ADHUB | SAMSUNG

Samsung ning O'zbekistondagi mahalliy maxfiylik siyosati — AdHub uchun qo‘shimcha

Samsung kompaniyasining AdHub xizmati reklama beruvchilarga Samsung kompaniyasining turli platformalari va begona ishlab chiquvchilar platformalari bilan, jumladan Internetda mobil qurilmalar, planshetlar va televizorlar yordamida ishlovchi Samsung faoydalanuvchilariga murojaat qilish uchun imkoniyat beradi. Bundan tashqari, AdHub reklama beruvchilarga Samsung kompaniyasi Siz, qurilmangiz, va faoliyatingiz borasida oluvchi ma’lumot asosida individual ravishda tanlab olingan reklamani Sizga ko‘rsatishga imkon beradi. 

Biz Samsung ning maxfiylik siyosatida tavsif etilgan yo‘llar bilan AdHub orqali olinuvchi ma’lumotni yig‘amiz, ishlatamiz, beramiz va saqlaymiz. Maxfiylik siyosati AdHub ga nisbatan qo‘llanadi, ammo mazkur ilova AdHub xizmati tomonidan qo‘llanuvchi maxfiylikni muhofaza qilish usullari borasida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega va Sizning imkoniyatlaringizni shu usullarga bog‘liq ravishda tushintiradi.

 

AdHub xizmati tomonidan yig‘iluvchi ma’lumot

Qurilma borasidagi ma’lumot

AdHub xizmati tomonidan taqdim etilgan reklamani o‘z ichiga oluvchi Samsung xizmatian foydalanganigizda, AdHub qurilmangiz borasidagi ma’lum bir ma’lumotni qabul qiladi. Bu ma’lumot qurilma modeli, IMEI raqami va qurilmaning boshqa o‘ziga xos idntifikatorlari, MAC-adres, IP-adres, operatsion tizim versiyasi va sozlamalaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, xizmatga birinchi marotaba kirganingizda, AdHub reklamasini ko‘rsatadi, AdHub xizmati qurilmangizga qurilmagiz AdHub yangi raklama e’lonini qabul qilgan har safar AdHub ga yuboriladigan to‘satdan tanlangan identifikatorni tayinlaydi. Bu AdHub xizmatiga har safar qurilmangizni turli veb-saytlarda yoki turli ilovalarda tanish va Sizga talablaringizga muvofiq bo‘lgan reklamani ko‘rsatish imkonini beradi.

AdHub bu ma’lumotni qisman cookie fayllari, veb-moyoqlari va shunga o‘xshash texnologiyalar yordamida yig‘a oladi. Bu funksiyalar qanday ishlashi, va ularning ishlatilishini qanday boshqarishingiz borasidagi qo‘shimcha ma’lumotni Samsung ning maxfiylik siyosatida ko‘ring.

Reklama borasida ma’lumot

AdHub Sizga reklama e’lonini ko‘rsatgan paytda, AdHub qurilmangiz bu reklama e’lonini qabul qilganligini yozib oladi, hamda Siz uni ko‘rgan veb-sahifa yoki boshqa joyni belgilaydi.

 

Uchinchi tomon hamkorlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar

AdHub uchinchi tomon sheriklarimizga ma’lum reklama e’lonlarni (yoki ba’zi reklama kampaniyalari reklamalarini) ko‘rayotgan foydalanuvchilar qatori borasida ma’lumot berishi mumkin. Ushbu ma’lumot faqat yig‘ilgan holda uzatiladi, ya’ni reklama beruvchiga hech qanday qurilma haqida ma’lumot uzatilmaydi.

 

Boshqa kompaniyalar tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar

Uchinchi tomon reklama beruvchilari o‘zlarining reklamalarini ko‘radiganlar, shu jumladan cookie fayllari, veb-mayoqlar va shunga o‘xshash texnologiyalar orqali ma’lumot to‘plash uchun veb-mayoqlardan foydalanishlari mumkin. Samsung kompaniyasi ushbu kompaniyalar tomonidan ishlatiladigan ma’lumotlar yig‘ish va foydalanish usullarini nazorat qilmaydi. Ushbu kompaniyalarning ba’zilari mijozlarga maqsadli reklama olishni tanlash imkoniyatini berish uchun mo‘ljallangan sohaviy dasturlarda qatnashadilar. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Tarmoq reklama dasturi (Network Advertising Initiative) [http://networkadvertising.org] va Raqamli reklama alyansi (Digital Advertising Alliance) [http://www.aboutads.info/]  veb-saytlariga kiring.

 

Tanlash imkoniyati

Siz AdHub maqsadli reklamalarini olishni buyerda rad qilishingiz mumkin: [https://account.samsung.com/membership/service/adsCombination.do]. Esda tutingki, rad qilingan taqdirda ham, Siz reklamani ko‘rasiz, ammo u Sizga ozroq tegishli bo‘ladi, chunki bu sizning qiziqishlaringizga asoslanmagan bo‘ladi.