Samsung kir yuvish mashinasida 3E, 3E1, 3E2, 3E3, 3E4, 3С, 3C1, 3C2, 3C3, 3C4, EA xatoliklari
Nima bo‘ldi
Kir yuvish mashinasi displeyida "3E", "3E1", "3E2", "3E3", "3E4", "3С", "3C1", "3C2", "3C3", "3C4" yoki "EA" xatolik xabari paydo bo‘ldi.
Nima uchun xatolik paydo bo‘ldi
Motor haddan tashqari yuklangan, begona buyum bilan bloklangan yoki buzilgan.
Nima qilish kerak
Kir yuvish mashinasining tarmoqqa ulanishini tekshiring, so‘ngra hech qanday kir kiyim va kir yuvish kukunini solmasdan har qanday rejimni ishga tushiring.
- Agar xatolik paydo bo‘lmasa, mashinadan foydalanishda davom eting, hammasi joyida.
- Agar xatolik yana paydo bo‘lsa, qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.