Samsung kir yuvish mashinasidagi H1, H2, HE, HE1, HE2, HC, HC1, HC2, E5, E6 xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 17.09.2024

Nima bo‘ldi

Agar 40°C yoki undan yuqori yuvish harorati tanlansa, xatolik paydo bo‘ladi. Agar pastroq harorat tanlansa, xatolik paydo bo‘lmaydi.

Kir yuvish mashinasining displeyida «H1», «H2», «HE», «HE1», «HE2», «HC», «HC1», «HC2», «E5» yoki «E6» xatolik xabarlari paydo bo‘ldi.

Eslatma:

Keltirilgan xatoliklarni «2H», «3H» yoki «4H» indikatorlari bilan adashtirmang — bu yuvishning tugash vaqtini bildiradi. Bu haqida batafsil ma'lumotni «Samsung kir yuvish mashinasidagi 2H, 3H yoki 4H xabari» maqolasidan o‘qing.

Samsung kir yuvish mashinasi displeyidagi H1, HE, HE1, HC, HC1, E5, E6 xatoliklari

Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari indikatorlari yonadi + pastki va yuqoridan ikkinchi harorat indikatorlari 

 Samsung kir yuvish mashinasidagi barcha yuvish rejimlari indikatorlari + pastki va yuqoridan ikkinchi harorat indikatori

yoki barcha yuvish rejimlari indikatorlari + ikki markaziy harorat indikatorlari yonadi.

Samsung kir yuvish mashinasidagi barcha yuvish rejimlari indikatorlari + ikki markaziy harorat indikatori

Nima uchun xatolik paydo bo‘ldi

Buning bir necha sabablari bo‘lishi mumkin:

  • Elektr tarmog‘ida beqaror kuchlanish;
  • Mashina  tarmoqqa noto‘g‘ri ulangan;
  • Yuvish isitgichi (ТЭН) ishlamayapti;
  • Quritish isitgichi (ТЭН) ishlamayapti.

Nima qilish kerak

1 Kir yuvish mashinasining elektr tarmog‘iga ulanishini tekshiring. Agar siz uzaytirgich yoki adapterdan foydalansangiz, kir yuvish mashinasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozetkaga ulang.
2 Mashinani yoqing va o‘sha yuvish rejimini ishga tushiring (kir va kir yuvish kukunsiz ham ishga tushurish mumkin).
  • Agar xatolik paydo bo‘lmasa — hammasi joyida. Kir yuvish mashinasidan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin. Ehtimol, xatolik elektr tarmog‘idagi beqaror kuchlanish sababli paydo bo‘lgan.
  • Agar xato yana paydo bo‘lsa, texnikani diagnostika qilish va ta'mirlash uchun vakolatli servis markaziga murojaat qiling.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!