Samsung Galaxy’da VoLTE aloqa xizmatidan qanday foydalanish kerak?

Oxirgi yangilanish sanasi : 06.11.2024

VoLTE bu nima?

VoLTE – bu yangi avlod aloqa texnologiyasi bo‘lib, u ovozni 4G (LTE) tarmog‘i orqali ma’lumot oqimiga aylantiradi. VoLTE qo‘ng‘iroqlarni yuqori tezlikdagi IP-kanali orqali qabul qiladi va uzatadi.

Ilgari, 4G tarmog‘ida ovozli qo‘ng‘iroq qilish uchun smartfon vaqtincha 2G/3G tarmog‘iga o‘tishi va keyin yana qaytib kelishi kerak edi.

VoLTE texnologiyasining ajralib turadigan xususiyatlari – bir vaqtning o‘zida 4G mobil internetidan va ovozli aloqadan foydalanish imkoniyati, tezkor qo‘ng‘iroq ulanishi (1,5 soniya) va ovozli aloqaning yaxshilangan sifati.

VoLTE ishlashi uchun qurilmangiz va aloqa operatoringiz ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Agar smartfoningiz va aloqa operatoringiz VoLTE funksiyasini qo‘llab-quvvatlasa, uni sozlamalarda yoqing.

Samsung Galaxy’da VoLTE qo‘ng‘iroqlarini yoqish yoki o‘chirish qanday amalga oshiriladi?

Parametrlar> Ulanishlar Parametrlar> Ulanishlar

1. Parametrlar menyusini oching va Ulanishlar bo‘limiga o‘ting.

Mobil tarmoqlar Mobil tarmoqlar

2. Mobil tarmoqlar-ni oching..

VoLTE qo‘ng‘iroqlari VoLTE qo‘ng‘iroqlari

3. Har bir SIM-karta uchun VoLTE qo‘ng‘iroqlari-ni yoqing yoki o‘chiring.

VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilayotganingizda xabarlar panelida (ekraning yuqori qismida) tegishli belgisi ko‘rsatiladi.

VoLTE

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!