Galaxy Z Flip qurilmasida Bluetooth yoki Wi-Fi beqaror ishlayotgan bo‘lsa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 10.09.2024

Oddiy smartfonlardan farqli o‘laroq, Galaxy Z Flip bukiladigan tuzilishga ega. Samsungning yangi bukiladigan shakli qurilmani kaftlar bilan to‘liq yopib, qo‘lda ushlab turish imkonini beradi. Bu Bluetooth, Wi-Fi va boshqa tarmoqlarning radio to‘lqinlari o‘tishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Galaxy Z Flip qurilmangizda Bluetooth yoki Wi-Fi beqaror ishlayotgan bo‘lsa nima qilish kerakligi haqida surdotarjima bilan taqdim etilgan video.

Eng ko‘p uchraydigan sabablar

Qurilmaning antenna joylashgan tomoniga (u qopqoq ekrani bilan bir tarafda) metalli stikerlarni yopishtirmang.

Metall materiallardan tayyorlangan g‘iloflardan foydalanmang.

Antenna bilan qo‘llarning bevosita aloqasini oldini olish uchun qurilmani komplektga kiruvchi g‘ilof bilan birga ishlating.

Ulanish va tarmoq sozlamalarini tekshirish

1-qadam. Sozlamalar ilovasini ishga tushiring.

2-qadam. Ulanishlar bo‘limiga kiring.

3-qadam. Bluetooth tugmasini yoqilgan holatga o‘tkazing.

Agar ulanish muammolari bartaraf etilmasa, qurilmangiz tarmoq parametrlarini tiklash uchun quyidagi amallarni bajaring.

1-qadam. Sozlamalar ilovasini ishga tushiring va Umumiy sozlamalar bo‘limiga o‘ting.

2-qadam. Tiklash menyusini tanlang.

3-qadam. Tarmoq parametrlarini tiklash bandini oching.

4-qadam. Sozlamalarni tiklash tugmasini bosing.

Eslatma:

Tarmoq parametrlarini qayta o‘rnatish paytida qurilmada saqlangan tarmoq ulanishlari haqidagi ma’lumotlar (Wi-Fi tarmoqlarining nomlari, parollar, ulangan tashqi qurilmalarning nomlari) o‘chirib yuboriladi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!