Agar Samsung televizori Wi-Fi tarmog'ini yo'qotsa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 26.09.2024

Ushbu maqolada siz Samsung televizorida Wi-Fi tarmog'iga ulanish tez-tez yo'qolsa (uzilib qolsa) nima qilish kerakligini bilib olasiz.

Samsung televizorida Wi-Fi ishlamayapti
1 Routerni televizorga yaqinroq joylashtiring.

Televizor shovqin yoki uskunaning Wi-Fi tomonidagi zaif signal tufayli signalni yo'qotishi mumkin. Routerni televizoringizdan 5 metrdan uzoq bo'lmagan masofada joylashtiring.

Router
2 Routerni qayta tiklashni amalga oshiring.
Routerni rozetkadan taxminan 1 daqiqa uzib, uni qayta tiklashga harakat qiling. Keyin uning uchun dasturiy ta'minot yangilanishini tekshiring. Agar yangilanish mavjud bo'lsa, uni o'rnatganingizga ishonch hosil qiling.
3 Routerni sozlash bo'yicha tavsiyalarni tekshiring.Routerning administrator panelida quyidagi sozlamalarni o'zingiz ko'rsatishga harakat qiling yoki yordam uchun provayderingizga murojaat qilishingiz mumkin.
Проверьте рекомендации по настройкам роутера

Kanalni o'zgartiring

2.4 GHz uchun

WI-FI 6 kanali tavsiya etiladi

5 GHz uchun

WI-FI 44 tavsiya etiladi

Shifrlash turi

WPA2-PSK

Shifrlash kaliti

AES

IP-manzillarni tarqatish

DHCP

Agar router sozlamalarini tavsiya etilganlarga o'zgartirgandan so'ng, televizor hali ham Wi-Fi-ni yo'qotsa, keyingi bosqichga o'ting.

4 Routerning mobil kirish nuqtasi bilan ishlashini tekshiring.
Telefoningizdan internetni tarqatishga harakat qiling.
  • Agar sizda Samsung Galaxy bo'lsa, internetni qanday tarqatish bo'yicha batafsil ko'rsatmalarni Samsung Galaxy dan modem yoki Wi-Fi ulanish nuqtasi sifatida qanday foydalanish kerak
  • Agar sizda iPhone bo'lsa, quyidagi menyuga o'ting Sozlamalar > Modem rejimi > Boshqalarga ruxsat berish.  
  • iPhone 12 yoki undan keyingi qurilmalar, iPad Pro 11 dyuym (3-avlod yoki undan keyingi), iPad Pro 12,9 dyuym (5-avlod yoki undan keyingi) yoki iPad mini (6-avlod) uchun "Maksimal moslik" funksiyasini yoqing. Keyin modem rejimida qurilmalarni, qurilmaga qayta ulab ko'ring.

Agar mobil Internet orqali ulanish barqaror bo'lsa, unda televizor bilan hammasi joyida.  Keyingi bosqichga o'ting.

5 Televizordagi DNS-server manzilini o'zgartiring.
DNS ni 8.8.8.8 yoki 208.67.222.222 ga o'zgartiring.
7 Televizoringizdagi sozlamalarni qayta tiklang.
Televizorning dasturiy ta'minotidagi nosozlikni oldini olish uchun zavod sozlamalarini qayta tiklashni tavsiya etamiz.

Agar yuqoridagi qadamlar yordam bermasa, televizorni tashxislash va ta'mirlash uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!