni amalga oshirish uchun Xizmatlarimizdan birini ishlatishingiz uchun bank bilan ishlashimiz mumkin. Bu shaxsiy ma’lumotlaringizni nazorat qiladigan va boshqaradigan biznes sheriklardir.
- Xizmat ko‘rsatuvchilarga: biz uchun yoki bizning nomimizdan xizmatlar ko‘rsatadigan tegishli ravishda tanlangan kompaniyalarga. Bular, masalan, ta’mirlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tadbirlari, reklama (shu jumladan veb-saytlarimizdagi shaxsiylashttirilgan reklama, uchinchi tomon veb-saytlari yoki onlayn platformalardagi reklama), mijozlar ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha so‘rovlarni o‘tkazish, hisob-kitob qilish yoki bizning nomimizdan elektron pochta xabarlarini yuborishda bizga yordam beradigan kompaniyalar. Ushbu provayderlar, shuningdek, sizning ma’lumotlaringizni himoya qilish majburiyatini oladilar.
- Boshqa shaxslarga, qonun talabiga binoan yoki Xizmatlarimizni himoya qilish uchun: masalan, qonunchilika muvofiq, sud jarayoni yoki davlat idoralarining sud qaroriga muvofiq ma’lumotlaringizni oshkor qilish kerak bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ular qonun ustuvorligini, milliy xavfsizlikni, terrorizmga qarshi kurashni yoki jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ta’minlash uchun ma’lumotingizni bizdan so‘rashlari mumkin.
- Bizning korporativ operatsiyalarimiz munosabati bilan boshqa shaxslar va tashkilotlarga. Biz qo‘shilishimiz yoki boshqalarga o‘tkazilish, sotib olinishi yoki sotilishdan yoda bankrotlik holatidan so‘ng ma’lumotingizni uchinchi tomonga berishimiz mumkin.
- Sizning roziligingiz yoki ko‘rsatmangiz bilan boshqa shaxslarga: ushbu Maxfiylik siyosatida tavsiflangan ma’lumotlarning oshkor etilishi holatlariga qo‘shimcha ravishda, biz sizning shaxsiy ma’lumotingizni shaxsiy roziligingiz yoki iltimosingizga ko‘ra uchinchi shaxslarga berishimiz mumkin.
-
Muayyan xizmatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot
-
Aloqa uchun ma’lumot
Elektron pochta:
http://help.content.samsung.com.
veb-saytning “Aloqa ma’lumotlari” bo‘limi orqali.
Samsung Electronics Co., Ltd.
129 Samsung-Ro, Maetan-3dong, Yeongtong-gu, Suwon-si, Gyeonggi-do, Korea
Evropadagi foydalanuvchilar uchun:
Samsung Electronics (UK) Limited, Samsung House, 1000 Hillswood Drive, Chertsey, Surrey KT16 0PS
Pullik interaktiv xizmatlar borasidagi savollar uchun: Samsung Electronics GmbH, Samsung House, Am Kronberger Hang 6, 65824 Schwalbach/Ts., Deutschland
SAMSUNG MAXFIYLIK SIYOSATI
Kuchga kirish sanasi: [28 dekabr 2022 yil]
Ushbu Maxfiylik siyosati mobil telefonlar va planshetlardan tortib televizorlar va maishiy jihozlargacha, mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan tortib biz taqdim etadigan onlayn xizmatlargacha bo‘lgan bizning barcha Samsung qurilmalarimiz va xizmatlarimizga qo‘llaniladi. Biz ushbu qurilmalar va xizmatlarni ushbu siyosatda “Xizmatlar” deb ataymiz.
Ushbu Maxfiylik siyosati yangilanishlarini tez-tez tekshirib turishingiz muhim. Biz Xizmatlarga yoki tegishli qonundagi o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash amaliyotlarimizdagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun ushbu Maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilab turishimiz mumkin. Maxfiylik siyosatiga muhim o‘zgartirish kiritilsa, bu haqda veb-saytimizda yoki qurilmangizda oldindan eslatma berib, Maxfiylik siyosatining yuqori qismida uning o‘zgartirilgan vaqtini ko‘rsatamiz. Maxfiylik siyosatining eng oxirgi versiyasini doimo ushbu havoladan olish mumkin: https://account.samsung.com/membership/terms/privacypolicy. Ushbu Maxfiylik siyosatiga qo‘shimcha ravishda Samsung aniq bir mahsulotlar va xizmatlarga bog‘liq bo‘lgan ma’lum maxfiylik eslatmalarini ham taqdim etadi. Ushbu Maxfiylik siyosati shartlari bilan ma’lum maxfiylik eslatmasi o‘rtasida biror farq bo‘lgan hollarda o‘sha maxfiylik eslatmasi qo‘llaniladi.
BIZ QANDAY MA’LUMOTLARNI TO‘PLAYMIZ?
Samsung Electronics sizdan ma’lumotlarni turli usullar bilan to‘playdi.
Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etadigan ma’lumotlar
Ayrim Xizmatlar ma’lumotlarni bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishingizga imkon beradi. Masalan:
o Siz bizda hisob qaydnomasi yoki profil yaratganingizda biz ismingiz, tug‘ilgan sanangiz kabi ma’lumotlar yoki telefon raqami va e-pochta manzili kabi kontakt ma’lumotlarini so‘rashimiz mumkin.
o Bizga biror mahsulot yoki pulli xizmatga buyurtma beradigan boʻlsangiz, buyurtmangizni bajarish uchun sizdan ismingiz, manzilingiz, kontakt ma’lumoti, yetkazib berish va to‘lov ma’lumotlarini so‘raymiz. Keyingi safar osonroq xarid qila olishingiz uchun siz yana to‘lov ma’lumotlaringizni bizda saqlashni tanlashingiz ham mumkin.
o Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilganingizda javoblar berish uchun shaxsingizni va siz so‘rayotgan mahsulotni tasdiqlash uchun ayrim ma’lumotlarni so‘raymiz.
o Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari yoki boshqalar bilan bog‘langaningizda murojaatingiz tizimlarimiz orqali uzatiladi.
o Agar oʻz kontaktlaringiz bilan boʻlishsangiz, biz fayl ulashish va xabarlar almashinuvini osonlashtirish maqsadida ularning telefon raqamlari va boshqa kontakt maʼlumotlarini toʻplaymiz. Bu funksiyalarni qurilmalaringizdagi Parametrlar menyusidan faolsizlantirishingiz yoki cheklashingiz mumkin.
Xizmatlarimizdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlar
Siz taqdim etadigan ma’lumotlardan tashqari biz qurilmalaringizdagi dasturiy ta’minot yoki boshqa vositalar orqali Xizmatlardan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni toʻplaymiz. Bu ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
o Qurilma haqida ma’lumot: Qurilmangizning apparat ta’minoti (modeli va ishlab chiqaruvchisi kabi) va dasturiy ta’minoti haqidagi ma’lumotlar (operatsion tizim va dasturiy ta’minot versiyalari kabi), IMEI raqami va boshqa o‘ziga xos identifikatorlari (mobil mamlakat kodi, mobil tarmoq kodi, MAC-manzili, IP-manzili, seriya raqami, qurilmaning o‘ziga xos identifikatorlari, reklama ID (mas., mobil qurilmalar uchun, Google AD ID va Samsung vizual displey qurilmalari, jumladan, Samsung Smart TV’lar, Personalizatsiyalashtirilgan Xizmat ID (“PSID”) va Reklama uchun Tizen identifikatori (“TIFA”))), telefon raqami, sotuvlar kodi, kirishni yozib olish, cookie-fayllari, piksellar va shunga o‘xshash texnologiyalar (quyidagi “Cookie-fayllari, mayoqlar va shunga o‘xshash texnologiyalar” bo‘limida bayon qilingani kabi), obuna ma’lumotlari va siz Xizmatlarga kirish uchun foydalanadigan qurilmalarning parametrlari.
o Jurnal haqida ma’lumot: Sizning Xizmatlardan foydalanishingiz vaqti va davomiyligi, qurilmalaringizga o‘rnatilgan Xizmatlar, siz aniq bir Samsung Xizmati bilan bog‘liq ravishda qurilmangizga qidirish atamalarni kiritganingizdagi qidirish so‘rovi terminlari, biz qurilmangizga o‘rnatgan cookie-fayllariga saqlangan har qanday ma’lumotlar va xato hisobotlari va damp jurnallari kabi diagnostik, texnik, xatoliklar va foydalanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
o Joylashuv haqida ma’lumot: Yaqin atrofdagi Wi-Fi kirish nuqtalari, uyali aloqa minoralari va, sizning alohida roziligingiz bilan, qurilmangizning GPS signali siz ma’lum Xizmatlardan foydalanganingizda bizga uzatilishi mumkin. Bundan tashqari ma’lum Xizmatlar uchun pochta indekslari va IP-manzillardan foydalanib aniqlangan joylashuvlar siz shunday Xizmatlardan foydalanganingizda bizga uzatilishi mumkin.
o Ovozli ma’lumotlar: Siz bu funksiyani yoqqaningizda va Xizmatni boshqarish uchun ovozli buyruqlardan foydalanganingizda biz oladigan va serverlarimizda to‘playdigan ovozingiz yozuvlari alohida Bixby maxfiylik siyosati tomonidan qamrab olinadi. Siz Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jamoamizga murojaat qilganingizda ham biz ovoz yozuvlarini olamiz va to‘playmiz. Shuni yodda tutingki, agar biz nomimizdan nutqni matnga aylantirish xizmatlari yoki qo‘ng‘iroqlar markazi xizmatlarini ko‘rsatuvchi uchinchi tomon xizmat ta’minotchisi bilan birga ishlasak, ushbu ta’minotchi ham biz bilan ishonchli uchinchi tomon xizmat ta’minotchisi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra ma’lum ovozli buyruqlarni olishi va saqlashi mumkin.
o Samsung klaviaturasi ma’lumotlari: “Taxminiy matn” funksiyasini yoqqaningizda siz teradigan so‘zlar. Bu funksiya Samsung hisob qaydnomangiz bilan bog‘liq holda boshqa Samsung mobil qurilmalaringizda ishlatish uchun ma’lumotlarni sinxronlash maqsadida taqdim etilishi mumkin. Bu maʼlumotlarni “Taxminiy matn” parametrlaridan tozalab tashlashingiz mumkin.
Omma uchun ochiq, tijoriy asosda ochiq boʻlgan yoki umumiy foydalanishdagi ma’lumotlar
Ba‘zida biz sizning ehtiyojlaringiz, qiziqishlaringiz va istaklaringizni yaxshiroq tushunish maqsadida ommaviy yoki tijoriy asosda ochiq bo‘lgan, jumladan siz foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumotlar to‘playmiz va ularni siz haqingizdagi boshqa ma’lumotlar bilan jamlaymiz.
Biz to‘playdigan boshqa ma’lumotlar
Biz siz va qurilmalaringiz haqidagi boshqa maʼlumotlar yoki oʻzingiz bizga yuborishga rozi boʻlgan Xizmatlardan foydalanishizga oid maʼlumotlarni ham toʻplaymiz. Biz tegishli qonunga ko‘ra roziligingizni olamiz.
Tashqi tahlil xizmatlari
Ma’lum Xizmatlar orqali biz sizning vaqt o‘tishi bilan veb-saytlar va ulangan qurilmalardagi va uchinchi tomon veb-saytlari, qurilmalari, ilovalari hamda boshqa onlayn funksiyalar va xizmatlar bo‘ylab onlayn harakatlaringiz haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz. Biz Google Analytics kabi uchinchi tomon tahlil qilish xizmatlaridan o‘z Xizmatlarimizda foydalanamiz. Ushbu tahlil xizmatlarini boshqaruvchi xizmat ta’minotchilari bizga Xizmatlardan foydalanishingizni tahlil qilish va Xizmatlarni yaxshilashda yordam beradi. Biz oladigan ma’lumotlar provayderlarlarga berilishi yoki ular tomonidan bevosita to‘planishi mumkin va ushbu ma’lumotlardan, jumladan, Xizmatlardan foydalanilishini baholash, Xizmatlarni boshqarish va texnik muammolarni tashxislash uchun foydalaniladi. Google Analytics haqidagi batafsil maʼlumot olish uchun http://www.google.com/analytics/learn/privacy.html va https://www.google.com/policies/privacy/partners/ saytlariga kiring.
Sizning tanlovlaringiz
Siz mahsulot yoki xizmatni xarid qilishda qo‘shimcha so‘raladigan ma’lumotlar singari talab qilinadigan ma’lumotlarning ma’lum turlarini bizga taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin. Bu ayrim hollarda baʼzi Xizmatlardan foydalanish imkoniyatingizni cheklashi mumkin. Siz xabardor holda qaror qabul qila olishingiz uchun biz sizdan ma’lumotlar so‘raganimizda ushbu cheklanishlarni tushuntirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz.
MA’LUMOTLARINGIZDAN QANDAY FOYDALANAMIZ?
Biz o‘zimiz to‘plagan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:
o Sizni yoki qurilmangizni Xizmatlarimizda ro‘yxatdan o‘tkazishga koʻmaklashish.
o Siz so‘ragan biror Xizmat yoki funksiyani taqdim etish.
o Xizmatlarimizdagi oldin bajargan ishlaringizga asoslangan holda moslashtirilgan kontent bilan ta’minlash va personalizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish.
o Xizmatlarimiz, veb-saytlarimiz, uchinchi tomon veb-saytlari va ijtimoiy tarmoq saytlari kabi onlayn platformalarida sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan personalizatsiyalashtirilgan va/yoki umumlashtirilgan reklamalar, rag’batlantiruvchi aksiyalar va takliflarni taqdim etish (tegishli qonunga ko‘ra). Siz Samsung kompaniyasidan marketing xabarlarini olishga rozilik bergan hollarda biz Sizga faqat personalizatsiyalashtirilgan reklama e’lonlari, rag’batlantiruvchi aksiyalari va takliflarni yuboramiz.
o Faqat siz alohida ruxsat bergan hollardagina bevosita marketing xabarlari (jumladan,
E-pochta, “push” bildirishnomalari va matnli xabarlar orqali) orqali rag’batlantiruvchi aksiyalar va takliflarni taqdim etish.
o Biznesimizni yuritish, baholash va yaxshilash, jumladan, yangi mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqish va mavjudlarini yaxshilash, aloqalarimizni boshqarish va yaxshilash, Xizmatlarimiz va mijozlar bazamizni tahlil qilish (jumladan, bozorni o‘rganish, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz to‘g‘risidagi fikrlaringizni so‘rash va talab qilingan hollarda alohida rozilik bilan mijozlarimiz o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish) va ma’lumotlarni umumlashtirish va anonimlashtirish.
o Qurilmalaringiz uchun dasturiy ta’minot yangilanishlari, texnik xizmat va ko‘makni ta’minlab berish.
o Qurilmalaringiz kafolat muddati davrida bo‘lganida siz uchun mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatini taqdim etish.
o Mahsulotlaringiz uchun kafolat muddati tugaganidan keyin mahsulot xavfsizligini kafolatlash va firibgarliklarning oldini olish uchun biz qurilmangizning IMEI va seriya raqamini olamiz.
o Ta’mirlashlar uchun qurilmangizni tasdiqlash.
o Samsung Electronics yoki uning biror filiali, biznes hamkori yoki mijozining qonuniy huquqlari va manfaatlari, mol-mulki yoki xavfsizligini himoya qilish.
o Talablaringiz va so‘rovlaringiz, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz haqidagi talablaringiz va so‘rovlaringizga javob berish.
o Firibgarlik va boshqa jinoiy xatti-harakatlar, da’volar va boshqa majburiyatlardan himoyalash, ularni aniqlash va oldini olish.
o Amaldagi qonun talablari, sohaning tegishli standartlari va bizning tartib-qoidalarimizga, jumladan, Samsung Maxfiylik siyosatiga rioya etilishini ta’minlash.
o Samsung kompaniyasiga qaytarib berilgan nuqsonli qurilmani tahlil qilish. Samsung bunday qurilmalar tahlil qilinishidan avval barcha nuqsonli qurilmalarning shaxsiy ma’lumotlardan tozalanishini kafolatlash uchun choralar ko‘radi.
Sizga yanada yaxshiroq foydalanish tajribasini taqdim etish uchun biz Xizmatlarimiz, qurilmalar va boshqa manbaalardan toʻplanadigan siz haqingizdagi maʼlumotlardan foydalanamiz va ularni jamlaymiz. Jumladan, keyingi safar xarid uchun tezroq to‘lovni amalga oshirish uchun siz veb-saytimizda xaridlar qilish uchun foydalangan to‘lov ma’lumotlaringizni saqlashni tanlashingiz mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yuqorida taʼriflanganidek boshqa manbalar orqali taqdim etgan ma’lumotlaringizni sizni qiziqtiradigan yoki o‘zingizga moslashtirgan kontentni taqdim etish uchun ham foydalanamiz.
Ma’lumotlaringiz to‘g‘risida tanlovlar qilishingiz mumkin. Batafsil maʼlumot uchun SIZDA QANDAY HUQUQLAR BOR? boʻlimini koʻrib chiqing.
Maqsadsiz reklama e’lonlari
Shuni yodda tutingki, sizning qiziqishingizga asoslangan yoki personalizatsiyalashtirilgan reklama e’lonlariga (“maqsadli reklama e’lonlari”) nisbatan maxfiylik tanlovingiz umumiy, asosiy yoki kontekstli turlarini (“maqsadsiz reklama e’lonlari”) olishingiz yoki sizga yetkazib berilishi yoki berilmasligiga ta’sir qilmaydi. Ular ma'lum bir Xizmatga nisbatan maqsadli reklamani taqdim etish uchun biz Sizga tavsiflagan ma'lumotlarga asoslanmagan.
Mobil qurilmalar uchun biz sizga maqsadsiz reklama e’lonlarini ko‘rsatishda foydalanadigan ma’lumotlar tegishli ilova haqidagi ma’lumotlar (jumladan, ilova paketi, versiyasi, nomi va domeni), qurilma haqidagi ma’lumotlar (jumladan, qurilma turi, ishlab chiqaruvchi, operatsion tizimi, versiyasi, displey haqidagi ma’lumotlar, telekommunikatsiya xizmatlari provayderi, mamlakat va til) va qurilma identifikatorlarini (jumladan, IP-manzil va reklama ID) o‘z ichiga oladi. Tegishli shartnomaviy xavfsizlik choralarini qo‘llagan holda sizga maqsadsiz reklama e’lonlarini taqdim etish uchun biz bu ma’lumotlarni ishonchli biznes hamkorlar va ishonchli xizmat provayderlari bilan ulashamiz.
Ushbu reklama e’lonlari lozim darajada mos bo‘lmasligi mumkin, chunki ular qiziqishlaringizga asoslanmagan.
MA’LUMOTLARINGIZNI KIMLAR BILAN BOʻLISHAMIZ?
Biz ma’lumotlaringizni yuqorida bayon qilingan maqsadlar uchun biznesimiz doirasida ichki tarzda hamda quyidagi yuridik shaxslarga oshkor qilamiz.
o Filiallar: Biz boshqaradigan yoki egalik qiladigan Samsung Electronics guruhlari boshqa kompaniyalari.
o Biznes hamkorlar: Biz bilan birga ishlaydigan hamkorlar. Masalan, tezroq va samaraliroq to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida Xizmatlarimizning biridan foydalana olishingiz uchun bank bilan ishlashimiz mumkin. Bu biznes hamkorlar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni nazorat qiladi va boshqaradi.
o Xizmat ta’minotchilari: Biz uchun yoki bizning nomimizdan xizmatlar ko‘rsatuvchi diqqat bilan tanlab olingan kompaniyalar, jumladan, bizga ta’mirlashlar, mijozlar uchun kontakt markazlari, mijozlar to‘g‘risida qayg‘urish faoliyatlari, reklama (jumladan, veb-saytlarimiz, uchinchi tomon veb-saytlari, onlayn platformalar va ijtimoiy tarmoq platformalaridagi shaxsiylashtirilgan reklamalar), mijozlarning qoniqish darajalarini aniqlash bo‘yicha so‘rovlar, to‘lovlar bo‘yicha yordam beruvchi yoki nomimizdan elektron xatlar yuboruvchi kompaniyalar. Bu provayderlar ham sizning ma’lumotlaringizni himoya qilishga intiladi.
o Qonun talabi asosida yoki o‘z Xizmatlarimizni himoya qilish zarurati yuzasidan boshqa tomonlarga: Masalan, qonun, sud jarayoni yoki davlat organidan olingan sud buyrug‘i bilan ma’lumotlaringizni oshkor qilish zarur bo‘lishi mumkin. Ular, shuningdek, bizdan huquq-tartibot, milliy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash yoki jamoat xavfsizligiga aloqador boshqa maqsadlarda ma’lumotlaringizni talab qilishi mumkin.
o Korporativ bitimlar bilan aloqador boshqa tomonlar: Biz birlashuv yoki vakolatlarning topshirilishi, xarid yoki sotuv, shuningdek, bankrotlik holatida ma’lumotlaringizni uchinchi tomonga oshkor qilishimiz mumkin.
o Roziligingiz yoki ko‘rsatmangiz asosida boshqa tomonlarga: Ushbu Maxfiylik siyosatida ta’kidlangan ulashishdan tashqari alohida roziligingiz yoki so‘rovingiz asosida siz haqingizdagi ma’lumotlarni uchinchi tomonga beramiz.
MA’LUMOTLARINGIZNI QANDAY QILIB XAVFSIZ SAQLAYMIZ?
Biz maʼlumotlar himoyasiga jiddiy yondashamiz. Biz to‘playdigan ma’lumotlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun jismoniy va texnik xavfsizlik choralarini ko‘ramiz. Biz uchinchi tomonlar to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlarning himoyalangan tarzda qolishini ta’minlash uchun amaldagi qonunlarga ko‘ra tegishli choralarni ko‘ramiz. Shunday bo‘lsa-da, ma’lumotlaringizni himoyalash uchun oqilona choralarni ko‘rishimizga qaramasdan, hech qanday veb-sayt, Internet uzatmasi, kompyuter tizimi yoki simsiz aloqa to‘liq xavfsiz bo‘la olmaydi.
MAʼLUMOTLARINGIZNI QAYERGA YUBORAMIZ?
Bizning Xizmatlarimizdan foydalanishingiz ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq, ma’lumotlaringizning siz yashab turgan mamlakat ichida va uning tashqarisida uzatilishi, saqlanishi va qayta ishlanishini nazarda tutadi. Xususan, sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz Koreya Respublikasiga uzatiladi.
Bundan tashqari sizning Xizmatlardan foydalanishingiz zarur hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa mamlakatlarga o‘tkazish, u yerda saqlash yoki qayta ishlashni ham o‘z ichiga olishi mumkin; bunday mamlakatlar hech qanday cheklovlarsiz Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Qirollik, Shveysariya, Xitoy, Singapur, Vyetnam, Hindiston, Kanada, Meksika, Filippin va Yaponiyani o‘z ichiga oladi. Shuni yodda tutingki, ma’lumotlaringiz uzatilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda ma’lumotlarni himoyalash to‘g‘risidagi qonun va boshqa qonunlar o‘z mamlakatingizdagidek mukammal bo‘lmasligi mumkin. Biz shaxsiy ma’lumotlaringiz himoyalangan tarzda qolishini ta’minlash uchun amaldagi qonunlarga ko‘ra tegishli choralarni ko‘ramiz.
SIZDA QANDAY HUQUQLAR BOR?
Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz oʻzingizga tegishlidir. Tegishli qonunlarga ko‘ra sizda bizdan biz to‘plagan ma’lumotlar haqidagi tafsilotlarni taqdim etish, ularni o‘chirishni so‘rash yoki sizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday huquqdan foydalanish huquqi bor. Biroq, shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirish haqidagi soʻrov natijasida biz koʻrsatadigan Xizmatlardan foydalanish imkoniyati yoʻqolishi ham mumkin. Biz qonun tomonidan saqlab turish talab qilinadigan ma’lumotlarni o‘chirmaymiz.
Oʻz huquqlaringiz borasida iltimosnoma yuborish yoki soʻrov yoʻllash uchun biz bilan bogʻlaning. Maʼlumot uchun BIZ BILAN BOGʻLANISH boʻlimiga qarang.
MA’LUMOTLARINGIZNI QANCHA MUDDAT SAQLAYMIZ?
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, ularni ushbu maqsadda saqlash kerak boʻlmay qolishi bilanoq saqlashni toʻxtatamiz, amaldagi qonunlarda boshqacha talab qilinadigan hollar bundan mustasno. Bu maʼlumotlarga ortiq zarurat qolmaganida ularning tizimlarimizdan yoʻq qilinishi yoki tozalanishini anglatadi.
SHAXSIY MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI
Samsung Electronics foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish masalasiga katta ahamiyat beradi. Biz Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz Sizga tegishli ekanini to'liq anglaymiz va bizga yuborilgan ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash xavfsizligini ta'minlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz. Sizning ishonchingiz biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Biz faqat Sizning ruxsatingiz bilan minimal miqdordagi ma'lumotlarni to'playmiz va uni faqat belgilangan maqsadlar uchun ishlatamiz. Samsung Electronics sizning ma'lumotlaringizning saqlanishini ta'minlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi, shu jumladan, texnik ma'lumotlar xavfsizligi tartib-qoidalari va ichki boshqaruv tartib-qoidalari, shuningdek, ma'lumotlarni jismonan himoya qilish choralarini ko'radi. Xususan, biz Samsung Knoxga asoslangan barqaror shifrlash texnologiyasini ishlab chiqdik. Biz Samsung Knoxni barcha tizimlarimizda va mahsulotlarimizda qo'llaymiz, bu bizni boshqa kompaniyalardan ajratib turadi. Biz ta'sirchan va ilhomlantiruvchi raqamli mahsulotlarimizdan foydalanib, hayotingizni yaxshiroq qilishga intilmoqdamiz. Buning uchun Sizning ishonchingizni saqlab qolish biz uchun muhimdir va biz Sizning ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.
Biz, majburiy tartibda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha choralarni qo'llaymiz va ularni faqat Sizning roziligingiz shartlariga muvofiq foydalanishga va'da beramiz. Siz “SAMSUNG ELECTRONICS UZBEKISTAN” XK MChJ (SAMSUNG ELECTRONICS UZBEKISTAN), O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100000, Oloy Bozor Berk ko'ch., 64-uy, "Orient" BM, 11-qavat, pochta manziliga yozma ariza berish orqali shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.
Siz tomoningizdan rozilk berish "Roziman" belgisini bosish yoki boshqa usul bilan rasmiylashtirilishi mumkin. u yerda Siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Ushbu belgini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni muddatsiz qayta ishlashni amalga oshirishimiz, shuningdek, ularni har qanday hajmda (1) Samsung Electronics guruhining sho'ba va unga aloqador kompaniyalariga, shu jumladan, transchegaraviy ravishda; (2) shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga va oshkor qilmaslikka biz bilan shartnoma tuzgan vakolatli kontragentlar va pudratchilarga; (3) sudning qarori bilan uchinchi shaxslarga uzatishimiz mumkinligiga rozilik bildirasiz.
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi maqsadlar uchun: (1) SAMSUNG savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni reklama qilish va targ'ib qilish, shu jumladan bizning reklama, tanishish ma'lumotlarini, bildirishnomalarni va xabarlarni tarqatish; (2) bizning faoliyatimizda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishni amalga oshirish; (3) Sizning so'rovlaringizni qayta ishlash uchun, shuningdek Sizning roziligik hatingizning bayonida bevosita ko'rsatilgan boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Loyihada ishtirok etib, loyiha ishtirokchisi shuningdek, reklama, marketing va axborot jo'natmalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni amalga oshirish uchun, o'zining aloqa ma'lumotlarini: ismi va telefon raqami hajmida Tashkilotchidan uchinchi shaxsga berilishiga o'z roziligini beradi.
Rozilik qayta ishlashning ko’rsatilgan maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan, yuborilgan ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha turiga, shu jumladan: qabul qilishga, yozishga, saqlashga, tozalashga, ishlatishga, uzatishga (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatishga), shuningdek olib tashlashga va yo'q qilishga, biroq shu bilan cheklamagan holda, taaluqli. Rozilik Tashkilotchiga rozilik berilgan paytdan boshlab, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu rozilik qilingan kunga qadar amal qiladi.
Shaxsiy ma'lumotlarning uzatilishiga rozilik bermaslik, bundan buyon loyihada ishtirok etishning imkoni yo'qligini anglatadi".
Siz rozilik bergan taqdiringizda, Siz har bir holatga nisbatan Sizning roziligingizni berish, Sizga taklif qilingan shakl bo'yicha rozilik berasiz.
QANDAY TASHQI XIZMATLARDAN FOYDALANAMIZ?
Xizmatlarimizdagi ayrim kontent, reklama yoki funksiyalarni uchinchi tomonlar taqdim etadi. Mazkur uchinchi tomonlar cookie-fayllar, mayoqlar, piksellarni kuzatish va boshqa vositalardan foydalangan holda ushbu Xizmatlardan foydalanishingizga oid maʼlumotlarni toʻplashi mumkin. Bunday uchinchi tomonlarni Samsung bevosita nazorat qilmaydi, shu sababli maʼlumotlaringizdan qanday foydalanishini tushunish uchun ularning maxfiylik siyosatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Biz ayrim ilovalar va xizmatlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar uchun kirish ma’lumotlarini hamda siz ushbu ilovalar va xizmatlarga bog‘lanayotgan vaqtda bizga olish uchun ruxsat bergan boshqa ma’lumotlarni qabul qilamiz va ularni o‘zimizda saqlaymiz.
COOKIE-FAYLLAR, MAYOQLAR VA SHUNGA O‘XSHASH TEXNOLOGIYALAR
Biz kontent provayderlari va reklama qiluvchilar kabi ma’lum uchinchi tomonlar bilan birgalikda cookie-fayllari, mayoqlar yoki piksellar deb ataluvchi texnologiyalar hamda qurilmangiz bilan server o‘rtasida ma’lumotlar almashuvchi boshqa vositalardan (birgalikda “texnologiyalar” deb ataladi) ham foydalanishimiz mumkin. Ushbu texnologiyalar onlayn kontent, videolar va reklama e’lonlarining ichiga joylanishi mumkin. Ular serverga qurilmangizdagi muayyan turdagi ma’lumotlarni o‘qish, ma’lum kontent yoki reklamani qachon ko‘rganingizni bilish, kontent ko‘rilgan sana va vaqtni hamda qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar, jumladan, qurilmangizning IP-manzilini aniqlash imkonini beradi. Biz va uchinchi tomonlar ushbu texnologiyalardan kontent va reklamalarning to‘g‘ri yetkazib berilganligi va ko‘rilganligini tekshirish kabi maqsadlar uchun foydalanamiz.
Cookie-fayllar
Cookie-fayllar – kompyuter, televizor, mobil telefon yoki boshqa qurilmalaringizda muayyan ma’lumotlarni saqlaydigan kichik fayllar. Ular cookie-faylni qurilmangizga joylagan tomonga turli veb-saytlar, xizmatlar, qurilmalar va veb-sahifalar kirish seanslarida sizni tanib olish imkonini beradi. Cookie-fayllar ko‘plab foydali maqsadlarda ishlatiladi. Masalan:
• Cookie-fayllar tizimga kirishda hisobingiz ma’lumotlarini eslab qoladi, shuning uchun siz har safar biror xizmatga kirganda ularni qayta-qayta kiritishingiz shart emas.
• Cookie-fayllar bizga va uchinchi tomonlarga Xizmatlarimizning qaysi qismlari eng ommabop ekanini aniqlashda yordam beradi, chunki ular bizga tashrif buyuruvchilar qaysi sahifalarga kirayotgani va qaysi funksiyalardan foydalanayotgani hamda o‘sha sahifalarda qancha vaqt sarflayotgani haqidagi ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Bu ma’lumotlarni o‘rganib chiqish Xizmatlarimizni moslashtirishimiz va sizga yaxshiroq tajribani taqdim etishimizga yordam beradi.
• Cookie-fayllar bizga va uchinchi tomonlarga siz har safar Xizmatga kirganingizda bir xil reklamani ko‘rsatavermaslik maqsadida qaysi reklamalarni ko‘rganingizni aniqlash imkonini beradi.
• Cookie-fayllar Xizmatlarimizdan hamda boshqa veb-sayt va ilovalarimizdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni to‘plash orqali bizga va uchinchi tomonlarga sizga aloqador kontent va reklamalarni taqdim etishda yordam beradi.
Biz yaxshilab tanlab olingan uchinchi tomonlarga Xizmatlarimizga cookie-fayllar yoki shunga o‘xshash texnologiyalarni joylashtirishga ruxsat berishimiz mumkin. Masalan, biz hech qanday cheklovsiz chakana savdo hamkorlarimizga siz veb-saytimizda ko‘rib chiqqan mahsulotlarni reklama qilishga imkon berish uchun Google remarketing teglaridan foydalanamiz. Google remarketing teglari haqida ko‘proq ma’lumotlarni bu yerdan olishingiz mumkin: https://www.thinkwithgoogle.com/intl/en-gb/. Bundan tashqari Facebook kabi uchinchi tomonlar sizni tegishli veb-saytlar va boshqa veb-saytlar bo‘ylab kuzatib borish uchun cookie-fayllarini joylashtirishlari mumkin.
Biz reklama e’lonlarini birgalikda yetkazib berish uchun diqqat bilan tanlab olingan biznes hamkorlar bilan ham ishlashimiz mumkin. Bu veb-saytimizdan olingan cookie-fayllari ma’lumotlarini biznes hamkorimiz tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bilan birlashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Biz to‘plangan ma’lumotlardan mijozlarimizning xohishlarini tushunish va kelajakdagi reklama kampaniyalariga, jumladan, marketing faoliyatimizni kimga nisbatan yo‘naltirishimizni qanday tanlashimizga aniqlashda ham foydalanishimiz mumkin.
Biz va diqqat bilan tanlab olingan biznes hamkorlarimiz uchinchi tomon veb-saytlarida mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimiz uchun reklama e’lonlarini ko‘rsatganimizda yoki siz o‘sha reklama e’lonlariga bosganingizda cookie-fayllarini joylashtirishimiz mumkin, shuning uchun biz mijozlarimizning qaysi saytlar va reklama e’lonlarini ko‘rganliklarini va qaysi reklama e’lonlari bilan qiziqib ko‘rganliklarini bilamiz. Siz o‘sha uchinchi tomon saytlaridagi ushbu cookie-fayllariga nisbatan xohishlaringizni sozlay olishingiz mumkin.
Uchinchi tomon cookie-fayllari: Veb-saytimiz uchinchi tomon veb-sayti yoki xizmati bilan bogʻliq kontentni ham ko‘rsatishi, ayni hol qurilmangiz uchinchi tomonlarning cookie-fayllari saqlanishiga olib kelishi mumkin. Siz ushbu uchinchi tomonlar uchun afzalliklaringizni Samsung cookie-fayllari uchun bo‘lgan usulda boshqarishingiz mumkin. Afzalliklaringizni qanday boshqarish haqida ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyiga qarang. Biz ushbu cookie-fayllarni ana shu uchinchi tomonlar saqlashi va ishlatishini nazorat qilmaymiz va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tegishli uchinchi tomonlarning maxfiylik siyosatiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Mayoqlar va piksellar
Biz uchinchi tomon bilan birga, qurilmangizdan serverga ma’lumot uzatuvchi mayoqlar yoki piksellar deb nomlangan texnologiyalardan ham foydalanishimiz mumkin. Mayoqlar onlayn kontent, videolar va e-pochta xabarlari ichiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, ular serverga qurilmangizdagi muayyan turdagi ma’lumotlarni o‘qish, ma’lum kontent yoki e-pochta xabarini qachon ko‘rganingizni bilish va tegishli kontent ko‘rilgan sana va vaqtni hamda qurilmangiz IP-manzilini aniqlash imkonini beradi. Biz va muayyan uchinchi tomon mayoqlardan turli maqsadlarda, jumladan, Xizmatlarimizdan foydalanishingizni tahlil qilish va boshqa ma’lumotlar bilan bir qatorda sizga ko‘proq aloqador kontent va reklamalarni taqdim etish maqsadida foydalanamiz.
Boshqa mahalliy saqlash texnologiyalari
Biz, muayyan uchinchi tomonlar bilan birga, Xizmatlarimiz bilan bog‘liq holda qurilma xotirasiga saqlanadigan boshqa turdagi texnologiyalardan ham, jumladan, “Lokal” umumiy obyektlar (“Flash cookie-fayllar” deb ham ataladi) va HTML5 mahalliy saqlov vositasidan foydalanamiz. Ushbu texnologiyalar yuqorida tilga olingan cookie-fayllarga oʻxshashdir. Ular qurilmalaringizda saqlanadi va sizning xatti-harakatlaringiz va shaxsiy sozlamalaringiz haqidagi muayyan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Biroq bu texnologiyalar standart cookie-fayllar yordamida qurilmangizning har xil qismlarini ishlatadi, shuning uchun siz ularni standart brauzer asboblari va parametrlari orqali nazorat qila olmasligingiz mumkin. “Lokal” umumiy obyektlarni o‘chirib qo‘yish yoki ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘chirib tashlash haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga kiring: http://helpx.adobe.com/flash-player/kb/disable-local-shared-objects-flash.html.
Cookie-fayllar ulardan foydalanuvchi funksiyani taqdim etish uchun zarur bo‘lgan vaqtdan uzoqroq muddat saqlab turilmaydi. Bu aniq bir Xizmatga bog‘liq ravishda farq qiladi. Jumladan, veb-saytimizga kirishning autentifikatsiya qilish jarayoni uchun moslashtirilgan cookie-fayllari Sizning xarid savatchasiga narsalarni joylashingizga imkon beruvchi cookie-fayllariga nisbatan uzoqroq muddat saqlab turilishi mumkin.
Xohishlaringiz qanday boshqariladi
Biz Xizmatlarimizda ushbu texnologiyalardan foydalanar ekanmiz, siz istalgan vaqtda xohishlaringizni boshqarishingiz mumkin. Biroq ayrim texnologiyalar Xizmatni ishga tushirish uchun zarurdir va ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ushbu opsiyalarni qanday boshqarish to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar olish uchun tegishli Xizmatlardagi yoki qurilmangizdagi parametrlar yoki cookie-fayllari bo‘yicha xohishlar menyusiga kiring.
BIZ BILAN BOG‘LANING
Siz xohishlaringizni yangilash, huquqlaringizdan foydalanish, so‘rov yuborish yoki bizdan savollar so‘rash uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Buni qilishning eng oson yo‘li bu https://117.p.syniva.es/ saytining Qo‘llab-quvvatlash bo‘limi orqalidir.
Biz bilan quyidagi manzil orqali bogʻlanishingiz mumkin:
Samsung Electronics Co., Ltd.
129, Samsung-ro, Yeongtong-gu,
Suwon-si, Gyeonggi-do 16677, Republic of Korea
SAMSUNG MAXFIYLIK SIYOSATI — SMART TV BO‘YICHA QO‘SHIMCHA
Samsung Smart TV xizmati yuqori sifatli video kontent, moslashgan TV xizmati, filmlar, ijtimoiy tarmoqlarga ulanish va Smart TV qurilmasini ovozli buyruqlar bilan boshqarish va ishlatish imkonini beruvchi funksiyalar majmuasini taqdim etadi. Smart TV va unga ulangan qurilmalar orqali ma’lumotlarni Samsung maxfiylik siyosatida tasvirlangan usullarda to‘playmiz, foydalanamiz, ulashamiz va saqlaymiz. Bu Qo‘shimcha ayrim Smart TV xususiyatlarining maxfiylik choralari haqidagi qo‘shimcha tafsilotlarni o‘z ichiga oladi.
Smart TV sizga video dasturlar va boshqa kontentni osongina topish va kirish imkonini berishga mo‘ljallangan. Masalan, siz Smart TV ko‘rsatmalari orqali kabel yoki sun’iy yo‘ldosh operatori tarqatgan efir hamda tashqi kontent provayderining buyurtma video takliflariga kirishingiz mumkin.
Jonli efir masalasida pochta indeksingizga asoslanib, qanday kontent ko‘rsatilishi aniqlanadi. Bundan tashqari, Smart TV sizga qiziqarli bo‘lgan dasturlar va kontentni ajratish yoki tomoshani yaxshilaydigan qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish orqali boshqa Smart TV kontentini topish va tomosha qilishda yordam beradi. Tavsiyalar va qo‘shimcha xizmatlar quyidagilarga asoslanadi:
• Siz Smart TV yoki boshqa qurilmalarda Samsung ilovalari orqali tomosha qilgan, sotib olgan, yuklab olgan yoki translatsiya qilgan kontent haqidagi ma’lumotlar (TV ma’lumotlari haqida quyidagi “Ko‘rish ma’lumoti xizmatlari” bo‘limiga qarang);
• Smart TV orqali kirilgan ilovalar haqidagi ma’lumotlar;
• Smart TV orqali “Yoqdi”, “Yoqmadi”, “Tomosha qilish” va boshqa tugmalarning bosilgani haqidagi ma’lumot;
• Smart TV qidiruviga kiritilgan so‘zlar, jumladan, muayyan video kontentini qidirishdagi so‘zlar;
• Smart TV ishlatish va qurilmaga oid boshqa ma’lumotlar, jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, IP manzil, jurnal yozuvlari, apparat yoki dasturiy ta’minoti konfiguratsiyasini aniqlaydigan ma’lumotlar, brauzer ma’lumotlari hamda siz ochishni so‘ragan sahifa(lar).
Mazkur maxfiylik eslatmasi moslashtirilgan Smart TV xizmatlarini olishingizga nisbatan ham qoʻllaniladigan va //account.samsung.com/membership/policy/privacy havolasi orqali tanishish mumkin boʻlgan Samsung Maxfiylik siyosati bilan birgalikda koʻrib chiqilishi zarur.
Sizga moslangan Smart TV xizmatini ko‘rsatish uchun ayrim funksiya yoki xizmatlar TV ko‘rish tarixi va Smart TV ishlatish ma’lumotlariga tayanadi.
TV ko‘rish tarixiga tarmoqlar, kanallar, borilgan veb-saytlar va Smart TV orqali ko‘rilgan dasturlar va ularni ko‘rishga sarflangan vaqt haqidagi ma’lumotlar kiradi.
Bu ma’lumotni olish uchun kontentni avtomatik tanish (ACR) va boshqa texnologiyalarni qo‘llashimiz mumkin. Smart TV tomosha qilingan dasturlarni aniqlash uchun video parchalari yoki TV tyuner ma’lumotini uzatadi.
Istalgan vaqtda parametrlar menyusiga borib, maxfiylik o‘zgartirish mumkin, muayyan funksiya yoki xizmat xohishga ko‘ra o‘chirib qo‘yish mumkin, bu holda shu funksiya yoki xizmat uchun TV tomosha tarixi to‘planishi to‘xtatiladi.
[Faqat Yevropa iqtisodiy hududi (YIH) rezidentlari uchun]
Bizning Xizmatlarimizdan foydalanishingiz ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq, ma’lumotlaringizning siz yashab turgan mamlakatdan tashqariga, Koreyaga uzatilishi, saqlanishi va qayta ishlanishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, Xizmatlardan foydalanishingiz asnosida shaxsiy maʼlumotlaringiz boshqa mamlakatlarga yuborilishi, saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin; bunday mamlakatlar sirasiga (bular bilan cheklanmagan holda) Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada kiradi. Shuni esda tutingki, ma’lumotlaringiz o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga kirmaydigan mamlakatlarda ma’lumotlarni himoyalash va boshqa qonunlar o‘z mamlakatingizdagidek mukammal bo‘lmasligi mumkin. Biz shaxsiy ma’lumotlaringiz himoyalangan tarzda qolishini ta’minlash uchun amaldagi qonunlarga muvofiq tegishli choralarni ko‘ramiz. Ma’lumotlarni Yevropa iqtisodiy hududidan tashqariga uzatishni himoyalash uchun Standart shartnomaviy qoidalardan foydalanish shunday choralar jumlasiga kiradi. Qoʻshimcha maʼlumotlar yoki amaldagi shartnomaviy kelishuvlarning nusxalarini olish uchun Maxfiylik taʼminoti sahifasi orqali bizga murojaat qiling (https://117.p.syniva.es/request-desk).
Yodda tutingki, maxfiylikning o‘zgarishi muayyan ma’lumotga asoslangan xizmatning ko‘rsatilishi yoki sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
[Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, Uzbekistan rezidentlari uchun]
Bundan tashqari, siz tononingizdan Xizmatlardan foydalanish, sizning shaxsiy ma'lumotingizni boshqa mamlakatlarga o'tkazish, saqlash va qayta ishlashni o'z ichiga olishi mumkin; Bunday mamlakatlarga, cheklovlarsiz, CETS108 Evropa konventsiyasining a'zo davlatlari, Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanada kiradi. Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishni ta'minlash uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralarni ko'ramiz. Bunday chora-tadbirlar ma'lumotlarni uzatishni himoya qilish uchun qat'iy shartnomaviy majburiyatlardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Yodda tutingki, maxfiylikning o‘zgarishi muayyan ma’lumotga asoslangan xizmatning ko‘rsatilishi yoki sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
Qiziqishga asoslangan reklama xizmatlari
Qiziqishga asoslangan reklama xizmatlari (“IBA xizmatlari”) Samsung Smart TV yoki turli Samsung va tashqi platformalar yoki qurilmalar bo‘ylab Samsung yoki uchinchi tomonlar taklif etadigan mahsulot va xizmatlar haqidagi foydali, interaktiv va qiziqishga asoslangan reklamalarni, jumladan, chiziqli reklamalar, internetdagi, mobil qurilmalar va planshetlardagi reklamani olish va ko‘rish imkonini berishga mo‘ljallangan.
Qurilmalaringizdagi reklama sizga aloqador bo‘lishi uchun IBA xizmatlari TV tomosha tarixiga (jumladan, tarmoqlar, kanallar, borilgan veb-saytlar va Samsung Smart TV orqali ko‘rilgan dasturlar va ularni ko‘rishga sarflangan vaqt haqidagi ma’lumotlar), Samsung Smart TV ishlatishga oid ma’lumotlar va ishonchli tashqi axborot manbalaridan olingan statistik axborotlarga asoslanadi. TV tomosha tarixini olish uchun kontentni avtomatik tanish (ACR) va boshqa texnologiyalarni qo‘llashimiz mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, qiziqishlari o‘xshash boʻlgan Samsung Smart TV egalari guruhlarini tuzamiz va bu guruhlarni IBA xizmatlari uchun ishlatamiz. Yuqoridagi ma’lumotlar yordamida sizning Samsung Smart TV qaysi guruhga tegishliligi va qurilmalaringizda qanday reklamalar ko‘rsatilishi aniqlanadi.
IBA xizmatlarini Samsung Smart TV Parametrlar menyusidan istalgan vaqtda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Yodda tutingki, IBA xizmatlardagi maxfiylik parametri boshqa turdagi (TV tomosha tarixiga yoki Samsung Smart TV ishlatishga oid ma’lumotlarga asoslanmagan) reklamalarning ko‘rsatilishi yoki koʻrsatilmasligiga ta’sir qilmaydi. Boshqa turdagi bu reklamalar va marketing choralari umumiy joylashuv va boshqa taxminiy ma’lumotlarga asoslanadi. Bular kamroq aloqador bo‘lishi mumkin, chunki ular qiziqishlaringizga asoslanmaydi.
IBA xizmatlariga oid batafsil ma’lumotni ushbu qo‘shimcha oxiridagi IBA xizmatlari maxfiylik eslatmasidan oling.
PSID
Qiziqishga asoslangan reklamalarni taqdim etish maqsadida Smart TV tomosha tarixi va undan foydalanish haqida to‘plangan axborot tasodifiy aniqlanadigan, doimiy bo‘lmagan va asliga qaytarsa bo‘ladigan qurilma identifikatoriga bog‘lanadi va u Moslashtirilgan xizmat ID yoki “PSID” deb nomlanadi.
Istalgan vaqtda Smart TV Parametrlar menyusiga o‘tib, PSIDni asliga qaytarish mumkin. Buning natijasida Smart TV tomosha tarixi va undan foydalanish haqidagi qiziqishga asoslangan reklamalarga aloqador axborotlar avvalgi PSIDdan uziladi. Yodda tutingki, agar PSID asliga qaytarilsa, moslangan va qiziqishga asoslangan reklamalar sifatini sozlab bo‘lmaydi.
Ovozni tanish
Smart TV va uning ko‘plab funksiyalarini ovozli buyruqlar bilan boshqarish mumkin.
Ovozni tanish funksiyasini yoqsangiz, Smart TVni ovoz yordamida ishlatishingiz mumkin. Ovozni tanish xususiyatini taqdim etish uchun ovozli buyruqlar (qurilma haqidagi ma’lumotlar, jumladan, qurilma identifikatorlari bilan birgalikda) bizga yuboriladi va biz ovozli buyruqlarni matnga o‘girib, Ovozni tanish xususiyatlarini taqdim etamiz. Bundan tashqari, xususiyatlarni baholash va yaxshilash maqsadida Samsung ovozli buyruqlar va ularga aloqador matnlarni to‘plashi mumkin. Samsung pult yoki ekrandagi yoqish tugmasini bosib, faollashtiruv iborasini aytish (m-n, “Salom, Bixby”) yoki pultdagi mikrofonga gapirish orqali Smart TVga muayyan qidiruv so‘rovini berganingizdagina ovozli buyruqlarni to‘playdi.
Ovozni tanish funksiyasini yoqmasangiz, uning xususiyatlaridan foydalana olmaysiz.
Istalgan vaqtda Parametrlar menyusiga o‘tib, Ovozni tanish funksiyasining ma’lumot to‘plashini o‘chirib qo‘yish mumkin. Ammo buning natijasida Ovozni tanish funksiyalaridan foydalana olmaysiz.
Ovozni tanish funksiyasiga oid batafsil ma’lumotni ushbu qo‘shimcha oxiridagi Ovozni tanish maxfiylik eslatmasidan oling.
Uchinchi tomonlar
Shuni esda tutingki, siz uchinchi tomon taqdim etgan videoni tomosha qilsangiz yoki ilovalar yoxud kontentga kirsangiz, o‘sha xizmat provayderi Smart TV haqidagi (masalan, uning IP manzili va qurilma identifikatorlari), so‘ralgan pul o‘tkazmasi haqidagi (masalan, videoni sotib olish yoki ijaraga olish so‘rovi) hamda ilova yoki xizmatdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni to‘plashi yoki olishi mumkin. Samsung bunday xizmat provayderlarining maxfiylik yoki xavfsizlik choralari uchun javobgar emas. Siz uchinchi tomon veb-saytlari va xizmatlaridan foydalanishda ehtiyot bo‘lishingiz hamda ularga aloqador maxfiylik eslatmalarini ko‘rib chiqishingiz lozim.
Mamlakatga bog‘liq funksiyalar
Shuni esda tutingki, qayerda yashashingizga qarab, ushbu Smart TV qo‘shimchasida tasvirlangan bir yoki bir nechta xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin.
OVOZNI TANISH XIZMATI MAXFIYLIK ESLATMASI
Kuchga kirish sanasi: 2019-yil, 30-aprel
Samsung Electronics va uning shoʻba kompaniyalari maxfiylik borasidagi xavotirlaringizni inobatga oladi. Bu Maxfiylik eslatmasi Ovozni tanish xizmati (“Ovoz xizmati”) orqali to‘planadigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanadi.
Ovoz xizmati foydalanuvchilarga Samsung mahsulotlari bo‘ylab kontentni topish va tomosha qilish, sozlamalarni boshqarishni ovoz orqali amalga oshirish imkonini beruvchi xizmatdir. Uning xususiyatlariga kontent qidirishda va Samsung Smart TV boshqaruvida tabiiy tilni tushunish; internet, ob-havo va boshqa Samsung Smart TV xizmatlari ham kiradi.
Siz tanlagan tilga qarab, ovozni tanishning takomillashgan funksiyasi - Bixby funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Bixby faollashtirilganini Samsung Smart TV ekranidagi belgilar, bannerlar yoki boshqa belgilardan bilishingiz mumkin.
Ushbu Maxfiylik eslatmasi sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz Ovoz xizmatida qanday ishlatilishiga oid batafsil ma’lumotni beradi, uni Samsung maxfiylik siyosati bilan birga o‘qish kerak, bu siyosat Ovoz xizmatini olishingizga nisbatan ham qo‘llanadi va uni bu manzildan topish mumkin: //account.samsung.com/membership/policy/privacy.
Bu Maxfiylik eslatmasida Ovoz xizmati orqali to‘planadigan axborot turlari, ushbu ma’lumotlardan qanday foydalanishimiz, ularni kimlar bilan baham ko‘rishimiz hamda ma’lumotlardan foydalanishimizga nisbatan sizda mavjud tanlovlar tasvirlangan. Samsung shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda axborot nazoratchisi hisoblanadi.
BIZ QANDAY MAʼLUMOTLARNI TOʻPLAYMIZ?
Ovoz xizmati orqali siz haqingizdagi ma’lumotlarni turli usullarda olishimiz mumkin. Biz oladigan shaxsiy ma’lumot turlariga quyidagilar kiradi:
• Samsung account ma’lumotlari (ixtiyoriy). Smart TV qurilmasida Samsung account hisobiga kirganingizda biz Ovoz xizmatiga kirishda ishlatiladigan Samsung account bilan bog‘liq ma’lumotlarni, masalan, ismingiz, e-pochta manzilingiz va Samsung account ID raqamini olishimiz mumkin.
• Ovoz xizmati bilan ishlash. Xizmatlar yordamida Ovoz xizmati bilan muloqot qilganda siz ishlatadigan ma’lumotlarni, jumladan, ovozli buyruqlar yozuvlari (masalan, savollaringiz, so‘rov va ko‘rsatmalar), rasmlaringiz, kiritgan matnlaringiz hamda ushbu Xizmatlardan oladigan ma’lumotlaringizni (masalan, javoblar va kontentni) to‘plashimiz mumkin. Biz, shuningdek, Ovoz xizmatidan foydalanishingizga oid boshqa ma’lumotlarni, jumladan, sizga ushbu Xizmatlarni (masalan, musiqa translatsiyasi va ob-havo) taqdim etishda Ovoz xizmati tomonidan kiriladigan yoki ishlatiladigan, Samsung hamda tashqi ilova va xizmatlardan olinadigan ma’lumotlarni (masalan, siz ishlatadigan ilovalar, tashrif buyuradigan veb-saytlar va kontaktlaringiz ro‘yxati, rasmlar, musiqalar, taqvimdagi tadbirlar, xatcho‘plar hamda boshqa Samsung va tashqi ilovalar, veb-saytlar va xizmatlardan olinadigan kontent va axborotlar) ham olishimiz mumkin.
• Geolokatsiya axboroti. Biz qurilmangizning geolokatsiyasini va joylashuvingizga oid boshqa ma’lumotlarni televizorda saqlangan (IP manzil orqali olinadigan yoki siz kiritgan) pochta indeksi yordamida muayyan maqsadlarda, masalan, Xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida olishimiz mumkin.
• Qurilma va ilovaga oid ma’lumotlar. Ovoz xizmati ishlatilayotgan qurilmalaringizga oid ma’lumotlarni, masalan, qurilma modeli, OT versiyasi, qurilma konfiguratsiyasi va parametrlari, IP manzillari, qurilma identifikatorlari va boshqa unikal identifikatorlarni avtomatik usulda to‘plashimiz mumkin. Bundan tashqari, siz Ovoz xizmati ishlatilayotgan qurilmalaringizdan qay tarzda, qachon va qancha vaqt foydalanishingiz, jumladan, qurilmalarda Ovoz xizmati, Samsung hamda tashqi ilovalar va xizmatlardan foydalanishingiz (masalan, qurilmalardagi ilovalar ro‘yxati, qurilmada tinglangan musiqa, tashrif buyurilgan veb-saytlar va bajarilgan qidiruvlar) haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
MA’LUMOTLARINGIZDAN QANDAY FOYDALANAMIZ?
Ovoz xizmati orqali olingan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin:
• sizga Xizmatlarni taqdim etish, masalan, Ovoz xizmati orqali berilgan so‘rovlar, savollar va ko‘rsatmalaringizga javob berish;
• Ovoz xizmatidan foydalanishingiz uchun shaxsingizni aniqlash va tasdiqlash;
• Ovoz xizmatidan olgan taassurotingizni yaxshilash va ta’bingizga moslash, masalan, foydalanuvchilar va ularning Ovoz xizmatiga murojaatlariga moslangan kontent va javoblar bilan ta’minlash;
• alohida roziligingiz bilan, sizga mahsulot va xizmatlar haqida xabar berish, sizga bildirishnomalar, kontent, signallar, takliflar, promoaksiyalar, marketing ma’lumotlari, xabarlar va e’lonlarni taqdim etish;
• talab va so‘rovlaringizga javob berish;
• faoliyatimizni boshqarish, baholash va takomillashtirish (jumladan, yangi mahsulotlar ishlab chiqish; mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirish; muloqotlarimizni boshqarish; mahsulotlarimiz, mijozlarimiz va xizmatlarimizni tahlil qilish; bozorni o‘rganish; axborotlarni tahlildan o‘tkazish; va buxgalteriya, audit hamda boshqa ichki funksiyalarni amalga oshirish);
• sizga muayyan tashqi ilova va xizmatlarga murojaat qilish imkonini berish;
• firibgarlik va boshqa jinoiy xatti-harakatlar, da’volar va boshqa majburiyatlardan himoyalash, ularni aniqlash va oldini olish; va
• amaldagi qonun talablari, tegishli soha standartlari va bizning siyosatlarimiz, jumladan, ushbu Maxfiylik eslatmasi va Samsung account maxfiylik siyosatiga rioya qilish.
Ovoz xizmati ishlatiladigan qurilmalarda uzoq vaqt davomida hamda tashqi ilovalar, veb-saytlar va boshqa onlayn xizmatlardagi faoliyatingizga oid shaxsiy ma’lumotlarni Ovoz xizmati orqali to‘plashimiz mumkin. Xizmatlarda tashqi tahlil xizmatlaridan foydalanishimiz mumkin. Bunday tahlil xizmatlarini boshqaruvchi kompaniyalar sizning Xizmatlardan foydalanishingizni tahlil etish va Xizmatlarni takomillashtirishda bizga yordam beradi. Biz olgan ma’lumotlar, masalan, Xizmatlardan foydalanilishini baholash, Xizmatlar ko‘rsatishga yordam berish va texnik muammolarni aniqlash maqsadida bu provayderlarga oshkor etilishi yoki bevosita ular tomonidan yoki ma’lumotdan foydalanuvchi boshqa tegishli uchinchi shaxslar tomonidan to‘planishi mumkin.
SIZNING TANLOVLARINGIZ
Istalgan vaqtda Parametrlar menyusiga kirib, Ovoz xizmatini o‘chirib qo‘yish mumkin, ammo natijada Ovoz xizmatidan foydalana olmaysiz.
Biz, shuningdek, siz haqingizda olinadigan shaxsiy ma’lumotlarni ma’lum darajada tanlash imkonini beramiz. Sozlamalaringizni yangilash, bizdan olinadigan yangiliklarni cheklash yoki so‘rov yuborish uchun Samsung Maxfiylik siyosatining BIZ BILAN BOGʻLANISH bo‘limida ko‘rsatilgan usulda biz bilan bog‘laning.
MAXFIYLIK ESLATMASINI YANGILASH
Xizmatlar doirasida shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash tartibiga yoki amaldagi qonunlarga o‘zgartirish kiritilsa, ularni aks ettirish uchun mazkur Maxfiylik eslatmasi vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi mumkin. Maxfiylik eslatmasiga kiritiladigan har qanday jiddiy o‘zgartirishlar haqida veb-saytda va/yoki qurilmangizda eslatma berib, uning yuqori qismida o‘zgartirilgan vaqtini ko‘rsatamiz.
QIZIQISHGA ASOSLANGAN REKLAMA XIZMATINING MAXFIYLIK ESLATMASI
Kuchga kirish sanasi: 2019-yil, 30-aprel
Samsung Electronics va uning shoʻba kompaniyalari maxfiylik borasidagi xavotirlaringizni inobatga oladi. Bu Maxfiylik eslatmasi qiziqishga asoslangan reklama xizmatlari (“IBA xizmatlari”) orqali to‘planadigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanadi.
Ushbu Maxfiylik eslatmasi sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz IBA xizmatlarida qanday ishlatilishiga oid batafsil ma’lumotni beradi, uni Samsung maxfiylik siyosati bilan birga o‘qish kerak, bu siyosat IBA xizmatlarini olishingizga nisbatan ham qo‘llanadi va uni ushbu manzildan topish mumkin: //account.samsung.com/membership/policy/privacy.
Bu Maxfiylik eslatmasida qiziqishga asoslangan reklamalar orqali ishlatiladigan axborot turlari, ushbu ma’lumotlardan qanday foydalanishimiz hamda ma’lumotlardan foydalanishimiz va huquqlaringizni himoya qilishga nisbatan sizda mavjud tanlovlar taʼriflangan. Samsung shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda axborot nazoratchisi hisoblanadi.
IBA XIZMATLARI NIMA?
IBA xizmatlari Samsung Smart TV yoki turli Samsung va tashqi platformalar yoki qurilmalar bo‘ylab Samsung yoki uchinchi tomonlar taklif etadigan mahsulot va xizmatlar haqidagi foydali, interaktiv va qiziqishga asoslangan reklamalarni, jumladan, chiziqli reklamalar, internetdagi, mobil qurilmalar va planshetlardagi reklamani olish va ko‘rish imkonini berishga mo‘ljallangan.
Qurilmalaringizdagi reklama sizga aloqador bo‘lishi uchun IBA xizmatlari TV tomosha tarixiga (jumladan, tarmoqlar, kanallar, borilgan veb-saytlar va Samsung Smart TV orqali ko‘rilgan dasturlar va ularni ko‘rishga sarflangan vaqt haqidagi ma’lumotlar), Samsung Smart TV ishlatishga oid ma’lumotlar va ishonchli tashqi axborot manbalaridan olingan statistik axborotlarga asoslanadi. TV tomosha tarixini olish uchun kontentni avtomatik tanish (ACR) va boshqa texnologiyalarni qo‘llashimiz mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, qiziqishlari o‘xshash boʻlgan Samsung Smart TV egalari guruhlarini tuzamiz va bu guruhlarni IBA xizmatlari uchun ishlatamiz. Yuqoridagi ma’lumotlar yordamida sizning Samsung Smart TV qaysi guruhga tegishliligi va qurilmalaringizda qanday reklamalar ko‘rsatilishi aniqlanadi.
PSID
IBA xizmatlarini taqdim etish maqsadida qurilmadan foydalanishingiz haqida to‘planadigan axborot tasodifiy aniqlanadigan, doimiy bo‘lmagan va asliga qaytarsa bo‘ladigan qurilma identifikatoriga bog‘lanadi va u PSID deb nomlanadi. Ushbu Maxfiylik eslatmasining SIZNING TANLOVLARINGIZ bo‘limida ko‘rsatilganidek PSIDni asliga qaytarish mumkin.
BIZ QANDAY MAʼLUMOTLARNI TOʻPLAYMIZ?
Biz IBA xizmatlari orqali qurilmalaringiz haqidagi ma’lumotlarni turli usullarda olamiz. Biz oladigan ma’lumot turlariga quyidagilar kiradi:
• Qurilmaga oid ma’lumotlar. Qurilma modeli, OT versiyasi, qurilma konfiguratsiyasi va parametrlari, IP manzillari, qurilma identifikatorlari va boshqa identifikatorlar kabi ma’lumotlarni to‘playmiz.
• Qurilmadan foydalanish va jurnal ma’lumotlari. Biz qurilmalaringizdan qay tarzda, qachon va qancha vaqt foydalanishingiz, jumladan, IBA xizmatlari bilan ishlashingiz, Samsung hamda tashqi ilovalar va xizmatlardan foydalanishingiz (masalan, qurilmalardagi ilovalar ro‘yxati) haqidagi ma’lumotlarni toʻplaymiz.
• Ma’lumotlarni ko‘rish. Biz sizning TV tomosha tarixingizni to‘playmiz. TV ko‘rish tarixiga tarmoqlar, kanallar, borilgan veb-saytlar va Samsung Smart TV orqali ko‘rilgan dasturlar va ularni ko‘rishga sarflangan vaqt haqidagi ma’lumotlar kiradi. Sizga tegishli TV tomosha tarixini olish uchun ACR va boshqa texnologiyalarni qo‘llashimiz mumkin.
• Statistik ma’lumotlar. Siz yoki qurilmalaringiz haqidagi statistik ma’lumotlar, jumladan, umumiy joylashuv va taxminiy yosh guruhi kabi ma’lumotlarni ishlatishimiz mumkin. Bu statistik ma’lumotlarni tashqi xizmat provayderlarimiz singari tijoriy asosda ochiq boʻlgan manbalardan (qonunchilikka muvofiq holatda) olamiz. Biz faqat ma’lumotni amaldagi qonunchilikka muvofiq olinganiga hamda bizga foydalanish va oshkor qilish uchun taqdim etishga kafolat beradigan tashqi xizmat provayderlari bilan ishlaymiz.
IBA xizmatlariga murojaat qilganingizda Samsung serverlari ma’lumot olishi mumkin, masalan, IBA xizmatlaridan foydalanishingiz, unga murojaatlaringiz, geolokatsiyangiz va IBA xizmatlariga kirgan qurilmalaringiz haqidagi ma’lumotni olishi mumkin.
MA’LUMOTLARINGIZDAN QANDAY FOYDALANAMIZ?
IBA xizmatlari orqali olingan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:
• sizga IBA xizmatlarini taqdim etish;
• IBA xizmatlari taassurotini yaxshilash va moslashtirish;
• alohida roziligingizga ko‘ra, Samsung va uchinchi tomonlarning qiziqishlaringizga mos keladigan mahsulot va xizmatlar haqida e-pochta va push-bildirishnomasi yuborishi;
• talab va so‘rovlaringizga javob berish;
• faoliyatimizni boshqarish, baholash va takomillashtirish (jumladan, yangi mahsulotlar ishlab chiqish; mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirish; muloqotlarimizni boshqarish; mahsulotlarimiz, mijozlarimiz va xizmatlarimizni tahlil qilish; bozorni o‘rganish; axborotlarni tahlildan o‘tkazish; va buxgalteriya, audit hamda boshqa ichki funksiyalarni amalga oshirish);
• firibgarlik va boshqa jinoiy xatti-harakatlar, da’volar va boshqa majburiyatlardan himoyalash, ularni aniqlash va oldini olish; va
• amaldagi qonun talablari, tegishli soha standartlari va bizning siyosatlarimiz, jumladan, ushbu Maxfiylik eslatmasi va Samsung account maxfiylik siyosatiga rioya qilish.
Istalgan vaqtda parametrlar menyusiga o‘tib, PSIDni asliga qaytarish mumkin. Buning natijasida tomosha tarixi va Smart TVdan foydalanish haqidagi axborotlar avvalgi PSIDdan uziladi. Yodda tutingki, agar PSID asliga qaytarilsa, IBA xizmatlarining sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, siz istalgan vaqtda Samsung Smart TV Parametrlar menyusida IBA xizmatlarini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Yodda tutingki, IBA xizmatlardagi maxfiylik parametri boshqa turdagi (TV tomosha tarixiga yoki Samsung Smart TV ishlatishga oid ma’lumotlarga asoslanmagan) reklamalarning ko‘rsatilishi yoki koʻrsatilmasligiga ta’sir qilmaydi. Boshqa turdagi bu reklamalar va marketing choralari umumiy joylashuv va boshqa taxminiy ma’lumotlarga asoslanadi. Bular kamroq aloqador bo‘lishi mumkin, chunki ular qiziqishlaringizga asoslanmaydi.
MAXFIYLIK ESLATMASINI YANGILASH
IBA xizmatlari doirasida shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash tartibiga yoki amaldagi qonunlarga o‘zgartirish kiritilsa, ularni aks ettirish uchun mazkur Maxfiylik eslatmasi vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi mumkin. Maxfiylik eslatmasiga kiritiladigan har qanday jiddiy o‘zgartirishlar haqida veb-saytda va/yoki qurilmangizda eslatma berib, uning yuqori qismida o‘zgartirilgan vaqtini ko‘rsatamiz.
Samsung chop etish va nusxalash mahsulotlari endilikda HP oilasining bir qismidir. Ushbu havoladagi HP Maxfiylik bayonnomasiga qarang: http://www.hp.com/go/privacy.