Agar Samsung Galaxy’da sensorli ekran teginishlarni aniqlamasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 06.11.2024

Agar qurilmangizning sensorli ekrani bosmalarga javob bermasa yoki o'z-o'zidan bosilsa, quyidagi amallarni bajaring:

1 Qurilmani qayta yuklang.

Ko‘p miqdordagi ilovalar qurilmaning ishlashini sekinlashtiradi. Qayta yuklash barcha ilovalarni, shu jumladan fon rejimida ishlayotgan ilovalarni yopadi.

2 Ekran sezgirligini sozlang.

Agar ekranda himoya oynasi yoki plyonka o‘rnatilgan bo‘lsa, sezgirlik pasayishi mumkin. Uni oshirish uchun «Sozlamalar» > «Displey» menyusini oching va «Sezgirlik» opsiyasini yoqing.

Bu opsiya barcha modellarda qo‘llab-quvvatlanmaydi. Agar u sozlamalarda mavjud bo‘lmasa – keyingi amalga o‘ting.

3 Ekrandan himoya oynasi, plyonka, qopqoq yoki boshqa aksessuarlarni olib tashlang.

Oyna yoki plyonkaning qalinligi teginishga sezgirlikni kamaytiradi.

4 Telefon xotirasini tozalang.

Agar telefoningizda bo‘sh joy kam bo‘lsa, u qotib qoladi.

5 Qurilmani xavfsiz rejimda tekshiring.

Ehtimol, telefonning ishlashiga qandaydir yuklab olingan fon dasturi ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.

6 Ma’lumotlarni to‘liq tiklashni amalga oshiring.

Sozlamalarni tiklash qurilmangizdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.

Sozlamalarni tiklashdan oldin barcha muhim ma’lumotlaringizning zaxira nusxasini yaratishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

Agar yuqoridagi ko‘rsatmalar muammoni hal qilmasa – Samsung servis markaziga murojaat qiling.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!