Samsung Galaxy-da "Xizmat ko'rsatish rejimidan" qanday foydalanish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 09.08.2024

Samsung Galaxy-ni xizmat ko'rsatish markaziga topshirishdan oldin qurilmani "Xizmat ko'rsatish rejimi" qo'yishingizni tavsiya qilamiz.

"Xizmat ko'rsatish rejimi" — bu sizning qurilmadagi shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun mo'ljallangan maxsus rejim.

Xizmat ko'rsatish rejimida, diagnostika va ta'mirlashdan oldin, xizmat ko'rsatish markazining mutaxassisi qurilmada vaqtinchalik xizmat hisob (account) yaratadi. Ushbu hisob(account) bilan qurilma egasining shaxsiy ma'lumotlari va ilovalariga kirish imkoni bo'lmaydi.  Xizmat tugagandan so'ng, "Xizmat ko'rsatish rejimi" dan foydalanganda yaratilgan barcha xizmat hisobi (account) ma'lumotlari o'chiriladi.

Eslatma: 

Ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun qurilmani ta'mirlashga yuborishdan oldin har doim ma'lumotlarning zaxira nusxasini yaratishni tavsiya qilamiz.

Samsung Galaxy-da "Xizmat ko'rsatish rejimi" ta'mirlash vaqtida shaxsiy ma'lumotlaringizga, uchinchi shaxslarga kirishni cheklaydi. 

Qurilmangizda "Xizmat ko'rsatish rejimi" yoqilganda:

  • Rasmlar, videolar va boshqa fayllarni ko'rish mumkin emas;
  • Kontaktlaringiz va telefon qo'ng'iroqlaringiz ro'yxatini ko'rish mumkin emas;
  • Xabarlarga kirish imkoni yo'q;
  • Faqat oldindan o'rnatilgan ilovalar mavjud. Ushbu ilovalardagi har qanday hisoblarga (account) kirish uchun foydalanuvchi nomi va parolni kiritish kerak.

Eslatma:

Xizmat rejimiga o'tish uchun qurilmada etarli bo'sh xotira va ekran qulfi yoqilgan bo'lishi kerak:

  • Doimiy xotirasi 64 Gb va  undan kam bo'lgan qurilmalar uchun 1,5 Gb bo'sh joy bo'lishi kerak.
  • Doimiy xotirasi 128 Gb va undan katta bo'lgan qurilmalar uchun 500 Mb bo'sh joy bo'lishi kerak.

Agar bo'sh xotira kamroq bo'lsa, xizmat ko'rsatish rejimi ishga tushmaydi.

Samsung Galaxy-da "Xizmat ko'rsatish rejimi" ni yoqish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:

Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting. Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting.

1 Qadam. Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting.

Xizmat rejimini oching. Xizmat rejimini oching.

2 QadamXizmat rejimini oching.

Yoqish Tugmasini Bosing. Yoqish Tugmasini Bosing.

3 QadamYoqish Tugmasini Bosing.

Xizmat rejimiga o'tganingizda, sizga tizim jurnalini yaratish imkoniyati beriladi. Xizmat rejimiga o'tganingizda, sizga tizim jurnalini yaratish imkoniyati beriladi.

4 Qadam. Xizmat rejimiga o'tganingizda, sizga tizim jurnalini yaratish imkoniyati beriladi.

Unda yaqinda foydalangan ilovalar va qurilmangizni ta'mirlashga yordam beradigan tizim xatolari haqida ma'lumotlar bo'ladi.

Qayta ishga tushirish-ni bosing. Qayta ishga tushirish-ni bosing.

5 QadamQayta ishga tushirish-ni bosing.

Eslatma: 

Jurnal yaratishni o'chirmang. Jurnalda xato qayd etiladi va bu nosozlik sababini tezroq aniqlashga yordam beradi.

"Xizmat ko'rsatish rejimi" o'chirilganda nima bo'ladi:

  • Rejim yoqilgan paytda kiritilgan barcha o'zgarishlar bekor qilinadi;
  • Xizmat rejimidan foydalanish paytida amalga oshirilgan harakatlar to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanmaydi. Bu fayllarni yuklash, ilovalarni o'rnatish yoki sozlamalarni o'zgartirish uchun amal qiladi.

Samsung Galaxy-da "Xizmat ko'rsatish rejimi" o'chirish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:

Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting. Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting.

1 Qadam. Sozlamalarni oching va texnik xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting.

Xizmat rejimini oching. Xizmat rejimini oching.

2 QadamXizmat rejimini oching.

Chiqish Tugmasini Bosing. Chiqish Tugmasini Bosing.

3 QadamChiqish Tugmasini Bosing.

Qayta ishga tushirish-ni bosing. Qayta ishga tushirish-ni bosing.

5 QadamQayta ishga tushirish-ni bosing.

Eslatma:

"Xizmat ko'rsatish rejimi" dan chiqish uchun siz foydalanadigan shifrlash kodini (PIN-kod, barmoq izi, parol yoki naqsh) kiritishingiz kerak.

"Xizmat ko'rsatish rejimi" Android 13 (One UI 5.0) versiyasidan boshlab Samsung Galaxy smartfon va planshetlarida qo'llab-quvvatlanadi.

Eslatma:

Xizmat ko'rsatish rejimi barcha modellarda qo'llab-quvvatlanmaydi. Rejimning mavjudligi dasturiy ta'minotning modeli, mintaqasi va versiyasiga bog'liq.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!