Agar Samsung Galaxy’da SMS yuborilmasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 06.11.2024

Ushbu maqolada siz SMS-xabar yuborishda xato paydo bo‘lsa yoki xabar yuborilmasa, nima qilish kerakligini bilib olasiz.

SMS istalgan raqamga yuborilmasa, nima qilish kerak

1 Qurilmani qayta ishga tushiring.

Smartfonni o‘chirib, yana yoqing. Buning uchun ovozni pasaytirish va quvvat tugmalarini bir vaqtda 15 soniya davomida bosing.

SMS yuborishga harakat qiling. Agar SMS yuborilmasa, keyingi bosqichga o‘ting.

2 SIM-karta balansini tekshiring.

Balansda mablag‘ yetarli emas yoki SMS-paket tugagan bo‘lishi mumkin. Balansni tekshirish uchun «Telefon» ilovasida tegishli kodni tering.

Balansni tekshirish kodi mobil operatoringizdan aniqlanishi mumkin.

  • Agar balansda pul yetmasa, hisobingizni to‘ldiring va SMS yuborishga urinib ko‘ring.
  • Agar balansda mablag‘ bo‘lsa yoki SMS baribir yuborilmasa, keyingi maslahatga o‘ting.
3 SMS-markazi raqamini tekshiring.

SMS-markaz — bu SMS-xabarlarni yuborish uchun foydalaniladigan operatorning maxsus raqami. Bu raqam SIM-kartaning xotirasida saqlanadi va smartfon sozlamalari orqali kiritiladi. Agar raqam noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, SMS yuborilmaydi va xato paydo bo‘ladi.

Qurilmangizda to‘g‘ri SMS-markazi raqami kiritilganligiga amin bo’ling. Uni bilish uchun: «Xabarlar» ilovasini oching > Parametrlar tugmasini bosing > Sozlamalar > Qo‘shimcha > SMS > SMS-markazi-ni tanlang.

Agar raqam to‘g‘ri kiritilgan yoki bu yordam bermagan bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.

4 Smartfon/planshetingizni boshqa operatorning SIM-kartasi bilan tekshiring.

Qurilmangizga boshqa operatorning SIM-kartasini o‘rnatib, SMS yuborishga urinib ko‘ring. SIM-kartani do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringizdan olishingiz mumkin, tekshirish 5 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

Sizning SIM-kartangizni boshqa telefonga qo‘yish foydasiz. Aynan sizning smartfoningizga boshqa SIM-kartani qo‘yish kerak.

  • Agar boshqa operatorning SIM-kartasi bilan SMS yuborilsa, unda operatoringizda muammo bor yoki SIM-karta buzilgan. Bu holda operatoringizga murojaat qiling.
  • Agar SMS baribir yuborilmasa, keyingi maslahatlarga o‘ting.
5 «Xabarlar» ilovasining ma’lumotlarini tozalang.

«Xabarlar» ilovasining ma’lumotlarini tozalash uchun: Sozlamalar menyusini oching > Ilovalar bandini tanlang > ro‘yxatdagi «Xabarlar» ilovasini tanlang > Xotira bandini tanlang > Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing. Qabul qilingan xabarlarning matnlari o'chiriladi.

Agar raqam to‘g‘ri kiritilgan yoki bu yordam bermagan bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.

6 Qurilmani xavfsiz rejimda tekshiring.

Yuklangan ilovalar qurilmaning ishlashiga ta’sir qilishi, jumladan, SMS yuborishni bloklashi mumkin. Yuklangan ilovalar SMS yuborishga ta’sir qilayotganini tekshirish uchun qurilmani xavfsiz rejimda yuklang. Bu rejimda barcha yuklangan ilovalar o‘chiriladi (ishlamaydi).

SMS yuborishga harakat qiling. Agar xavfsiz rejimda SMS yuborilsa, qurilmani qayta ishga tushiring. Keyin yuklangan ilovalarni birma-bir o‘chiring, SMS yuborilguncha davom eting. Yaqinda o‘rnatilgan ilovalardan boshlagan ma’qul.

Agar xavfsiz rejimda SMS yuborilmasa, keyingi maslahatlarga o‘ting.

7 Uchinchi tomon ilovalarini o‘chiring.

Qurilmaning administratorlaridagi ilovalar ro‘yxatini tekshiring. Buning uchun: Sozlamalar menyusini oching > Ilovalar > Parametrlar > Maxsus huquqlarni boshqarish > Qurilma administratorlari. Ro‘yxatdagi ilovalarni o‘chiring.

8 Qurilmani zavod sozlamalariga qaytaring.

Sozlamalarni tiklash smartfoningizni zavod holatiga qaytaradi, barcha ma’lumotlar va o‘rnatilgan ilovalar qurilmadan o‘chiriladi. Sozlamalarni tiklash, smartfon dasturiy xatolarini istisno qilish uchun kerak.

Sozlamalarni tiklashdan oldin barcha muhim ma’lumotlarni zaxiralashni tavsiya qilamiz.

9 Xizmat markaziga murojaat qiling.

Agar yuqoridagi qadamlar yordam bermagan bo‘lsa, servis markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.


SMS qisqa raqamlarga yuborilmasa, nima qilish kerak

Qisqa raqamlarga xabar yuborish sozlamalarini tekshiring.

Sozlamalar menyusini oching > Ilovalar > Parametrlar > Maxsus huquqlarni boshqarish > Premium SMS xizmatlari. Ro‘yxatdagi «Xabarlar» ilovasini tanlang — agar «Hech qachon ruxsat bermaslik» deb belgilangan bo‘lsa, uni «Har doim so‘rash» yoki «Har doim ruxsat berish» ga o‘zgartiring.

Bitta aniq raqamga SMS yuborilmasa, nima qilish kerak

Raqam qanday yozilganligini tekshiring. Balki, noto‘g‘ri yozilgandir, masalan, «plyus» belgisiz.

«Kimga» qismiga raqamni xalqaro formatda operator kodi bilan qo‘lda yozib ko‘ring.

Faqat uzun SMS-xabarlar yuborilmasa, nima qilish kerak

Agar faqat uzun xabarlar yuborilmasa (bir nechtadan ortiq), ehtimol, xabar MMS formatiga o‘tayotgan bo‘lishi mumkin, lekin foydalanuvchi bu xizmatni yoqmagan yoki sozlamalar noto‘g‘ri.

Yozish ekranining o‘ng tomonida belgilanayotgan belgilar soni raqam bilan ko‘rsatilayotganligini tekshiring. Agar raqamlar o‘rniga kilobayt qiymati ko‘rsatilsa, demak, siz 5 ta xabardan ko‘proq hajmdagi matnni yozgansiz. Bu holatda SMS MMS ga o‘tadi, u esa sozlamalar yoki xizmat yoqilmaganligi sababli yuborilmasligi mumkin.

sms va mms

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!