Iqlim o‘zgarishi, hech bo‘lmaganda qisman qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishning ko‘payishi va global isish natijasida yuzaga keldi, bu butun dunyoga ta’sir qiladigan jiddiy muammodir. Samsung Electronics inqiroz yuz berayotganini tan oldi va shuning uchun ko‘p jabhalarda harakatlarni davom ettiradi. Bularga yuqori darajada energiya tejaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, minimal issiqxona gazlari chiqadigan uskunalarni o‘rnatish va yangi hamda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish kiradi.
Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash
Iqlim o'zgarishi global darajadagi muammo hisoblanib, uni faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar evaziga bartaraf etish mumkin. Biz mazkur muammoning hal etilishiga o'z hissamizni qo'shish maqsadida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish uchun qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanmoqdamiz hamda yuqori energiya samaradorligiga ega mahsulotlar ishlab chiqmoqdamiz.
Harakatlar rejamiz
Ish joylarida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish
- - Yarim o‘tkazgich ishlab chiqarish jarayoni uchun F-gaz chiqindilarini kamaytirish vositalarini ishlatish
- - Energiyani tejaydigan loyihalarni boshqarish va energiya samaradorligini oshirish
Ish joylarida energiya boshqaruvini kengaytirish
- - Barcha ish joylarida energiyani boshqarish tizimlarini o‘rnatish va sertifikatlashni saqlash
Mahsulotlardan foydalanish bosqichida issiqxona gazini kamaytirish
- - Yuqori darajada energiya tejaydigan mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish
Issiqxona gazlarining boshqa chiqindilarini boshqarish
- Mahsulot logistikasida, ish safarlarida va boshqalarda issiqxona gazlari chiqindilarini boshqarish va hok.
Ta’minotchilarni
qo‘llab-quvvatlash
- - Ta’minotchilarning issiqxona gazlari chiqindilarini monitoring qilish
- - CDP ta’minot zanjiriga qo‘shilishni ta’minlash va taʼminotchilarni qo‘llab-quvvatlash
Baholash va javob berish jarayoni
-
01
Iqlim o‘zgarishi hodisalari va muammolarini aniqlash
-
02
Ta’sirlarni, xatarlarni va imkoniyat omillarini tahlil qilish
-
03
Javob berish strategiyasini o‘rnatish
-
04
Loyihalarni amalga oshirish va monitoring qilish
-
05
Natijalarni tahlil qilish va maqsad bilan tekshirish
Xavf va imkoniyatlarni tahlil qilish mezonlari:Manfaatdor tomonning qiziqishi / Tarmoq tendensiyasi / Biznesga ta’sir / Ichki imkoniyat / Vujudga kelish ehtimoli
Iqlim o‘zgarishi xavfi va imkoniyat omillari
o'tishdagi risk va imkoniyatlar
kelajakda Issiqxona gazlarini chiqarish ruxsatnomalari narxining oshishi hamda chiqindilarni tashlash qoidalarining murakkablashishi natijasida xarajatlarning ortishi. *Faoliyat natijalari bo'yicha yillik xisobotni ko'ring. Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish choralari evaziga ruxsatnomalar olishni kamaytirish. Tashqi hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalar doirasida ruxsatnomalar olish evaziga narxning ta'sirlilik darajasini kamaytirish.
kelajakda Yuqori energiya samaradorligiga ega qurilmalar, issiqxona gaz chiqindilarini kamaytiruvchi hamda suv resurslaridan qayta foydalanish imkonini yaratuvchi tizimlarga investitsiyalar hajmini oshirish. Chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan ilg'or texnologiyalar tadqiqoti hamda ishlanmalariga investitsiyalar hajmini oshirish. Tashkilotlarda elektr energiyasi sarfiga xarajatlar hamda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish. Energiya sarfini boshqarish tizimlari kabi ishbilarmonlik faoliyatlari uchun imkoniyatlar yaratish.
kelajakda Mahsulotlarning ekologik xavfsizligi hamda yuqori energiya samaradorligini tasdiqlovchi sertifikatlar olishga xarajatlarni oshirish. Past energiya samaradorligiga ega mahsulotlar sotuvini kamaytirish. Yuqori energiya samaradorligiga ega ekologik xavfsiz mahsulotlar tadqiqotlari hamda ishlanmalariga xarajatlarni oshirish. Yuqori energiya samaradorligiga ega ekologik xavfsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish. Savdolarni hamda brend taniqlilik darajasini oshirish.
kelajakda Elektr energiyaga qisqa muddatli xarajatlarning oshishi natijasida ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi. Mijozlar orasida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga bo'lgan talabning oshishi natijasida B2B (biznesdan biznesga) xotuvlar hajmining pasayishi. Qayta tiklanuvchi manbalarni tanlash va qayta tiklanadigan energiya loyihalarida ishtirok etish orqali energiya xarajatlarini kamaytirish.
va imkoniyatlar
kelajakda Tabiiy ofatlarning oldini olish maqsadida favqulotda holatlardagi harakatlarni belgilab beruvchi hamda xavfsizlikni ta'minlovchi, atrof-muhitni himoyalovchi tizimlarni o'rnatishga investitsion xarajatlarning oshishi. Tabiiy ofat natijasidagi qo'ldan boy berilgan imkoniyatlar hamda faoliyat tiklanishi uchun xarajatlarning oshishi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish tizimlariga investitsiyalar kiritish evaziga sug'urta xarajatlarining kamayishi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish hamda xavfsizlikni ta'minlash Milliy tarmog'iga asos solinishi kabi ishbilarmonlik faoliyatlari uchun yangi imkoniyatlar.
kelajakda Sovutish, isitish va xokazo qurilmalarning o'rnatilishi natijasida tashkilotlarda ekspluatatsion xarajatlarning oshishi. Havo ifloslanishining oldini olishga yo'naltirilgan qurilmalar o'rnatilishigas investitsiyalarning oshishi. Yuqori energiya samaradorligiga ega konditsioner, havo tozalash qurilmalari hamda quritish mashinalari ishlab chiqarish hajmining oshishi natijasida savdolar hajmining oshishi.
Global ish joyidagi IoT dasturining misoli
Samsung Electronics o'z oldiga issiqxona gazlari chiqindilari hajmi hamda ishlab chiqarishda elektr energiyasi sarfini kamaytirish maqsadlarini qo'ymoqda.
Har bir tashkilot yillik issiqxona gazlari hajmi bashoratlarini xisoblab chiqadi hamda ishlab chiqarish jarayoni uchun moslashtirilgan, chiqindilarni kamaytirish bo'icha rejalarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
2018 yilda biz qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish ko'lamini oshirish haqidagi rejalaarimiz haqida e'lon qildik. Shu davrdan boshlab biz qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tish rejasini ishlab chiqish hamda uni qadamma-qadam amalga oshirish uchun, biz dunyoning turli mintaqalaridagi turli strategiya va infratuzilmalarni o'rganib chiqdik.
Mahsulotdan foydalanish bosqichida issiqxona gaz chiqindilarini kamaytirish
Ekologik kengash tarkibi atrof-muhit himoyasi bo'yicha mutaxassislar hamda Samsung Electronics bo'limlari bosqichidagi maslahat guruhlaridan tashkil topgan. Ularning vazifalari energiya samardorligini oshiruvchi texnologiyalar rivoji hamda ekologik nazorat holatini kuzatib borish, hamda yangi mahsulotdan foydalanishdagi issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish maqsadida, uning energiya samaradorligini oshirish bo'yicha strategiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishda yetkazib beruvchilarimizni qo‘llab-quvvatlash
Biz asosiy hamkorlarimizga ko'proq qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishlariga hamda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishlarigaga ko'maklashamiz. 2019 yildan buyon Samsung Electronics CDP Supply Chain loyihasida ishtirok etadi hamda shartnomalar hajmi 80% dan oshgan hamkorlari uchun issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish bo'yicha reja ko'rsatkichlarini belgilashni taklif etadi. Biz asosiy yetkazib beruvchilarimizga iqlim o'zgarishi bo'yicha CDP anketalarini to'ldirishni o'rgatamiz hamda ularning issiqxona gaz chiqindilari hajmini va reja bo'yicha kamaytirish ko'rsatkichlarini kuzatib boramiz. Bundan tashqari biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini yo'lga qo'yishni kengaytirish bo'yicha ma'lumotlar bilan ulashamiz hamda Qayta tiklanadigan energiya Kengashi doirasida hamkorlikni yo'lga qo'yich imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
O'z oldiga issiqxona gaz chiqindilarini kamaytirish rejasini qo'ygan yetkazib beruvchilarga mukofotlar taklif etiladi. Kelajakda yanada ko'proq yetkazib beruvchilar o'z harakatlarini issiqxona gaz chiqindilarini kamaytirishga yo'naltirishlari uchun, bizga hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda har tomonlama ko'maklashish ustuvor vazifadir.