SmartThings?
Bu juda oson!
Bir ilova yordamida barcha smart qurilmalaringizni birlashtiring hamda uyingizni boshqaring. Yuklab oling va ishga tushiring.
Qadamma-qadam boshlash
*Batafsil qo'llanmaga ega bo'lish uchun SmartThings ilovasini ochinga hamda quyidagi yo'lni tanlang: Menyu > Qanday foydalanish mumkin
Kundalik hayotingiz yanada aqlli
SmartThings bilan hayotingizni yaxshilang
Kundalik hayot tarzingizni senariylar bilan yuqori darajaga ko'taring
Uyingiz endi sizning band grafigingizga moslashishi mumkin. Tonglaringiz oson, tunlaringiz sokin o'tishi uchun SmartThings uyingizni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
SmartThings va Matter.
Har doimgidan-da osonroq
SmartThings bilan ishlaydigan
qurilmangizni toping
Qo'lingizdagi qurilmalar bilan yanada ko'proq vazifalarni aqlliroq bajaring. "SmartThings bilan ishlaydi" yoki "Matter" yorliqlarini topishingiz kifoya.
SmartThings bilan siz uddalaysiz
* SmartThings ilovasidan foydalanish uchun uni Galaxy Store, Play Store yoki App Store do'konidan yuklab oling. Ilova ishlashi uchun kamida 3 GB operativ xotiraga ega Android 10↑ OS yoki iOS 15↑kerak.
* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo'lishi va bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.
* Mavjudlik mamlakat, mintaqa, xizmat ko'rsatuvchi provayder, tarmoq muhiti yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin va oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
* Ekrandagi tasvirlar va kontent namuna maqsadida modellashtirilgan.
* Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
* SmartThings ilovasiga ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarning maksimal soni har bir joy uchun 200 tani tashkil qiladi. Biroq, ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklanishi mumkin. Har bir hisob qaydnomasi uchun eng ko'pi 10 ta joy, har bir joy uchun eng ko'pi 20 ta xonadanni ulash va joylashuvni ro'yxatdan o'tkazgan administrator foydalanuvchi har bir hisob qaydnomasi uchun eng ko'pi 20 ta ishtirokchini taklif qilishi mumkin.
1. SmartThings Energy xizmatining mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki qurilmaga qarab farq qiladi. Android va iOS qurilmalarida mavjud (Android OS 10↑, iOS 15↑). Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Energiya sarfini kuzatish uchun barcha qurilmalar SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.
2. Smart bo'lmagan qurilmalar uchun mos keladigan Smart Plug va Smart Home Hub qurilmalari talab etiladi. Smart Plug SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak. Smart Plug bilan energiya sarfini kuzatish SmartThings ilovasidagi qurilma yorlig'idagi "Smart Plug" mahsulot kartasida mavjud.
3. AI Energy rejimi xususiyati mamlakat, mintaqa yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. U barcha mos keluvchi smart qurilmalaringizni avtomatik ravishda yoki oylik elektr energiyasi to'lovi belgilangan maqsaddan oshib ketgan taqdirda energiyani tejash rejimiga o'tkazishi mumkin. (masalan, Sovutgich: kompressorning tezligi va ishlashini optimallashtirish va muzlatgichning belgilangan haroratini sozlash) SmartThings Energy rejimida ko'rsatilgan energiya sarfi va hisoblangan xarajatlar haqiqiy foydalanish ko'rsatkichlari va xarajatlaridan farq qilishi mumkin.
4. SmartThings Energy bo'limida ko'rsatilgan energiya sarfi va hisoblangan xarajatlar sizning haqiqiy iste'molingiz va narxlardan farq qilishi mumkin. AI Energy rejimidagi maqsadli sozlamalarga muvofiq energiyani boshqarish uchun foydalanish shartlariga qarab smart hisoblagichni alohida sotib olish kerak.
5. Havoni parvarish qilish jadvalidagi raqamlar har bir xonaning o'rtacha qiymatini ifodalaydi, bu qurilmada ko'rsatilgan raqamlardan farq qilishi mumkin.
6. SmartThings Pet Care xizmatining mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin va faqat Jet bot AI+ modelida qo'llab-quvvatlanadi. Android va iOS qurilmalarida mavjud (Android OS 10↑, iOS 15↑). Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Jet bot AI + old kamerasidan foydalanib, siz uy hayvoningizning holatini kuzatishingiz mumkin. U E2EE (End to End shifrlash) ni qo'llab-quvvatlaydi, shuning uchun video ishonchli shifrlangan va uni faqat vakolatli foydalanuvchi ko'rishi mumkin. Uy hayvoningizni tanib olish qobiliyati uy hayvonlari turiga va yashash sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Faqat itlarni tanib olish mumkin, kelajakda boshqa farqlash mumkin bo'lgan uy hayvonlari qo'shilishi mumkin.
7. Mos IP-kamera talab etiladi. Foydalanuvchilar avval IP kamera ishlab chiqaruvchining ilovasida sozlashlari, so'ngra uni SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazishlari talab etilishi mumkin. IP-kamera yordamida uy hayvonlarini boshqarish SmartThings ilovasidagi "Qurilma" bo'limidagi "IP Cam" mahsulot kartasida mavjud.
8. Galaxy SmartTag qurilmalari 120 m gacha bo'lgan Bluetooth diapazoniga ega. Haqiqiy ishlash foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin.
9. Hozirda Android 8.0 dan yuqori Galaxy smartfonlari va planshetlari, Wear OS yoki Tizen OS 5.5 va undan yuqori versiyalariga ega Galaxy Watch, Galaxy Buds+ va undan keyingi versiyalar, S Pen Pro va ayrim Galaxy Book modellari uchun mavjud. Boshqa qurilmalar kelajada qo'llab-quvvatlanadi.
10. SmartThings Find yordamida Galaxy Watch va Buds qulqochinlarini topish uchun siz Galaxy wearable dasturining so'nggi versiyasini o'rnatishingiz kerak.
11. Galaxy SmartTag kabi qurilmalaringizning joylashuvi sizning SmartThings joylashuvingizdagi boshqa foydalanuvchilar uchun faqat sizning roziligingiz asosida mavjud bo'ladi.
12. Uy kamerasi, suv oqishi sensori, tutun/yong'in detektori kerak. Xizmatning mavjudligi mamlakatga, mintaqaga yoki qurilmalarga qarab farq qilishi mumkin.
13. Faqat Galaxy qurilmalarida mavjud. Ushbu xususiyat uchun Philips Hue White va color ambiance chiroqlari, shuningdek Hue Bridge qurilmasi talab etiladi.
14. Musiqani sinxronlash xizmati uchun mavjud bo'lgan xususiyatlar mamlakatga va Philips Hue mahsulotlariga qarab farq qilishi mumkin.