Samsung kir yuvish mashinasidagi LE, LC, E9 xatoliklari
Nima bo‘ldi
Kir yuvish mashinasining displeyida «LE», «LC», yoki «E9» xatolik xabarlari paydo bo‘ldi.
Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari indikatorlari, pastki va yuqori harorat indikatorlati yonadi.
Nima uchun xato paydo bo‘ldi
Mashinaning ichidan suv o‘z-o‘zidan chiqib ketadi:
- drenaj shlangi pastda joylashgan,
- drenaj shlangi kanalizatsiyaga noto‘g‘ri ulangan,
- barabanda teshik yoki yoriq bor, shundan suv sizib chiqmoqda.
Nima qilish kerak
- Agar xato paydo bo‘lmasa — mashinadan foydalanishni davom ettiring, hammasi joyida (xatolik drenaj shlangini kanalizatsiyaga noto‘g‘ri ulash sababli yuzaga kelgan).
- Agar xato qayta paydo bo‘lsa, texnikani diagnostika qilish va ta'mirlash uchun vakolatli servis markaziga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.