Asosiy xususiyatlar
Betakror tomosha tajribasi
Sizga betakror tomosha tajribasini taqdim etish uchun yaratilgan sho'ng'ish effektiga ega ajoyib ekranni kashf eting. Yangicha ishlangan sharnir siz yoqitrgan narsalarni mustahkam ushlash uchun yanada ingichka form faktor bilan sizning talabingizga mos tarzda egiladi.1
Multi Window rejimi. Ko'pvazifalilik uchun sizning yashirin qurolingiz.
Bir ekrandagi uchtagacha oyna bilan endi yanada ko'proq strimlar, xaridlar, internet foydalanishlari va o'yinlardan zavq oling. Ilovalarni almashtirsh juda oson, vazifalar panelida esa 12 tagacha ilovalar bir vaqtning o'zida ko'rsatiladi. Vazifalarni yanada samaraliroq bajarish uchun o'z uskunalaringiz qatoriga S Pen stilusini ham qo'shing.2
Tomoshadan zavq olishingiz uchun
Yuqori aniqlikdagi tomoshani ta'minlovchi 1750 nitgacha yorqin ekran bilan voqealar rivojiga sho'ng'ing. Galaxy uchun Snapdragon® 8 gen 2 mobil platformasining yangilangan apparat va dasturiy ta'minoti bilan g'alaba sari o'z yo'lingizni yarating.3
Har tomondagi mukammal kameralar
Takomillashtirilgan kameralar tizimi noyob ikki displeyli form faktor bilan birgalikda telefoningizni 30x Space Zoomga ega mobil studiyaga aylantiradi. Dual Preview va Expert RAW yordamida siz mutlaqo yangi darajadagi ijod erkinligida tasvirga olishingiz, qayta tasvirga olishingiz, masshtablashingiz va tahrirlashingiz mumkin.4
73 soatgacha tinglang, 21 soatgacha tomosha qiling
Ushbu ajoyib telefonsiz siz bir soniya ham qolishni istamaysiz. 4400 mAs (odatiy qiymat) hajmga ega kuchli batareya bilan buning ilojisi bor. Ilg'or protsessor bilan birgalikda u energiya sarfini sizning odatlaringiz va talablaringizga aqlli tarzda moslashtiradi, natijada bir marta zaryad olish bilan siz har doimgidan-da uzoqroq vaqt foydalanishingiz mumkin.5
Tashqi va ichki mustahkamlik va yuqori sifat
Ramkadagi zirhli alyuminiy korpusni zararlardan saqlaydi, ikkita yo'naltiruvchiga ega yangi sharnir esa yanada mustahkam va chidamli egilishni ta'minlaydi.6
- Tasvirni taqlid qilish. Mahsulotlar alohida sotiladi. Rang mamlakatga yoki tashuvchiga qarab farq qilishi mumkin. Tab S9 FE sun'iy intellekt xususiyatlarini qo'llab-quvvatlamaydi. Mavjud sun'iy intellekt xususiyatlari modelga qarab farq qilishi mumkin.
- Sun'iy intellektning ba'zi xususiyatlaridan foydalanish Samsung hisob qaydnomasiga kirishni talab qiladi. Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat yoki kafolat bermaydi.
- Diagonal bo'ylab o'lchanganda Galaxy Z Fold5 asosiy ekrani to'liq to'g'ri to'rtburchakda 7,6 dyuymga, aylanasimon burchaklarni inobatga olganda 7,4 dyuymga teng; aylanasimon burchaklar tufayli haqiqiy ko'rish maydoni kichikroq o'lchamga ega. Diagonal bo'ylab o'lchanganda Galaxy Z Fold5 tashqi ekrani to'liq to'g'ri to'rtburchakda 6,2 dyuymga, aylanasimon burchaklarni inobatga olganda 6,1 dyuymga teng; aylanasimon burchaklar hamda kamera o'rni tufayli haqiqiy ko'rish maydoni kichikroq o'lchamga ega.
- Ayrim ilovalar Multi Active Window hamda App Pair funksiyalarini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. Vazifalar paneli funksiyasi faqat asosiy ekranda qo'llab-quvvatlanadi. Galaxy Z Fold5 smartfoni uchun S Pen Fold Edition stilusi alohida sotiladi. Galaxy Z Fold uchun mo'ljallangan S Pen stilusidan foydalaning. Barcha boshqa S Pen yoki stiluslar ekranga zarar yetkazishi mumkin. Galaxy Z Fold5 smartfonida S Pen stilusi uchun oldindan o'rnatilgan slot mavjud emas. S Pen stilusi faqat asosiy ekranda qo'llab-quvvatlanadi.
- Galaxy Z Fold5 smartfonining Dynamic AMOLED 2X displeyi DCI-P3 rang gammasidagi 100% mobil rang uzatishni ta'minlovchi VDE Germany sertifikatini qo'lga kiritib, olingan tasvirlar xiralikdan xoli, turli yorug'lik darajasida ham yorqin ranglar ifodalanishi kafolatlanadi. Displey 1700 nit maksimal yorqinlikkacha chiqishi mumkin bo'lib, bunda tasvirning yuqori yorqinlikdagi sifati uchun raqamli tasvirning yorqin va qorong'u qismlari orasidagi kontrast oshiriladi, 3 000 000:1 kontrastlik koeffitsienti esa sizning mobil tajribangizni yanada hayratlanarli qilishga yordam beradi. Snapdragon - bu Qualcomm Technologies, Inc, va/yoki uning sho'ba korxonalari mahsuloti hisoblanadi. Snapdragon Qualcom Incorporated korxonasining savdo belgisi yoki ro'yxatdan o'tkazilgan savdo belgisi hisoblanadi.
- 30x Space Zoom funksiyasi 3x optik zoom va AI Super Resolution texnologiyasiga ega 30x raqamli zoomni o'z ichiga oladi. 3x martadan oshiq yaqinlashtirish tasvir sifatining biroz pasayishiga olib kelishi mumkin. Dual Preview funksiyasi odatiy kamera ilovasida One UI 2.1 va undan yangi versiyadagi qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi. Expert RAW ilovasidan foydalanishdan oldin uni Galaxy Store do'konidan bepul yuklab olish kerak. S23, S22 seriyalari, S21 Ultra, S20 Ultra, Note20 Ultra, Z Fold5, Z Fold4, Z Fold3 va Z Fold2 qurilmalarida qo'llab-quvvatlanadi.
- LTE odatiy sozlamalari bilan Bluetooth orqali quloqchinlarga bog'langan mazkur modelning boshlang'ich versiyasi bilan Samsung ichki laboratoriya sinvolariga asoslanadi. Batareya hajmi va video (qurilmada saqlangan 720p aniqlikka ega video fayli) hamda audio (o'chirilgan LED displey, qurilmada saqlangan 192 kbit/s sifatdagi mp3-fayli) ijro etish jarayonidagi batareya energiya sarfidan oshgan tok hisobi bo'yicha baholanadi. Haqiqiy video va audio ijro etish vaqti tarmoq holati, sozlamalar, fayl formati, ekran yorqinligi, batareya holati va boshqa ko'plab omillarga bog'liq. Uchinchi tomon laboratoriyasi sharoitida sinovdan o'tkazilgan odatiy qiymay. Odatiy qiymat - bu IEC 61960 standartiga mos ravishda sinovdan o'tkazilgan batareyalar namunalari o'rtasida batareya hajmi og'ishini inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha ko'rsatkich. Galaxy Z Fold5 uchun nominal hajm 4270 mAs ga hamda Galaxy Z Flip5 uchun 3591 mAs ga teng. Haqiqiy ish vaqti tarmoq holati, foydalanish sharoitlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
- Avvalgi Galaxy Z Fold modellari bilan taqqoslanganda.
Haqiqiy o'lchamlarni ko'rish
To'plam tarkibini ko'rish
1. Smartfon | 2. USB kabel | 3. SIM karta o'rni uchun kalit
*To'plamda adapter mavjud emas
Mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazish
Quick and easy product registration..
Receive up-to-date personalized services and tips.
Enter your Serial Number/IMEI
Scan the QR code on your products for easy registration.
* This feature can only be supported on Samsung Home Appliances and non-smart B2C monitors.
Enter your Serial Number/IMEI
Quick and easy product registration.
Product registration is almost complete!!
You've entered a valid S/N or IMEI. Now select the model of your product.
Tavsiya etilgan qidiruvlar
Galaxy Book3 Ultra
SM-G996BZKGEUA
Serial Number: R3CR508WNAH
The device you are currently using does not support the camera function.
Please try again with a different device.