Samsung Galaxy’da kontaktlarni yo‘qotmaslik uchun qanday saqlash kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 10.09.2024

Smartfon yoki planshet egalarida paydo bo‘ladigan eng murakkab savollardan biri - qurilma o‘g‘irlanib ketsa, sinib qolsa yoki uni almashtirish zarur bo‘lsa, kontaktlarni qanday saqlab qolish mumkinligi.

Biz endi bu haqda o‘ylamaslik uchun kontaktlarni saqlashga yordam beradigan yo‘riqnomani tayyorladik. Ko‘rsatma Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun mos keladi.

Qanday qilib kontaktlarni Samsung Galaxy’da yo‘qotmaslik uchun saqlab qolish mumkin — surdo tarjimasi bilan video.

Google akkauntingizni registratsiya qiling yoki unga kiring

Agar hali Google akkauntingiz bo‘lmasa, uni ro‘yxatdan o‘tkazing. Agar akkaunt mavjud bo‘lsa, foydalanuvchi nomi va parolini bilsangiz, qurilmangizdagi akkauntga kiring.

Yangi kontaktlarni Google akkauntingizga saqlashni sozlang

Quyidagi sahifada Androidning turli versiyalari uchun ko‘rsatmalar berilgan.

1-qadam. Kontaktlar ilovasini oching. Telefon emas, aynan Kontaktlar.

2-qadam. Kontakt yaratish (+ belgisi) tugmasini bosing.

3-qadam. Kontaktning saqlanish joyi yuqorida ko‘rsatiladi. Unga bosing va Google akkauntingizni tanlang.

4-qadam. Ma’lumotlarni to‘ldiring va Saqlash tugmasini bosing.

Tayyor. Endi barcha yangi kontaktlar Google akkauntida saqlanadi.

1-qadam. Kontaktlar ilovasini oching. Telefon emas, aynan Kontaktlar.

2-qadam. Menyu (☰ belgisi) ni bosing

3-qadam. Kontaktlarni boshqarish bandini tanlang.

4-qadam. Saqlash joyi yoki Birlamchi xotira (Birlamchi xotira bo‘lishi mumkin) bandini tanlang.

5-qadam. Akkauntingizni tanlang

Tayyor. Endi barcha yangi kontaktlar Google akkauntida saqlanadi.

1-qadam. Kontaktlar ilovasini oching. Telefon emas, aynan Kontaktlar.

2-qadam. Opsiyalar (⋮ belgisi) tugmasini bosing.

3-qadam. Kontaktlarni boshqarish bandini tanlang.

4-qadam. Birlamchi Saqlash joyini tanlang.

5-qadam. Akkauntingizni tanlang.

Tayyor. Endi barcha yangi kontaktlar Google akkauntida saqlanadi.

1-qadam. Kontaktlar ilovasini oching. Telefon emas, aynan Kontaktlar.

2-qadam. Kontakt yaratish tugmasini bosing.

3-qadam. Akkauntingizni kontaktni saqlash joyi sifatida tanlang. Endi istalgan kontaktni yarating va uni saqlang.

Tayyor. Endi barcha yangi kontaktlar Google akkauntida saqlanadi.

Kontaktlar Google akkauntingizda saqlanganini tekshiring

1

Bu havolani kompyuterda oching: https://contacts.google.com/.

2 Akkauntingizning foydalanuvchi nomini kiriting va Davom etish tugmasini bosing.
3 Parolni kiriting va Davom etish tugmasini bosing.
4 Kontaktlar ro‘yxati ko‘rinadi. Shuningdek, kontaktlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterda yaratish va tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, mobil qurilmadagi barcha o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.

Kontaktlarni yangi Android smartfoniga qanday o‘tkazish mumkin

Yangi smartfonda shunchaki o‘z akkauntingizga kiring. Barcha kontaktlar avtomatik tarzda yuklanadi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!