Galaxy S23 | S23+

Yanada innovatsion, yanada aqlli

 

Tashqi ko'rinishni o'zingizga mos uslubda o'zgartiring. Tabiatdan ilhomlangan yangi ranglar silliqlangan metal ramada ifodalangan.1

 

Tunlaringiz yanada yorqin bo'lishi uchun

 

Galereyangizni barchaga xush keladigan ajoyib tungi tasvirlar bilan boyiting. Nightography takomillashtirilgan sun'iy intellekt texnologiyasi tafsilotlarni ravshan ifodalashi evaziga past yorug'lik sharoitidagi foto va video suratlar ham yorqin va boy ranglarga ega bo'ladi. 

 

Barcha tafsilotlar namoyon

 

50 MP Keng burchakli kamera yordamida har bir detalni tasvirga oling. Takomillashtirilgan tafsilotlar texnologiyasi hayratlanarli yuqori sifatdagi tasvirlar olich uchun sun'iy intellektdan foydalanib chuqurlik va aniqlikni oshiradi.

 

Yanada ko'proq qudrat mujassam

 

Galaxy uchun  Snapdragon® 8 Gen 2 mobil platformasi sizga yanada ravon mobil o'yinlar va video striming imkoniyatlarini beradi, kuchaytirilgan batareya zaryadi bilan esa unutilmas kunlaringizni yanada uzaytirishingiz mumkin.

Yanada uzluksiz o'yin jarayoniga tayyorlaning

 

Galaxy S23+ smartfonidagi 4700 mAs (odatiy qiymat) va Galaxy S23 smartfonidagi 3900 mAs (odatiy qiymat) yuqori chidamlilikka ega batareyalari bilan siz osonlik bilan o'yin bosqichlarini o'tishingiz, chalg'imasdan o'z tomoshalaringizni kuzatib borishingiz, Super Tezkor Zaryladlash bilan esa bir zumda qayta zaryadlashingiz mumkin.3

 

Shu'lalardan holi ekran

 

Ochiq havo sharoitida moslashuvchan ko'rinish texnologiyasi bilan optimal ranglar va yorug'likka ega bo'ling. 120 Gs yangilanish chastotasiga ega ekran skrollingni ravonlashtiradi, Eye Comfort Shield bo'lsa ko'zlaringizni qorong'u sharoitda foydalanganda ham charchashdan himoyalaydi.

Sizning didingizga mos Galaxy

 

One UI sizga tashqi ekrani va temalardan tortib to vidjet va bildirishnomalargacha tafsilotlatlarni boshqarish imkonini berib, sozlamalarni maksimal darajada osonlashtiradi. 

 

  • Tasvirni taqlid qilish. Mahsulotlar alohida sotiladi. Rang mamlakatga yoki tashuvchiga qarab farq qilishi mumkin. Tab S9 FE sun'iy intellekt xususiyatlarini qo'llab-quvvatlamaydi. Mavjud sun'iy intellekt xususiyatlari modelga qarab farq qilishi mumkin.
  • Sun'iy intellektning ba'zi xususiyatlaridan foydalanish Samsung hisob qaydnomasiga kirishni talab qiladi. Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat yoki kafolat bermaydi.
  1. Metal ramalarni anodlash bo'yoqlari 10% ga tabiiy bo'yoqdan tayyorlanadi. 
  2. Snapdragon – bu Qualcomm Technologies, Inc. va/yoki uning sho'ba korxonalarining mahsuloti hisoblanadi. Snapdragon Qualcomm Incorporated korxonasining savdo belgisi yoki ro'yxatdan o'tkazilgan savdo belgisidir.  
  3. Uchinchi tomon laboratoriyasida sinovdan o'tkazilgan odatiy qiymat. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan batareya namunalarida batareya hajmidagi og'ishni inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha qiymatdir. Galaxy S23 uchun nominal hajm 3785 mAs, Galaxy S23+ uchun 4565 mAs hamda Galaxy S23 Ultra uchun 4855 mAs ga teng. Haqiqiy ish vaqti tarmoq holati, foydalanish sharoiti va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. 

1. Smartfon | 2. USB kabel | 3. SIM karta o'rni uchun kalit
*To'plamda adapter mavjud emas