Agar Samsung konditsioneringiz yoqilmasa nima qilish kerak
Nima sodir bo‘lmoqda
Konditsioner na masofadan boshqarish pulti, na korpusdagi tugma orqali yoqilmaydi.
Sababi
- Masofadan boshqarish pultidagi batareyalar tugagan.
- Konditsionerda ortiqcha yuklanishni oldini olish funksiyasi mavjud.
- Uyda elektr toki yo‘q yoki kuchlanish darajasi beqaror.
- Konditsionerning elektr shnuri yoki rozetkasi shikastlangan.
- Konditsioner nosoz.
Nima qilish kerak
Ushbu funksiya mavjud konditsionerlarda qayta yoqilishlar orasida 3 daqiqalik kechikish bo‘ladi. Ushbu funksiyaning bor-yo‘qligini foydalanuvchi qo‘llanmasidan tekshiring. Qo‘llanmani Yordam bo‘limida yuklab olish mumkin.
Konditsionerni qayta yoqishdan oldin 3 daqiqa yoki undan ko‘proq kuting.
Agar konditsioner ikki yoki uch tomonlama rozetkaga ulangan bo‘lsa, boshqa qurilmalarni undan o‘chiring.
- Agar konditsionerning tarmoq shnuri (vilka siniq, kabel yirtilgan) shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun servis markaziga murojaat qiling.
- Agar rozetka shikastlangan bo‘lsa, uni ta'mirlash uchun elektrikka murojaat qiling.
- Agar aniq shikastlanishlar bo‘lmasa, keyingi bosqichga o‘ting.
- Agar boshqa qurilma ishlamasa, rozetka nosoz va uni ta'mirlash uchun elektrikni chaqirish kerak.
- Agar boshqa qurilma ishlasa, keyingi bosqichga o‘ting.
- Agar konditsioner yoqilsa, u ishlamaydigan rozetkani tekshirish uchun elektrikni chaqiring.
- Agar konditsioner yoqilmasa, texnika ta'mirga muhtoj. Uni diagnostika qilish uchun servis markaziga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.