Galaxy S24 FE
SM-S721BLBBCAC
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
E'tiboringizga Galaxy AI funksiyali Galaxy S24 FE smartfonini taqdim etamiz — u bilan har bir tasvir cheksiz ijodkorlikni namoyon etadi. Zavqli Galaxy AI olamiga sho'ng'ing hamda o'zingizni ifodalash uchun cheksiz imkoniyatlarni kashf eting. Barchasini bilib olish uchun suratga oling, aylana chizing va bosing.
*Ayrim sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etilishi mumkin. *Samsung sun'iy intellekt funksiyalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotlarning aniqligi, to'liqligi va ishonchliligi borasida hech qanday va'dalar va kafolatlar bermaydi. *Tasvirlar namuna sifatida taqdim etilgan. Ketma-ketliklar qisqartirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. *Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, operatsion tizim/One UI versiyasi, qurilma modeli va sotuvchiga bog'liq. Ayrim funksiyalarning mavjudligi qurilma modeliga bog'liq. *Sun'iy intellektdan foydalanish yosh chegaralariga ega mintaqalarda Galaxy AI xizmati voyaga yetmaganlar uchun cheklangan bo'lishi mumkin. *Galaxy AI funksiyalari qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil yakuniga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi tomon sun'iy intellekt funksiyalari uchun o'zgacha shartlar amal qilishi mumkin.Yangi Galaxy S24 FE
Sizning uslubingizga mos noyob ranglar
E'tiboringizga nafis ramkaga ega zamonaviy ranglardagi Galaxy S24 FE smartfonini taqdim etamiz. Aylanasimon qirrali shakl oson ushlashni ta'minlaydi, minimalistik yassi dizayn esa tomoshadan chalg'itmaydi.
Aynan sizga mos ranglar
Zamonaviy nafis uslub va yorqin ranglardagi o'zingizga mos Galaxy S24 FE tanlang.
Maksimal mustahkamlik
Orqa va old tomondan Corning® Gorilla® Glass Victus®+ bilan himoyalangan smartfon sizga uzoq xizmat qilishga tayyor. Shuningdek, uning IP68 himoya darajasi changga va suvga chidamlilikni ta'minlaydi.
Rasm tahrirchisi yordamida o'lchamlarni o'zgartirish va retush imkoniyatlari
Rasm tahrirchisi bilan suratdagi obyektlarni osonlik bilan o'lchamini o'zgartiring, ko'chirib o'ting yoki o'chiring. Qudratli AI tahrirlash funksiyasi bilan odatiy suratlaringizni san'at asariga aylantiring.
Tasavvur qiling. Chizmaga tushiring. Tasvirga aylantiring.
Chizma asosida yoki istalgan tasvir asosida rasm chizing. Sun'iy intellekt yordamida chizmani suratga aylantiring.
AI olamiga sho'ng'ing
Galaxy FE seriyasidagi eng kuchli kamera
ProVisual Engine texnologiyasi AI uskunalar to'plami bo'lib, u foto va video tasvirlarni aniq detallar va boy teksturalar bilan to'ldirish orqali odatiy surat imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Galaxy ProVisual Engine texnologiyasi
Yorqin lahzalarni qorong'u tunda ham suratga oling. AI qudratiga ega kamera past yorug'lik sharoitida ham obyektning aniq va yorqin suratga olinishini ta'minlaydi.
Optik sifatli Zoom
Uzoq masofadan ham osonlik bilan aniq suratga oling. Ilg'or NPU va GPU imkoniyatlari bilan optik sifatli zoom katta plandagi yuqori tafsilotli kadrlarni sifat tushmasdan olinishini ta'minlaydi. Siz uzoq masofadagi obyektlarni osonlik bilan yaqinlashtirishingiz mumkin.
Super HDR texnologiyasi
Ranglar va sahnalarni takomillashtirishga qodir Super HDR texnologiyasi bilan ajoyib suratlar oling. Kengaytirilgan rang uzatish imkoniyatidan zavq oling hamda eng zo'r suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga yuklang, Super HDR texnologiyasi esa unga yorqinlik qo'shadi.
Bir zumda sekinlashtirish funksiyasi
Istalgan odatiy tarzda olingan videolar, jumladan galereyangizdagi yoki yuklab olinganlar uchun ham Bir zumda sekinlashtirish funksiyasini qo'llang va videolarni sekinlashtiring. Effektni qo'llash uchun shunchaki bosing va ushlab turing, so'ngra esa uni osonlik bilan ulashing yoki saqlang.
Portrait Studio funksiyasi
Portrait Studio bilan sun'iy intellekt sizning tasavvuringizni yanada boyitishiga yordam bering. Siz olgan selfi suratlar bir zumda san'at asariga aylanadi.
Tabiiy o'yin tajribasi
E'tiboringizga yanada ravon ko'pvazifalilik uchun yuqori protsessor samaradorligiga ega Galaxy S24 FE smartfonini taqdim etamiz. Sizga hayratlanarli va tabiiy o'yin tajribasini taqdim etuvchi Samsung Exynos 2400e protsessoridan zavq oling.
Kontentga to'liq sho'ng'ing
Yanada yorqin va boy ko'rinishga ega takomillashtirilgan Dynamic AMOLED 2X ekrani bilan zavqli kontentga to'liq sho'ng'ing. Kengaytirilgan maydon va ingichka ramkali mazkur ekran tomoshani yangi darajaga olib chiqadi.
Uzoq vaqt o'yin o'ynash uchun kuchli akkumulyator
4700 mAs standart ko'rsatkichga ega yanada qudratli batareya bilan uzoqroq o'yin vaqtidan zavq oling. Video strimlar uchun mukammal moslashtirilgan batareya siznig uzluksiz ko'ngilochar tajribangiz uchun ayni ma'qul keladi.
Nega Galaxy qurilmasini tanlash kerak
Galaxy-ga o'ting, bu juda oson
Galaxy-ga o'ting, bu juda oson. Galaxy foydalanuvchilariga xos xususiyatlar bilan tajribangizni yaxshilang.
O'z smartfoningizda Galaxy imkoniyatlarini sinab ko'ring
Try Galaxy veb ilovasi Galaxy smartfonini xarid qilmasdan turib uning sodda, tushunarli va qulay interfeysini sinab ko'rish imkoniyatini beradi. Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang va tanishishni boshlang.
Ko'p Beriladigan Savollar
Galaxy S24 FE va Galaxy S23 FE orasidagi asosiy farq — bu Galaxy S23 FE smartfonining 1450 nit maksimal yorqinlik ko'rsatkichi va 2,44 mm ramkaga ega 6,4 dyuymli displeyiga nisbatan Galaxy S24 FE smartfonida 1900 nit maksimal yorqinlik ko'rsatkichi va 1,99 mm ingichka ramkaga ega 6,7 dyuymli kengaytirilgan Dynamic Amoled 2X displeyining mavjudligidir. Shuningdek, yangi smartfon Samsung Exynos 2400e takomillashtirilgan protsessori tufayli yuqori ish samaradorligiga ega. Bundan tashqari, Galaxy S23 FE smartfonining 4500 mAs hajmli batareyasiga nisbatan Galaxy S24 FE 4700 mAs hajmli batareya bilan jihozlangan.
*Galaxy S24 FE Samsung Exynos 2400e protsessori bilan jihozlangan. *Galaxy S23 FE smartfoniga nisbatan. *Galaxy S24 FE 1900 nit maksimal yorqinlik ko'rsatkichiga ega. Adaptiv ekran yorqinlikni muhitga qarab avtomatik tarzda moslaydi. 5000 lyuks va undan yuqori yorug'lik sharoitida HBM rejimi (yuqori yorqinlik) va Vision Booster texnologiyasi faollashadi. *Galaxy S23 FE smartfonining 2,44 mm ramkasiga nisbatan Galaxy S24 FE chap va o'ng tomondan ingichka 1,99 mm li ramkaga ega bo'lib, bu ekran maydonini yanada kengaytiradi. *Mustaqil labortoriya sharoitirda sinovdan o'tkazilgn odatiy ko'rsatkich. Odatiy ko'rsatkich — bu IEC 61960 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan batareya namunalari o'rtasidagi batareya hajmining o'gishini inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha ko'rsatkich. Galaxy S24 FE uchun nominal ko'rsatkich 4565 mAs ga teng. Batareyaning amalda ishlash vaqti tarmoq muhiti, foydalanish namunalari va boshqa omillarga bog‘liq holda farq qilishi mumkin.Galaxy S24 FE smartfoni Galaxy FE seriyasidagi eng kuchli kameralar bilan jihozlangan bo'lib, u ProVisual Engine texnologiyasi kabi suratni takomillashtiruvchi AI uskunalar yordamida har bir suratning sifatini oshirishga qodir. Night Portrait tungi portret olish rejimi bilan siz qorong'u sharoitda ham yorqin chiquvchi ajoyib tungi portretlarni suratga olishingiz mumkin. 3X optik zoom uzoqdagi istalgan detallarni aks eta oladi, 2x optik sifatli zoom esa tiniqlikni yanada oshiradi. Super HDR texnologiyasi bilan dunyoingizni rangga to'ldiring. Bir zumda sekinlashtirish yordamida video tezligini o'zgartiring yoki 10 Mp frontal kamerada selfi olib, uni Portrait Studio bilan yanada yaxshilang.
*Natijalar yorug'lik va/yoki suratga olish sharoitlari, jumladan, kadrda bir nechta obyektning mavjudligi, fokusdan tashqaridagi obyektlar va harakatdagi obyektlar kabilarga bog'liq. *Optik sifatli zoom funksiyasi Adaptiv Pixel sensori yordamida amalga oshiriladi hamda raqamli zoom ko'rsatkichlari orasidagi masofa uchun amal qiladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. *Ayrim ijtimoiy tarmoqlar Super HDR texnologiyasini qo'llab-quvvatlamaydi. *Rasm tahrirchisining Bir zumda sekinlashtirish funksiyasi Samsung Video Player va Samsung Gallery ilovalarida mavjud. Ayrim turdagi video fayllar qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. *Rasm tahrirchisining Portrait Studio funksiyasi uchun Internetga ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Portrait Studio yordamida tahrirlash surat hajmini 9 Mp gacha o'zgartiradi. Surat sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini ko'rsatish uchun unga suv belgisi tushiriladi. Natijalarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.Galaxy S24 FE kuchli AI funksiyalarini taqdim etadi: Aylana chizib qidirish va Brauzer yordamidan to Jonli Tarjima, Og'zaki tarjima va boshqalargacha. Aylana chizib qidirish sizga kerakli ma'lumotni bir zumda topishga yordam beradi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni tezda ko'rib chiqishni istaysizmi? Brauzer yordami tezda undan xulosa oladi va tarjima qiladi. Jonli tarjima funksiyasi muloqot uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Og'zaki tarjima funksiyasining bir zumdagi tarjimalari bilan dunyoni yangicha tarzda anglashga yordam beradi.
*Aylana chizib qidirish natijalari vizual moslikka bog'liq. Internetga ulanish talab etiladi. Android so'nggi versiyasini yuklab olish talab etilishi mumkin. Imkoniyatlar ilova va qurilmaning sozlamalariga bog'liq. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalarda qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. *Brauzer yordami bilan xulosa olish uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmat ayrim pullik veb saytlarda cheklangan bo'lishi yoki amal qilmasligi mumkin. Belgilar soni cheklangan. *Qo'ng'iroq xabarlarini qabul qilish uchun Jonli tarjima funksiyasiga tarmoqqa ulanish talab etiladi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Jonli tarjima funksiyasi faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasi hamda ayrim uchinchi tomon ilovalaridagina mavjud. *Suhbatni tarjima qilish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Xizmat va funksiyalar til, mamlakat, mintaqa va sotuvchiga bog'liq. Qo'llab-quvvatlanadigan tillar farq qilishi mumkin. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin.Galaxy S24 FE ko'k, grafit, kulrang, yalpiz rang va sariq ranglarda taqdim etilgan.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat/mintaqa va sotuvchiga bog'liq.Galaxy S24 FE — bu yangi Samsung Galaxy smartfoni bo'lib, u sizga ilg'or AI funksiyalari, kundalik vazifalaringiz uchun yuqori samaradorlik hamda Quick Share orqali tezkor ulashish va Samsung Knox yordamidagi yuqori himoya kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Eski smartfoningizdan Galaxy S24 FE smartfoniga o'tish juda oson va tez. Siz o'z ma'lumotlaringizni, sozlamalaringizni va fayllaringizni Samsung Smart Switch funksiyasi yordamida sanoqli daqiqalarda ko'chirib o'tishingiz mumkin.
Smart Switch va Quick Share haqida batafsil Samsung.com saytida tegishli funksiyalar sahifalarida bilib olishingiz mumkin.Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
3.1GHz, 2.9GHz, 2.6GHz, 1.95GHz
-
Ogʻirlik (g)
213
-
Protsessor tezligi
3.1GHz, 2.9GHz, 2.6GHz, 1.95GHz
-
Protsessor turi
Deca-Core
-
CPU nomi
Samsung Exynos 2400e
-
O'lchami (asosiy displey)
170.1 mm (6.7")
-
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2340 (FHD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
Dynamic AMOLED 2X
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Maksimal yangilanish tezligi (Asosiy displey)
120 Hz
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 12.0 MP + 8.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Ha
-
Orqa kamera - Kattalashtirish
3x optik zoom, 2x optik sifatli Zoom (qurilma sensoridagi adaptiv piksel yordamida), 30x gacha raqamli zoom
-
Old kamera - aniqligi
10.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.4
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Video yozib olishdagi aniqlik
UHD 8K (7680 x 4320)@30fps
-
Sekin harakat
240fps @FHD, 120fps @FHD, 120fps @UHD
-
Operativ xotira_(GB)
8
-
Xotira (GB)
128
-
Mavjud xotira (GB)
104.5
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF), O'rnatiladigan SIM karta
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + SIM 2 / SIM 1 + eSIM / Ikkitalik eSIM
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD, 5G Sub6 FDD, 5G Sub6 TDD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B13(700), B17(700), B18(800), B19(800), B20(800), B25(1900), B26(850), B28(700), B66(AWS-3)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
5G FDD Sub6
N1(2100), N2(1900), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N12(700), N20(800), N25(1900), N26(850), N28(700), N66(AWS-3)
-
5G TDD Sub6
N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 3.2 birinchi avlodi
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, NavIC, QZSS
-
Eshitish vositasi
USB Type-C
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac/ax 2.4GHz+5GHz+6GHz, HE160, MIMO, 1024-QAM
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
NFC
Ha
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Havorang
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Hall sensori, Yorug'lik sensori, Virtual yaqinlik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
162.0 x 77.3 x 8.0
-
Og'irlik (g)
213
-
Internetdan foydalanish vaqti (LTE) (soat)
maksimal 21
-
Internetdan foydalanish vaqti (Wi-Fi) (soat)
maksimal 21
-
Videoni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 28
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
4700
-
Olinadigan
Yo'q
-
Audioni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 81
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
UHD 8K (7680 x 4320)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA, DFF, DSF, APE
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Ring, Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds FE, Galaxy Fit3, Galaxy Fit2, Galaxy Fit e, Galaxy Fit, Galaxy Watch FE, Galaxy Watch Ultra, Galaxy Watch7, Galaxy Watch6, Galaxy Watch5, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Bluetooth® Eshitish vositasini qo'llab-quvvatlash
Eshitish apparati uchun Android Audio oqimi (ASHA)
-
SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Mobil TV
Yo'q
-
Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)
31-Okt-31 yil
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Tez-tez beriladigan savollar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy xotirasini qanday tozalash mumkin. Fayllarni xotira kartasiga qanday o‘tkazish mumkin.
- Samsung Galaxy dan modem yoki Wi-Fi ulanish nuqtasi sifatida qanday foydalanish
Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash
Samsung qurilmasi va xizmatlaridan eng yaxshi darajada foydalaning.
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar