Koʻrish

Koʻrish

Smartfon/Planshet

TalkBack
Ekran diktori funksiyasi koʻrish qobiliyati yomonlashgan foydalanuvchilar qulayligi uchun yaratilgan. Ekrandagi maʼlumotlarni tushunish uchun u foydalanuvchilarni ovozli qayta aloqa bilan taʼminlaydi. Ekranga qaramay qurilmadan foydalaning.
  • * Qanday ishga tushirish mumkin: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > TalkBack
  • * Mavjud Ovozli yordamchi hamda Google ning TalkBack imkoniyatlari yangi ekrandan o'qish xususiyatiga birlashtirilgan. Yangi TalkBack xususiyati har bir ekrandan o'qish xususiyatining kuchli jihatlari hamda o'ziga xosligini o'zida mujassam etadi. O'zingiz sinab ko'ring. Ovozli yordamchining xususiyatlari hamda Google ning TalkBack xususiyatlari yana taqdim etiladi (One UI 3.0 va yuqori versiyalar uchun)
Batafsil
Displey rejimi
Displey rejimida siz ekrandagi kontrastlikni oshirishingiz yoki kontentni kattaroq qilib ko'rsatishingiz mumkin. Yuqori kontrastli shriftlar, yuqori kontrastli klaviatura va Ekranni kattalashtirish kabi har bir Maxsus imkoniyatlar xususiyatini alohida yoqishning hojati yo'q. Siz darhol o'zingizga mos rejimni tanlashingiz mumkin.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Displey rejimi
  • * Ushbu xususiyat One UI 4.0 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Yuqori kontrastli mavzu
O'qishni osonlashtirish va yaxshi ko'rinish uchun qorong'u fonda och rangli kontentga ega temalardan foydalaning. Bu ko'z charchoqlarini kamaytirishga yordam berib, ayniqsa telefoningizni qorong'u muhitda yoki uzoq vaqt davomida ishlatishda foydali hisoblanadi. Galaxy temalarida turli xil yuqori kontrastli temalar mavjud.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Yuqori kontrastlikka ega temalar

Yuqori kontrastli shriftlar
Fon tasviri va matn o'rtasidagi kontrastlikni oshirish uchun shriftlarning rangi va tashqi chiziqlarini moslashtiring.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Yuqori kontrastli shriftlar

Yuqori kontrastli klaviatura
Yuqori kontrastli klaviatura variantlarining xilma-xilligi Samsung klaviaturasi hajmini oshiradi hamda matn va fon o'rtasidagi kontrastni oshirish uchun tugmalar rangini o'zgartiradi.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Yuqori kontrastli klaviatura

Tugmalarni belgilash
Tugmalarni ranglar yordamida bezatib ularni ajratib ko'rsating

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Tugmalarni yoritish

Ranglar inversiyasi
Ekran yaxshi ko'rinishi uchun ranglarni teskari tusga o'zgartiring

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Rang Inversiyasi

Ranglarni to'girlash
Agar siz ranglarni ajratishda qiyinchiliklarga uchrasangiz, biz buni siz uchun to'g'irlab beramiz. Ranglarni tanlash imkoniyati bilan, sizning telefoningiz qayta sozlanib ranglarni ajratishga yordam beradi.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Ranglarni to'girlash
  • * Ushbu xususiyat model xususiyatlariga qarab amal qilmasligi mumkin.
Rang filtri
Ayrim foydalanuvchilar uchun oq ekranda o'qish noqulayliklar tug'dirishi mumkin va natijada ular xabarlar yoki maqolalarni o'qiganda qiyinchilikka uchraydilar. Agarda sizda shu kabi muammolar bo'lsa, rang filtrini qo'shish xususiyati yordam beradi. Ekran rangini o'zgartirish o'qish tezligi nva qulayligini oshirishi ko'rsatilmoqda.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Rang Filtri
  • * Ushbu xususiyat model xususiyatlariga qarab amal qilmasligi mumkin.
Animatsiyani oʻchirish
Sahifalarni almashtirish va boshqa ayrim funksiyalarda paydo boʻladigan ekran effektlarini olib tashlang. Ekranda animatsiya yoki harakatlanishlarga sezuvchan boʻlsangiz, bu koʻz charchashini kamaytiradi.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Animatsiyalarni o'chirish

Shaffoflik va xiralashishni kamaytirish
Dialog hamda menyularda shaffoflik va xiralikni kamaytirib, ularni ko'rishni ravshanlashtiring
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Shaffoflik va xiralikni kamaytirish
  • * Ushbu xususiyat One UI 4.0 va yuqori versiyalardan boshlab amal qiladi.
Qoʻshimcha qorongʻilashish
Agarda ekraningiz eng past yorug'lik sozlamalarida ham siz uchun juda yorqin bo'lsa, qorong'uda qulay o'qish uchun Qo'shimcha xiralik funksiyasini ishga tushiring.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Qo'shimcha xiralik
  • * Ushbu xususiyat One UI 4.0 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
  • * Ushbu xususiyat model xususiyatlariga qarab amal qilmasligi mumkin.
Kattalashtirish
Butun ekranni yoki tanlangan qismini kattalashtirishingiz mumkin. Kattalashtirish funksiyalariga tezkor kiring. Butun ekran yoki uning bir qismini kattalashtirish rejimlari orasida oson almashing.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash >Kattalashtirish

Lupa vidjeti
Lupa vidjeti atrofingizdagi obyektlarni osongina kattalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u matn va tasvirlarni aniqroq ko'rish uchun rang filtrlari, yorqinlik va kontrastni boshqarishni o'z ichiga oladi. Vidjet menyusidan lupa vidjetini asosiy ekranga qo'shishingiz mumkin.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash >Lupa

Kursor o'lchami va rangi
Siz ekrandagi bosish maydoni yoki sichqoncha kursori o'lchami va rangini o'zingizga moslab o'rnatishingiz mumkin.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Kursor o'lchami va rangi

Shrift o‘lchami va uslubi
Matnni osonroq va qulayroq oʻqish uchun shrift oʻlchami va uslubini oʻzgartirishingiz mumkin.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Shrift o'lchami va uslubi

Ekran masshtabi
Ekran masshtabini oʻzgartiring. Bu funksiya ekrandagi barcha elementlar oʻlchamini rostlaydi.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Ekranni zoom ko'rsatkichi

Harakatlarni bajarish uchun vaqt
Harakatlarni bajarishni talab qiladigan, masalan, qalqib chiquvchi bildirishnomalar yoki tovush balandligi regulyatori xabarlarining koʻrsatilish vaqtini sozlang. Bu muhim narsalarni oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Qo'shimcha sozlamalar > Harakat qilish vaqti

Terilgan matnni tinglash
Matn kiriting va uni Samsung klaviaturasi yordamida tinglang. Tinglashni istagan narsalaringiz, masalan, belgilar, soʻzlar yoki boshqalar va boshqani tanlang.

* Ishga tushirish: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ovozli yordamchi  > Klaviatura kiritilishini ovozli talaffuzi

Audio tavsif
'Audio tavsif' bo'lgan videoni tomosha qilganingizda 'Audio tavsif' ni avtomatik ravishda eshitishni sozlashingiz mumkin.

* Ishga tushirish: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ovozli yordamchi  > Audio tavsif

Maxsus imkoniyatlar “Bixby kameralari”
Bixby Vision ko'rgan narsalarining og'zaki tasvirini berib, tashqi olamni anglashingizga yordam beradi.
  • * Qanday murojaat qilish kerak : Sozlamalar > mavjudlik > Vision rivojlantirishlari > mavjudlik uchun Bixby Vision
  • * Scene tasvirlangan rejimi hozirda ingliz (AQSh), frantsuz, nemis, italyan, koreys, Mandarin Xitoy, portugal, rus va ispan (Ispaniya) tillarini qo'llab-quvvatlaydi.
  • * Ob'ekt identifikatori rejimi tarjima xususiyati qo'llab-quvvatlanadigan tillarda bir xil bo'ladi 17 tillarni, qo'llab-quvvatlaydi.
Ovozli teg yozuvi
Bir xil shakldagi obyektlarga NFC teglar biriktirish orqali ularni tanib oling. Ovozli yozuvlar qiling va ularni NFC teglariga biriktiring. Telefonni NFC tegga yaqinlashtirsangiz, ovozli yozuv ijro qilinadi.

* Ishga tushirish: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ovozli yordamchi  > Ovozli yorliq

Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalari
Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalar sizga maxsus imkoniyatlarning xususiyatlaridan tezroq va osonroq foydalanish imkoniyatini beradi.
  • Maxsus imkoniyatlar tugmasi/harakatidan foydalaning
  • Tezda Yon va Tovushni oshirish tugmalarini bosing
  • Tovushni oshirish va tugmalarini bosib turing

* Ishga tushirish: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Qo'shimcha sozlamalar > Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalari

Tavsiya etilgan
Qanday qulaylik xususiyatlari yoqilganligini tekshirishingiz hamda siz uchun mos xususiyatlar haqida tavsiyalar olishingiz mumkin.

* Qayerdan topish mumkin: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Tavsiyalar

Maxsus imkoniyatlar sozlamalarini qayta o'rnatish
Maxsus imkoniyatlar sozlamalarini qayta o'rnatishni barcha sozlamalarni o'zgartirmasdan turib amalga oshirish mumkin

Ishga tushirish: Sozlamalar > Asosiy boshqaruv > Qayta o'rnatish > Maxsus imkoniyatlar sozlamalarini qayta o'rnatish

Soat

TalkBack
Ekran diktori funksiyasi koʻrish qobiliyati yomonlashgan foydalanuvchilar qulayligi uchun yaratilgan. Ekrandagi maʼlumotlarni tushunish uchun u foydalanuvchilarni ovozli qayta aloqa bilan taʼminlaydi. Ekranga qaramay qurilmadan foydalaning.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > TalkBack
Yuqori kontrastli shriftlar
Fon tasviri va matn o'rtasidagi kontrastlikni oshirish uchun shriftlarning rangi va tashqi chiziqlarini moslashtiring.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Yuqori kontrastlikdagi shriftlar
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Ranglarni to'girlash
Agar siz ranglarni ajratishda qiyinchiliklarga uchrasangiz, biz buni siz uchun to'g'irlab beramiz. Ranglarni tanlash imkoniyati bilan, sizning telefoningiz qayta sozlanib ranglarni ajratishga yordam beradi.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Ranglarni to'girlash
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Rang inversiyasi
Ekran yaxshi ko'rinishi uchun ranglarni teskari tusga o'zgartiring

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Rang Inversiyasi

Rang filtri
Ayrim foydalanuvchilar uchun oq ekranda o'qish noqulayliklar tug'dirishi mumkin va natijada ular xabarlar yoki maqolalarni o'qiganda qiyinchilikka uchraydilar. Agarda sizda shu kabi muammolar bo'lsa, rang filtrini qo'shish xususiyati yordam beradi. Ekran rangini o'zgartirish o'qish tezligi nva qulayligini oshirishi ko'rsatilmoqda.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Rang Filtri

Animatsiyani oʻchirish
Sahifalarni almashtirish va boshqa ayrim funksiyalarda paydo boʻladigan ekran effektlarini olib tashlang. Ekranda animatsiya yoki harakatlanishlarga sezuvchan boʻlsangiz, bu koʻz charchashini kamaytiradi.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Animatsiyalarni o'chirish
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Shaffoflik va xiralashishni kamaytirish
Dialog hamda menyularda shaffoflik va xiralikni kamaytirib, ularni ko'rishni ravshanlashtiring
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Shaffoflik va xiralikni kamaytirish
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Kattalashtirish
Masshtabni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun ekranni barmog‘ingiz bilan uch marta teging.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Kattalashtirish

Qalin shrift
Soat ekranidan matnni oʻqish oson va qulayroq boʻlishi uchun shriftni qalin qilishingiz kerak.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Qalin shrift
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Shrift oʻlchami
Matnning tushunarli bo'lishi va soatingizda ko'rinishini oshirish uchun shriftning o'lchamlarini kattalashtirishingiz mumkin.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Ko'rinishni yaxshilash > Shrift o'lchami

Tebranadigan soat
Aniq vaqtni vibratsiya bilan bilib oling. Soat ekranini ikki barmoq bilan bosish soatni ko'rsatadi, ikki barmoq bilan ikki marta urish esa daqiqalarni ko'rsatib beradi.

* Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Qo'shimcha sozlamalar > Soat vibratsiyasi

Harakatlarni bajarish uchun vaqt
Harakatlarni bajarishni talab qiladigan, masalan, qalqib chiquvchi bildirishnomalar yoki tovush balandligi regulyatori xabarlarining koʻrsatilish vaqtini sozlang. Bu muhim narsalarni oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi.
  • * Ishga tushirish : Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Qo'shimcha sozlamalar > Harakat qilish vaqti
  • * Ushbu xususiyat One UI Watch 4.5 va yuqori versiyalarda amal qiladi.
Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalari
Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalar sizga maxsus imkoniyatlarning xususiyatlaridan tezroq va osonroq foydalanish imkoniyatini beradi.
  • Ikkita barnoq bilan uch marta bosing
  • Bosh oyna tugmasini ikki marta bosing

* Ishga tushirish: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > Qo'shimcha sozlamalar > Maxsus imkoniyatlarning qisqa tugmalari

Televizor

Ovozli yordamchi
Ovozli yordamchi smart televizor ekranidagi elementlarni ovoz chiqarib oʻqiydi. U koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past foydalanuvchilarga televizorning asosiy funksiyalari va intellektual xizmatlari, masalan, internet va ovozli qayta aloqa qidiruvidan foydalanishga yordam beradi. Ovozli yordamchi yordamida kanal haqida maʼlumot va tovush balandligi, hozirgi va keyingi translyatsiyalar va teledasturlar haqida bilib olishingiz mumkin.
  • Tovush balandligi/tezligi/ohangi sozlamasi
  • Ovozli yordamchidan foydalanishda televizorning fon tovush balandligini rostlang
  • * Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Ovozli yordamchi
  • * Qanday sozlanadi: Maxsus imkoniyatlar > Ovozli yordamchi tugmalarini koʻrsatish uchun tovush balandligi tugmasini ushlab turing
Ovozli izoh
Ovozli izoh – koʻplab AQSH teledasturlari taqdim etadigan koʻzi ojizlar va koʻrish qobiliyati past foydalanuvchilar uchun xizmat turi. Qoʻshimcha ovozli izohlar bilan ovozli ijro ekranda nima boʻlayotganini tushunishga yordam beradi. Hikoyani aytib berish, personajlar hissiyotlari, imo-ishoralari, kiyimlari va boshqa tafsilotlar yordamida filmdan bahra oling.
  • * Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Ovozli izoh
  • * Ovozli izoh faqat tomosha qilinayotgan translyatsiyada dastaklansa, mavjud boʻladi.
Grafik masshtablash
Agar yaxshi koʻra olmasangiz, tasvir va matn kattalashishi uchun ekranni kattalashtirishingiz mumkin. Ekran yoki uning alohida sohasini 200% gacha kattalashtirishingiz mumkin.
  • Masshtablash darajasi sozlamasi
  • Kattalashtirish uchun ekran sohasini tanlash

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Grafik masshtablash

Yuqori kontrastlik
Qorongʻi fondagi yorqin matn daltonizm kasaliga duchor boʻlgan yoki koʻrish qobiliyati past odamlarga ekrandagi matnni aniqroq koʻrishiga yordam beradi. Koʻrish darajasini yaxshilash va koʻzga yuklamani kamaytirish uchun ekran foni rangini qoraga, matn rangini esa oq yoki sariqqa almashtirishingiz mumkin. Bundan tashqari televizor menyusi ekrani avtomatik shaffof boʻlmaydi, matnni koʻrishni esa yanada osonlashtiradi.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Yuqori kontrastlik

“Kattalashtirish” funksiyasi
Koʻrish qobiliyati past odamlar uchun funksiya menyu yoki matn oʻlchamini kattalashtirib beradi. Kattalashtirilgan matn va xizmatlarning batafsil boʻlimlari, masalan, kanal haqida maʼlumot, Smart Hub, sozlamalar, qalqib chiquvchi oyna va boshqalarni koʻrib chiqing.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > “Kattalashtirish” funksiyasi

Kulrang shkalasi
Agar ranglarni tanib olishingiz qiyin boʻlsa yoki koʻzlaringiz charchasa, kulrang shkalasi yordamida ekran rangini oq-qoraga almashtiring. Xira chegaralarni aniqlashtirish va koʻzga yuklamani kamaytirish uchun oq-qora rejimidan foydalaning.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Kulrang shkalasi

Ranglar inversiyasi
Agar rangga sezuvchan boʻlsangiz yoki koʻrish qobiliyatingiz yomon boʻlsa, fonni qora, matnni esa oq qilishingiz mumkin. Ranglar inversiyasi vizual qabul qilishni yaxshilashi, porlashni kamaytirishi va koʻzga yuklamani kamaytirishi mumkin.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Ranglar inversiyasi

SeeColors ilovasi
Samsung QLED televizorlarida mavjud SeeColors ilovasi koʻrish qobiliyati buzilgan odamlarga oʻz ehtiyojlariga koʻra ekran rangini rostlashga yordam beradi. Daltonizm mavjudligi va darjasiga va qoʻyilgan tashxis asosida ekranni koʻzingiz taniy oladigan ranglar spektriga qoʻyishingiz mumkin.
  • * Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Ilova > Hayot tarzi > SeeColors yoki Uy > Menyu > Ilova > Qidirish > “SeeColors” jumlasini tering
  • * Apps (Samsung smart televizorlari uchun ilovalar doʻkoni) ilovasida SeeColors ilovasini yuklab olishingiz mumkin.
Masofadan boshqarish pulti tugmalarini oʻrganish
Funksiya koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past foydalanuvchilarga masofadan boshqarish pulti tugmasi joylashuvi va tugmalar tayinlanishini tez oʻrganishga imkon beradi. Tugmani bosing va televizor qanday funksiyani bajarayotganini aytadi.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Masofadan boshqarish pulti tugmalarini oʻrganish

Ekran menyusini oʻrganish
Funksiya koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past foydalanuvchilarga televizorning turli funksiyalarini oʻrganishga imkon beradi. U masofadan boshqarish pulti, maxsus imkoniyatlar menyusi, ovozli yordamchi, teledasturlar va boshqa koʻplab narsalardan foydalanish boʻyicha elektron ovozli yoʻriqnomalar taqdim etadi.

* Qanday sozlanadi: Bosing: Uy > Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Asosiy sozlamalar va maxfiylik > Maxsus imkoniyatlar > Ekran menyusini oʻrganish

Oshxona va maishiy texnika

Maishiy texnika va xizmatlar uchun SmartThings TalkBack
Maishiy jihozlaringizni SmartThings Talkback yordamida boshqaring. Bu ekranni oʻqish vositasi koʻrish qobiliyati kuchsiz odamlarga yordam beradi. Talkback ovozli qayta aloqa bilan taʼminlaydi va ajratib koʻrsatilgan elementlarni oʻqiydi. Ekranga tegib elementni ajratish mumkin. Koʻrish qobiliyati past odamlar amaliy foydasini tasdiqlagan.
  • Ekrandagi matnni tinglang
  • Ajratilgan element bilan boshqaring
  • Boshqa elementni ajrating
  • Roʻyxat boʻyicha tepaga yoki pastga aylantirish
  • Ekranning birinchi yoki oxirgi elementiga ajratish maydonini joylash
  • * Mobil qurilmada qanday sozlanadi: Sozlamalar > Maxsus imkoniyatlar > TalkBack
  • * Google TalkBack bilan ovozli yordamchi funksiyalari SmartThings ilovasi orqali One UI 3.0 interfeysiga ega qurilmalarga taqdim etiladi.

Kir yuvish mashinasi/quritkich

Brayl shriftli stikerlar
Koʻrish qobiliyati past foydalanuvchilar muammosiz topishi uchun asosiy tugmalarga Brayl shrifti bilan teginish nuqtalari qoʻyilgan. Brayl shriftli stikerlar soʻrovga qarab bepul taqdim etiladi va Samsungqurilmalari uchun juda ham mos keladi.

* Hozirda Brayl shriftli stikerlar 2019-yildan buyon ishlab chiqarilgan kir yuvish va quritish mashinalari uchun soʻrova asosan taqdim etiladi.

Koʻrinish darajasi yaxshilangan boshqaruv paneli
Yorqin LCD displeyi sababli kir yuvish va quritish mashinasini qorongʻilikda ham foydalaning. Teglar va indikatorlarning oʻrniga qorongʻilikda ham ajoyib koʻrinishni taʼminlaydigan matni kattalashtirilgan LCD boshqaruv paneli keldi.

* Mazkur funksiya LCD displeyli kir yuvish va quritish mashinalari modellariga tegishli boʻladi.

Maxsus ovozli imkoniyatlarga ega interfeys
Tovush va ohangiga qarab kir yuvish va quritish mashinalari funksiyalarini ajratib olishingiz mumkin. Kir yuvish yoki quritish mashinasining tugmasini bursangiz, oddiy siklni tanlashda signal eshitiladi. Kir yuvish mashinasidagi suv haroratini oshirsangiz, signal kuchliroq chalinadi.

Sovitkich

Maxsus ovozli imkoniyatlarga ega interfeys
Ohangga qarab sovitkichdagi haroratni farqlashingiz mumkin. Haroratini oshirsangiz, signal kuchliroq chalinadi.
Matnni nutqqa aylantirish
Family Hub sovitkichi Smart Recipe va Atelier (Art Collection) ilovalarida matnni nutqqa aylantirish funksiyasini taqdim qiladi. Oʻqish imkoniyati boʻlmaganda sevimli retseptlaringiz va ijodiy asaringizning ovozli izohini tinglang. Bu funksiya yordamida eshitish qobiliyati buzilgan foydalanuvchilar kontent izohini tinglashi mumkin.

* Family Hub sovitkichlarida Smart Recipe va Atelier ilovalarida ishlaydi. Hozirda Atelier ilovasi Koreya, AQSH, Lotin Amerikasi va Karib koʻrfazi davlatlarida ishlaydi.

Idish yuvish mashinasi/
Induksiyali pishirish yuzasi

Maxsus ovozli imkoniyatlarga ega interfeys
Tovush va ohangiga qarab idish yuvish mashinasi va induksiyali pishirish yuzasi funksiyalarini farqlashingiz mumkin. Idish yuvish mashinasi ish rejimini oʻrnatsangiz, chetki chap tomondagi rejimni tanlasangiz, signal chalinadi. Induksiyali pishirish yuzasi quvvati darajasini oshirsangiz, signal balandroq chalinadi.

Maxsus imkoniyatlar boʻyicha Yordam xizmati

Maxsus imkoniyatlardan samaraliroq foydalanishingiz uchun yordam beramiz