Samsung muzlatgichining eshiklari g‘ichirlasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 02.11.2024

Nima sodir bo‘moqda

Muzlatgich yoki muzlatkich kamerasining eshigi ochilganda yoki yopilganda g‘ichirlash yoki chiqirlagan ovoz chiqadi.

Eslatma:

Agar muzlatgich yangi bo‘lsa, eshikning muhrlash qismi yoki displey ulanish simi g‘ichirlashi mumkin. Bir necha vaqt o‘tib, qismlar “moslashadi” va g‘ichirlash yo‘qoladi. Bir hafta kutib turing — agar g‘ichirlash yo‘qolsa, demak muzlatgich bilan hammasi joyida.

Nima qilish kerak

1 Muhrda bukilish yoki boshqa shikastlanishlar yo‘qligini tekshiring.
2 Agar ovoz kuchayganini sezsangiz, eshik ilgaglariga WD40 moylash spreyini seping.
3 Agar yaqinda eshikni yechgan bo‘lsangiz, vintlar mahkamlanganligiga amin bo’ling.
4 Muzlatgichning tekis turishini tekshiring.

Muzlatgichning yuqori qopqog‘iga qurilish darajasini qo‘ying.

Agar muzlatgich noto‘g‘ri turgan bo‘lsa, uning holatini sozlang:

1) Muzlatgichning oldingi oyoqlarida balandlikni sozlagichni toping. Sozlagich — bu maxsus teshik bo‘lib, unga tekis tornavida kiritishingiz mumkin.

2) Kerakli sozlagichga tekis tornavidani kiritib, uni aylantiring. Soat mili bo‘ylab aylantirsangiz — muzlatgich balandlashadi, soat miliga qarshi aylantirsangiz — pasayadi.

3) Sozlashdan keyin muzlatgichning darajasini yana tekshiring.

5 Agar hech qanday tavsiyalar yordam bermasa, Samsung qo‘llab-quvvatlash xizmatigamurojaat qilishingizni tavsiya qilamiz..

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!