Agar Samsung kir yuvish mashinasida tugma ishlamasa nima qilish kerak
Ushbu maqolada tugmalar bosilganda javob bermayotgan hollarda nima qilish kerakligini tushuntiramiz.
Mazmuni:
Mavzu bo‘yicha:
Aylanadigan o‘tkazgich yoki «Quvvat» tugmasidan tashqari barcha tugmalar ishlamayapti
Qanday qilib Bola himoyasi funksiyasi o‘rnatilganini tushunish mumkin:
- Mashinaning boshqa tugmalarini bosganingizda, ovozli signal eshitiladi (agar ovoz o‘chirilmagan bo‘lsa).
- Boshqaruv panelida blokirovka indikatori yonadi. Odatda blokirovka indikatori quyidagicha ko‘rinadi:
Aniq indikatorni o‘z modelingizga ko‘ra foydalanuvchi qo‘llanmasidan ko‘rishingiz mumkin. Qo‘llanmani qidirish uchun kir yuvish mashinasining zavod belgisidagi seriya raqamini aniqlang.
Bola himoyasi ikki tugmani bir vaqtning o‘zida bosish orqali o‘chiriladi. Aynan qaysi tugmalarni bosish kerakligini modelga bog‘liq. Bu quyidagi tugmalar bo‘lishi mumkin:
- Suvni siqish va Tanlov
- Harorat va Chayish
- «+» va «–»
Qanday tugmalarni birga bosish kerakligini foydalanuvchi qo‘llanmasidan bilib olishingiz mumkin.
Mavzu bo‘yicha:
«Quvvat» tugmasi ishlamayapti
Ehtimol, mashina elektr tarmog‘idan quvvat ololmayotgandir. Quyidagi shartlar bajarilganini tekshiring:
- Uyingizda elektr energiyasi bor, avtomat (avtomatik o‘chirgich) yoki UZO (Himoya o‘chirgich qurilmasi) ishlamagan;
- Mashina uzaytirgichlar yoki adapterlarsiz alohida rozetkaga ulangan;
- Quvvat simi va vilkasi zarar ko‘rmagan;
- Mashina ulangan rozetka ishlayapti. Aynan kir yuvish mashinasi ulangan rozetkani tekshirish kerak, yonidagi rozetkani emas.
«Start-Pauza» tugmasi ishlamayapti
Eslatma:
K-seriyasidagi mashinalarda (WW**K* modeli) kir yuvish jarayonini boshlash uchun «Start/Pauza» tugmasini bosib turish kerak.
Mashinani qayta ishga tushirishga harakat qiling:
- Agar tugma ishlayotgan bo‘lsa, muammo yo‘q, mashinadan foydalanish mumkin.
- Agar tugma ishlamayotgan bo‘lsa, Samsung servis markaziga murojaat qiling yoki ta’mirlash uchun ariza bering.
«Quvvat» tugmasidan tashqari boshqa tugma ishlamayapti
Mashinani qayta ishga tushirishga harakat qiling:
- Agar tugma ishlayotgan bo‘lsa, muammo yo‘q, mashinadan foydalanish mumkin.
- Agar tugma ishlamayotgan bo‘lsa, Samsung servis markaziga murojaat qiling yoki ta’mirlash uchun ariza bering.
Mashinaning tugmasi bosilgan holda qolgan va bosilmayapti
Bunday holatda Samsung servis markaziga murojaat qilish yoki ta’mirlash uchun ariza berish kerak.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.