Ekologik mas'uliyatli faoliyat

Ekologik mas'uliyatli faoliyat

Mahsulot hayotiylik davrining barcha bosqichlarni inobatga olamiz hamda atrof-muhitga ta'sirni kamaytiramiz

Mahsulot hayotiylik davrining barcha bosqichlarni inobatga olamiz hamda atrof-muhitga ta'sirni kamaytiramiz

Ishlanmalardan, xaridlar, ishlab chiqarish, taqsimlash, foydalanish va utilizatsiya qilish kabi mahsulot hayotiylik davrining barcha bosqichlarida atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish uchun qiymat yaratish zanjirining har bir pog'onasida ekologik g'oyalarni amalga oshiramiz.

Ekologik boshqaruv tizimi hamda ekologik sertifikatlash

Samsung Electronics energiya iste'molini boshqarish va ekologik boshqaruv tizimlarining xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi. 2021 yilga qadar bizning barcha tashkilotlarimiz ISO 14001 (ekologik boshqaruv tizimlari) va ISO 50001 (energiya iste'molini boshqarish tizimlari) sertifikatlarini qabul qildi.

Bizning mahsulotlarimiz EPEAT (AQSH), Green Technology, Eco-Label (Koreya) va boshqalar kabi mahsulotning ekologik xususiyatlarini baholovchi dasturlar doirasidagi sertifikatlashdan o'tadi.

Mahsulotning ekologik xususiyatlarining baholanishi

Samsung Electronics mahsulotlarning hayotiylik davrining ekologik baholashni o'z tizimi asosida amalga oshiradi. Bizning tizimimiz ishonchga sazovor bo'lishi uchun, biz Eco-Label (Koreya), EPEAT ¹⁾, ENERGY STAR va AHAM ²⁾ (AQSH) kabi tashkilotlarning barqaror rivojlanish standartlari hamda sertifikatlash tamoyillarini qabul qildik. Shu bilan birga mahsulotlarimizning ishlab chiqarish, foydalanish hamda utilizatsiya qilish bosqichlarida atrof-muhitga ta'sirini aniqlash uchun biz asosiy mahsulotlarimizning hayotiylik davrini atrof-muhitga ta'sirining 10 ta turi bo'yicha baholaymiz. Xususan, biz har bir bosqichda global isish darajasiga ta'sirni o'rganib, minimal darajadagi issiqxona gazlari chiqindili mahsulotlar ishlab chiqarish ustida ish olib boramiz.

  • ¹⁾ EPEAT: Elektron qurilmalarning atrof-muhitga ta'sirini baholash dasturi
  • ²⁾ AHAM: Maishiy Texnika Ishlab Chiqaruvchilar Assotsatsiyasi
  • ³⁾ Atrof-muhitga ta'sir turlari: abiotik resurslarning kamayishi, global isish, kislotalash, evtrofikatsiya, ozon qatlamining yo'q qilinishi, fotokimyoviy oksidlanish, odamlarning toksikligi, chuchuk suv ekotizimlari uchun ekotoksiklik, dengiz ekotizimlari uchun ekotoksiklik, quruqlik ekotizimlari uchun ekotoksiklik.

Biz qanday qilib mahsulotlar tarkibidagi xavfli kimyoviy moddalar hajmini nazorat qilamiz.

Biz xavfli moddalardan foydalanishni kamaytirishda davom etamiz

"Atrof-muhit xavfsizligi bo'yicha murosaga yo'l qo'ymaslik" tamoyiliga amal qilgan Samsung Electronics ekologik toza moddalardan foydalanishni diqqat bilan nazorat qiladi.

Фотография обращения с экологически небезопасным веществом Фотография обращения с экологически небезопасным веществом

Ekologik xavfli moddalar nazorati tarixi

    Biz yetkazib berish zanjirini yaqindan boshqarish uchun Eco-Partner (Eco-Partner) sertifikatlash tizimi
    tizimini joriy qilmoqdamiz

    Samsung Electronics ta'minotchilarni ekohamkorlarni sertifikatlash yordamida baholaydi hamda buning natijasida mahsulotlar hamda komponentlarda atrof-muhitga zararli moddalarning yo'qligini ta'minlaydi. Ta'minotchilar o'z mahsulotlaridagi zararli moddalar haqida ekologik xisobot hamda o'z xomashyo ta'minotchilaridan ma'lumotlarni ta'minlab berishlari talabn etiladi. Shundan so'ng Samsung Electronics kompaniyasi ta'minotchilarining ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish orqali izchil baholaydi. Ta'minotchilar har ikki yilda ekohamkor statusini tasdiqlaydilar. Tekshiruvlardan o'tmagan hamkorlar ta'minotlar zanjiridan chiqariladi. Bu yo'l bilan biz o'z hamkorlarimizni ekologik boshqaruvni yo'lga qo'yish harakatlarimizda ishtirok etishga jalb qilamiz. Ta'minotlar zanjirining barqaror boshqaruvini ta'minlash uchun ta'minotchilarimizni muntazam tekshirib hamda baholab boramiz.

    Eco-partner sertifikatlashtirish jarayoni

    • 01

      Xomashyo ta'minotchilari

      • 1. Yuqori aniqlikdagi tahlil ma'lumotlari
      • 2. Xomashyo tarkibining jadvali (material xavfsizligining pasporti)
    • 02

      Komponentlar ta'minotchilari

      • 1. Mahsulotning ekologik tozaligi haqidagi kafolat xati
      • 2. Yuqori aniqlikdagi tahlil ma'lumotlari
      • 3. Xomashyo tarkibining jadvali
      • 4. Tasdiqlash uchun detallar namunalari
    • 03

      Samsung Electronics

      • 1. Taqdim etilgan hujjatlar hamda namunalarni tekshirish
      • 2. Ekologik boshqaruv tizimini baholash
    • 04

      Eko hamkorlarni sertifikatlash

    Sog'liqni saqlash va gigiena bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilish uchun Eko-Life Lab laboratoriyasining ochilishi

    Iste'molchilarning o'sib borayotgan talablariga mos kelish maqsadida Samsung Electronics tadqiqotlarni amalga oshirib yoqimsiz hid hamda mikroblarni aniqlash va yo'q qilish faoliyatiga sarmoya kiritmoqda.
    2007 yildan buyon mahsulotlardan chiqadigan uchuvchi organik birlashmalarni o'ziga olgan RoHS (YI) qo'llanmasida keltirilgan 6 ta foydalanilishi taqiqlangan zararli moddalarni o'rganish uchun 2004 yilda ekologik tadqiqotlar Laboratoriyasiga asos solindi. 2020 yilda ekologik tadqiqotlar laboratoriyasi Eco-Life Lab nomini oldi hamda hidlarni tekshirish uchun noyob kameralar hamda komponentlarning tahlili uchun yuqori aniqlikdagi qurilmalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, elektron qurilmalar ishlab chiqarish sohasida hozirgacha o'rganilmagan soha — bakteriologik tadqiqotlarni olib borish uchun mikrobiologiya sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qildik.
    Laboratoriyada harorat va iqlim tekshiruvlari uchun kameralar hamda tadqiqot qurilmalari kabi yangi infratuzilma yordamida mikroblar o'rganiladi.
    Eco-Life Labda moddalarni analiz qilish tizimiga ega hamda uning tajribasi va ishonchliligi Koreya laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tizimi (KOLAS) va TÜV Rheinland Xalqaro Sertifikatlash organi tomonidan rasmiy tarzda tasdiqlangan.

    Eco-Life Lab rivojlanish tarixi.

    2004 yildan

    • 2004 yil ~
      Foydalanilishi taqiqlangan zararli
      moddalarning yuqori aniqlikdagi analizi (qo'rg'oshin, kadmiy, simob,
      olti valentli xrom, PBB, PBDE, ftalat va boshqalar)
    • 2007 yil ~
      Yoqimsiz hid tarqatuvchi komponentlarning yuqori aniqlikdagi
      analizi (stirol, ksilol va boshqalar)
    • 2020 yil ~
      Antibiotiklar, zamburug'ga va
      viruslarga qarshi vositalar
      samaradorligining analizi
      (oshqozon tayoqsimon bakteriyasi, tillarang stafilokok va boshqalar)
    • 2020 yil ~

      Bakteriologik tadqiqotlar laboratoriyasiga asos solinishi

      Antibiotiklar, zamburug'ga (2020 y.)
      va viruslarga (2022 y.)
      qarshi vositalar samaradorligining analizi

    • 2019 yil

      Yoqimsiz hid tarqatuvchi komponentlarning yuqori aniqlikdagi analizi

    • 2007 yil

      Uchuvchan organik birlashmalarning yuqori aniqlikdagi tahlili

    • 2006 yil

      Laboratoriyaga zararli moddalarning yuqori
      aniqlikdagi tahlili malakasining taqdim etilishi

      KOLAS sertifikati
      Antipirenlarning yuqori aniqlikdagi tahlili

    • 2005 yil

      UL rasmiy tadqiqotlar
      maydonining sertifikatlanishi

      UL sertifikati
      RoHS qo'llanmasi tomonidan cheklangan
      moddalarning yuqori aniqlikdagi tahlili

    • 2004 yil

      Ekologik tadqiqotlar Laboratoriyasiga
      asos solinishi

    Kimyoviy moddalardan xavfsiz foydalanish borasidagi qat'iy standartlardan foydalanamiz

    Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Samsung Electronics xariddan boshlab utilizatsiyagacha bo'lgan kimyoviiy moddalar ishtirokidagi barcha jarayonlarni tizimli boshqaradi. Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi xodimlarga, ekspertlar guruhi tomonidan foydalanishga yaroqliligi baholangan hamda tasdiqlangandan so'ng ularni olishga ruhsat beriladi.
    Kimyoviy moddalar omborga yubprilganda, ularning chiqindilari to'liq yo'q qilinmagunga qadar ulardan foydalanish va ularni saqlash jarayonlari nazorat qilinadi.
    Mamlakatdagi kimyoviy moddalardan foydalanish qoidalariga hamda foydalanishi taqiqlangan moddalar borasidagi kompaniya ichki ro'yxatiga binoan Samsung Electronics tashkilotlarida foydalaniladigan barcha kimyoviy moddalar cheklangan.

    Biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha tadbirlarni qo'llab-quvvatlash

    Ekotizimni saqlash va tabiatni muhofaza qilish sog'lom global muhitni saqlash uchun juda muhimdir

    Samsung Electronics kompaniyasining barcha xodimlari sog'lom ekotizimni targ'ib qilishda ishtirok etadilar. Biz bioxilma-xillikni saqlashning asosiy tamoyillarini ta'kidlash va ta'kidlash, shu bilan birga rahbariyatimiz va xodimlarimiz ishtirokini faol rag'batlantirish uchun kampaniya olib boramiz.

    Samsung Electronics kompaniyasining biologik xilma-xillikni saqlash siyosati

    Falsafa

    Samsung Electronics ekotizim va bioxilma-xillikni saqlab qolishdan jamiyat tomonidan olingan muhim va foydalardan xabardor. Sanoat sanoatining biologik xilma-xillikka zararli ta'sirini kamaytirish uchun biz turli ekotizimni saqlash dasturlarida faol ishtirok etmoqdamiz.

    Harakat rejalari

    • · Barcha xodimlar biologik xilma-xillikni saqlash atrof-muhitni boshqarishning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini tushunishadi.

    • · Biz har bir mahsulotning hayot aylanishi davomida ekotizim va bioxilma-xillikka ta'sirini baholaymiz va tahlil qilamiz va uning salbiy ta'sirini kamaytirishga harakat qilamiz.

    • · Biz, birinchi navbatda, biologik xilma-xillik yuqori boʻlgan hududlar (Koreya va butun dunyo) ekologiyasini saqlab qolish bilan shugʻullanamiz va mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda uni muhofaza qilish choralarini koʻramiz.

    • · Biz xodimlar, mahalliy hamjamiyat, NNT va boshqa manfaatdor tomonlar bilan doimiy muloqotdamiz, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha mahalliy tashabbuslarda ishtirok etamiz.