Uslubingizni aks ettiradi,
xonangizga mos tushadi

Ingichkaroq va har qachongidan ham sozlanuvchan The Frame interyeringizning dizaynini kreativ, zamonaviy va siz kabi oʻziga xos koʻrinish hamda muhitga ega qilib yaratishning barcha yangi yoʻllarini taqdim etadi.

The Frame qurilmasining yangi dizayn innovatsiyalari bilan tanishing.

Hammasi yupqaroq, ixchamroq, ingichkaroq dizayn bilan boshlanadi

Zamonaviy ramka dizayni

Interyer dizayni – bu tafsilotlarga, hatto eng mayda jihatlarga ham eʼtibor qaratishdir, shu sababli The Frame qurilmasining oʻzi qoʻyilgan har qanday joy bilan mukammal darajada uygʻunlashadigan ingichkaroq va nafislik bilan sayqallangan korpusi yordamida minimalistik usuldagi interyerlarni yaratishni yoqtirib qolasiz. U xuddi haqiqiy surat ramkasidek koʻrinadi, seziladi va ilinib turadi: biz xuddi shunday boʻlishini xohlagandik.

Slim profile of The Frame is highlighted with the Samsung logo visible on the side of the TV.

Tanlash uchun yangi ranglar va dizaynlar

The Frame sizga tanlash uchun koʻproq rom ranglari tanlovini hamda qoʻshimcha rom dizaynini taklif qiladi, bu oʻz makoningizni kayfiyatingiz va uslubingizga mos qilib sozlash uchun har qachongidan ham koʻproq variantlarni taqdim etadi.

Closeup of TV corner highlights Brick Red color of the Customizable Frame.

Yangi uslublar

«Zamonaviy»

The Frame qurilmasining foydalanuvchi romi magnit yordamida oʻz joyiga oʻrnatiladi. Endilikda siz bir zumda uslublarni almashtirishingiz mumkin.

*Sozlanuvchan ramka romi alohida sotiladi. *Rom usullari va ranglarining mavjudligi televizor oʻlchamiga bogʻliq. Har bir model haqida maʼlumot uchun mahsulot tafsilotlari sahifasiga qarang.

«Qiya»

Yangi Beveled Type rom dizayni nafis 45 daraja burchak ostidagi ichki qirrali romni taklif etadi va zamonaviy White rangda, shuningdek, oʻziga xos Brick Red rangida keladi.

Interyeringizga mos tushuvchi ranglar

"Zamonaviy" - Jigarrang, Och jigarrang, Oq
"Qiya" - Oq, To'q jigarrang

Ichki yechimlar yordamida katta boʻshliqlar va betartib TV kabellardan xalos boʻling

Slim Fit Wall-Mount
(Ixcham kronshteyn)

TV va devor orasidagi boʻshliqni minimallashtiring. Ixcham kronshteyndan foydalaning va The Frame qurilmasining atrofdagi muhit bilan uygʻunlashib, haqiqiydek ilinib turishini tomosha qiling.

Oʻrnatish ham oson, bu esa istalgan kishining choksiz, minimalistik koʻrinishga erishishi mumkinligini anglatadi.

 From the side view of the Frame TV which is hanging on a white wall, the Slim Fit Wall Mount wall brackets can be seen holding the TV.

One Connect Box
(Bitta ulanish qutisi)

One Invisible Connection bilan One Connect Box moslamasidan foydalaning va tashqi qurilmalaringiz bilan bevosita televizor atrofini toʻldirib tashlashga majbur boʻlmaysiz. Endilikda tashqi qurilmalaringizni televizordan 5 metr (15metrlik kabel alohida sotiladi) nariga qoʻyish imkoniga egasiz va bu yangi interyer dizayni imkoniyatlarini ochib beradi.

One Connect Box sits on a flat surface with a magnification call-out highlighting the rear connection ports at the back of the device. One Connect Box sits on a flat surface with a magnification call-out highlighting the rear connection ports at the back of the device.

One Invisible Connection
(Bitta koʻrinmas ulanish)

Hech bir kabel tartibsiz televizor simlarini bundan nafisroq tarzda tartibga keltirmaydi. One Invisible Connection bilan qurilmalaringizni ortiq bevosita televizor yonida saqlashingiz shart emas. Buning oʻrniga, tashqi TV qurilmalaringiz, jumladan, oʻyin konsollari va tyunerlarini xarid qilganingizda birga keluvchi 5 metrlik deyarli koʻrinmas kabel yordamida ulashingiz mumkin. 15 metrlik kabel bilan yanada koʻproq joylashtirish variantlariga ega boʻling (alohida sotiladi).

One Invisible Connection cable is running down a white wall the see-through design of the cable. One Invisible Connection cable is running down a white wall the see-through design of the cable.
The Frame hangs on the wall of an interior living space with One Invisible Cable running down from the bottom of the TV and connecting to the One Connect Box which is located on the other side of the room on top of a day table and highlighted with magnification call out graphic.

* Jack Port dizayni hududga qarab farq qilishi mumkin.
* Faqatgina oʻrnatish koʻrsatmalari diqqat bilan oʻqib chiqilgandan keyin va 18 yoshdan kattalar tomonidan oʻrnatilishi kerak. Eng yaxshi natija uchun oʻrnatish ikki kishi tomonidan amalga oshirilishini tavsiya qilamiz.
* Devorgacha boʻlgan haqiqiy masofa televizorning orqasidan oʻlchanadi hamda oʻrnatish va devor turiga qarab farq qilishi mumkin.
* Slim Fit Wall-Mount va One Connect Box dizayni televizor oʻlchamiga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
* The Frame 5 m uzunlikdagi One Invisible Connection kabeli bilan birga keladi. 15 m One Invisible Connection kabeli alohida sotiladi.

Har qanday joy The Frame qurilmasini namoyish qilish uchun mukammal joydir

Balandligi moslashuvchan asos

Balandligi moslashuvchan asosda The Frame qurilmasining vertikal balandligini ovoz paneli uchun yetarlicha joy qoladigan qilib sozlay olasiz.

* 55"/65"/75" li The Frame modellari bilan ishlaydi. Balandligi moslashuvchan asos toʻliq kengaytirilganda Samsung S-seriyali ovoz panelini joylashtirish uchun yetarlicha joy boʻladi.
* S-seriyali ovoz paneli The Frame ostiga joylashtirilganda ovoz paneli The Frame qurilmasining pastki tomon romiga bir oz tegib turadi.

Closeup of Height Adjustable Stand-mounted The Frame which is sitting on top of a brown TV entertainment center.

* Mulen Ruj, La Gulyu, Mulen Ruj raqs zali uchun poster (1891), Genri de Tuluz-Lotrek
* Natyurmort #1 (Sahrodagi oazis) Rekviyem (2018), Din Uist
* Oltin darvoza koʻprigi chapdan (2015), Jori Herli
* Ovloq (2016), Filip Beni
* Jenevyeva (2019), Petros Kublis

Zamonaviy minimalistik koʻrinish uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni oʻz ichiga olgan

Qutida nima bor

Qutisini ochishingiz bilan makoningizni interyer dizayni asariga aylantirish uchun zarur boʻlgan barcha narsaga, jumladan, Slim Fit Wall-Mount, One Invisible Connection va One Connect Box moslamalariga ega boʻlasiz.

❶ The Frame TV
❷ Slim Fit Wall-Mount (Ixcham kronshteyn)
❸ One Invisible Connection (Bitta koʻrinmas ulanish) (5 m)
❹ One Remote Control (Bitta masofadan boshqarish pulti)
❺ Height Adjustable Stand (Balandligi moslashuvchan asos)
❻ One Connect Box (Bitta ulanish qutisi)

Innovatsion dizayn, hatto qadogʻigacha

Ekologik qadoq

The Frame qurilmasining ekologik toza qadoqlash qutisi gafrokartondan tayyorlangan va bu uning qayta ishlanishini osonlashtiradi. Qutining kesish va yigʻish boʻyicha oson koʻrsatmalarga ega har bir tomonida oddiy nuqtali matritsa naqshdan foydalanib, The Frame qutisini kichik yogʻoch stollar yoki uy hayvonlari uchun inlar kabi turli kreativ qayta ishlangan buyumlarga aylantiring.

Makoningizga yangi imkoniyatlar baxshida etadigan qoʻshimchalar

Har bir hayot tarzi uchun alohida televizor
kashf qiling

* Sozlanuvchan ramka romi va boshqa aksessuarlar alohida sotiladi.  

* Rasmlar faqat tasviriy maqsadlar uchun ishlangan. Mahsulotning ishlashiga ta’sir etmaydigan tashqi ko‘rinish, dizayn va foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) xususiyatlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.

* Haqiqiy mahsulotlar, jumladan, masofadan boshqarish pulti koʻrsatilgan rasmdan farq qilishi mumkin. Mahsulotlarimiz galereyasi bilan tanishib chiqing.