Galaxy Tab S9+ 5G
key features
-
Premium ekran
-
Mustahkamlik
-
Samaradorlik
-
S Pen
Yangi Galaxy
Tab S9 Seriyasi
- *Tasvir modellashtirilgan. Rang hamda modelning mavjudligi mamlakat yoki yetkazib beruvchiga bog'liq.
- *Galaxy Tab S9, Tab S9+, Tab S9 Ultra IP68 himoya darajasiga ega. Chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirish sharoitidagi sinovlarga asoslanadi. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi.
Galaxy Tab S9 Seriyasining ulkan displeyi bilan sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan funksiyalardan foydalanish yanada oson. Matn kiritish yoki yozish bilan bandligingizdan qat'iy nazar, Eslatma yordami funksiyasi uzun hikoyadan qisqa xulosa oladi. Buning uchun yozishni boshlang hamda matnni qisqa, o'rganib chiqish uchun qulay xulosaga o'zgartiring. Eski eslatmani izlayotganingizda esa ularning yangi muqovalarida sodda annotatsiyalar ifodalanadi va natijada ekran yanada tartibli holatda ko'rinadi.
*Eslatma yordami funksiyasi faqat One UI 6.1 hamda Samsung Note 4.4.17. va undan yangi versiyalarda mavjud. Eslatma yordami funksiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Belgilar soni bo'yicha cheklovlar mavjud. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
Dynamic
AMOLED 2X.
Ekranning teng yoritilishi
A Galaxy Tab S9 Series device with its screen facing down rising up to stand upright in Landscape mode with a blue wallpaper onscreen highlighting its large display.
Uchta model.3,4
Tabiatdan ilhomlangan ikkita rang
Kamtarona Grafit yoki mayin Qaymoq rangdan qaysi birini tanlashingizdan qat'iy nazar, ikkalasi ham yuqori sifatdagi korpus detallari, ravon tuzilishi yoki nafiz dizayniga alohida urg'u berishga qodir.5
*Yuqoridagi vazn Wi-Fi modeliga asoslangan.
Galaxy Tab S9, S9+ and S9 Ultra in Graphite appear from left to right in Landscape mode, overlapping each other with their back facing forward. Samsung logo is shown on the top left of each device.
Tab S9 UltraTab S9 Ultra | Tab S9+Tab S9 + | Tab S9Tab S9 | |
---|---|---|---|
Displeyi | 14.6″ | 12.4″ | 11″ |
Vazni | 732 g. | 581 g. | 498 g. |
Qalinligi | 5.5 mm | 5.7 mm | 5.9 mm |
Dynamic AMOLED 2X ekranida ravshanlik hamda qulay tomosha qilish imkoniyati
Galaxy Tab S9 seriyasidagi har bir planshet sizning ilg'or g'oyalaringizni amalga oshirish uchun ayni mos keladi. Uchta modelning barchasi Dynamic AMOLED 2X ekran bilan jihozlangan bo'lib, u ajoyib rang uzatish darajasini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'k nurlanish darajasini tushiruvchi filtr evaziga mazkur ekranlar foydalanuvchi ko'zlari uchun mutlaqo xavfsiz.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Galaxy Tab S9, S9+ and S9 Ultra in Graphite are placed next to each other in Landscape mode with their front facing forward and a blue wallpaper shown on all screens.
Har bir detalda
mukammal o'ylangan dizayn
Galaxy Tab S9 eng mayda tafsilotlarni e'tiborga olgan holda yaratilgan. Masalan, orqa paneldagi floating-kamera uchun modul dizayni zamonaviy kameralar tizimining beqiyos namunasi bo'ldi. Shuningdek, biz yon tugmalar hamda dinamiklar joylashuvini qayta ko'rib chiqib, ularning foydalanuvchi uchun yanada odatiy joyda bo'lishini ta'minladik.
- *Tasvirda Galaxy Tab S9 Ultra o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan.
- *Galaxy Tab S8 Ultra bilan solishtirganda, Tab S9 Ultra yangilangan 13.0MP va 8.0MP orqa kamera va 12.0MP va 12.0MP Ultra Wide old kamerasiga ega. Galaxy Tab S8+ bilan solishtirganda, Tab S9+ yangilangan 13MP va 8MP asosiy kameraga va 12MP Ultra Wide old kamerasiga ega. Galaxy Tab S9 13,0 MP asosiy kamera va 12 MP Ultra Wide old kamera bilan jihozlangan.
Yorqin ranglar. Betakror ko'rinishda.
Dynamic AMOLED 2X yuqori aniqlik darajasi bilan ekrandagi barcha tafsilotlar haqiqiydek ko'rinadi. U yaxshilangan vizual effektlar hamda 120 Gs gacha ekran yangilanish chastotasi bilan ravon skrollingli HDR10+ evaziga beqiyos detallashtirish, yorqin ranglar hamda qora rangning chuqur tuslarini ta'minlaydi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Dynamic AMOLED 2XRavon 120 Gs ekranO'yin tajribangizni
yanada oshiring
Galaxy Tab S9 seriyasi planshetlarining katta ekranidagi jozibador o'yin jarayoniga sho'ng'ing.6,7 Ekranning ajoyib vizual xususiyatlari AKG kvadroakustik tizimining immersiv tovushi hamda Dolby Atmos formatidagi qamrovli tovushni qo'llab-quvvatlashi bilan yanada boyitiladi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Galaxy S seriyasidagi
changga va suvga chidamli ilk planshet
Two Galaxy Tab S9 Series devices in Graphite are floating in mid-air at an angle opposing each other with the front and back visible. Splashes of water are surrounding the two devices.
Galaxy Tab S9 qurilmalari qiyin sharoitlardan aslo qo'rqmaydi. Silliq metal dizayn Armor Aluminium8 zirhli alyuminiydan tayyorlangan ramka bilan uyg'unlik yaratadi hamda u planshetingizni zarb va tushishdan himoya qiladi. IP68 himoya darajasi9,10 esa Galaxy Tab S seriyasidagi planshetlar chang va suvga chidamli ilk planshetlar ekanligini anglatadi.
S Pen. Yanada mustahkam, yanada tezkor, yaxshilangan javob qaytarish imkoniyatlari
S Pen qalami planshet kabi suvga chidamlilik borasida IP68 standartiga tog'ri kelishi uchun biz uni yanada takomillashtirdik.11,12 Bundan tashqari u barcha parametrlar bo'yicha yangilangan bo'lib, bunda tasodifiy bosishlarni oldini olish uchun qalam uchi sezgirligini ham o'z ichiga oladi. Magnit bog'lanish hamda ikki tomonlama zaryadlashni qo'llab-quvvatlash evaziga, qalam zaryad olishi uchun uni orqa panelga qo'yishingiz kifoya.13
Vision Booster bilan ko'cha sharoitida ham yorqin tasvirdan zavq oling
Vision Booster funksiyasi yuqori yorug'lik sharoitida ham ekrandagi tasvirni aniq ko'rish imkoniyatini ta'minlaydi. Uning outdoor algorithm intellektual algoritmi quyosh nurlari borligini aniqlaydi hamda ekran yorug'ligi, kontrastlik va rang uzatishni optimallashtiradi va natijada, xona sharoitidan tashqariga chiqqaningizda kontent ko'rinish darjasini saqlab qoladi.
*Tasvir illyustratsiya uchun taqlid qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
A Galaxy Tab S9 Ultra displaying at full screen rays of sunlight over a mountain captured by its camera and the glare gradually reducing to show a clearer image thanks to Vision Booster.
Haqiqatga yaqin
o'yin tajribasi uchun
yangi avlod protsessori
Galaxy uchun Snapdragon® 8 Gen 2 tezkor protsessori yuqori darajadagi samaradorlik hamda professional darajadagi o'yinlardagi energiya tejamkorligi talablarini inobatga olgan holda yaratilgan.14,15 Grafik tizim esa 3D o'yin jarayonida soyalarning haqiqatga yaqin darajada uzatilishini ta'minlab, bu ekrandagi jarayonga to'liq sho'ng'ish effektini yaratadi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Ishonchingizni oqlaydigan zaryad bilan eng ilg'or go'yalaringizni harakat davomida ro'yobga chiqaring
Kengaytirilgan hajmga ega batareya bilan ijodkorlik uchun doimo tayyor turing. Uning zaryadi butun kun uchun yetarli, qolgan qismini esa smartfoningizni zaryadlab olish uchun ishlatishingiz mumkin. Samsung Galaxy smartfoningizga USB-C kabel ulang hamda zaryadlash shu on ishga tushadi.16,17,18,19,20,21
A Galaxy Z Flip5 device connected with a Type-C cable is being charged from a Galaxy Tab S9 Series device.
Sizning san'at asarlaringizni saqlash uchun microSD qo'llab-quvvatlanadi
Ichki xotira 1 TB gacha hajmni qo'llab-quvvatlovchi modelni tanlang, GoodNotes ilovasida o'z san'at asaringizni yarating hamda yuqori sifatdagi video, tarona, tasvir va boshqa fayllaringiz uchun yanada ko'proq joy kerak bo'lganda microSD kartasini qo'ying.22,23
1 TB gacha ichki xotira RAM 16 GB gacha1 yillik bepul foydalanish versiyasiga ega bo'ling
Sevimli ilovalaringiz
katta ekran uchun
optimallashtirilgan
1 yil bepul foydalanish uchun to'liq versiyaga ega bo'ling
GoodNotes kabi ijodkorlik uchun maxsus ilovalar yordamida o'z tasavvuringizdagi g'oyalarni amalga oshiring. U S Pen bilan qulay chizish uchun optimallashtirilgan bo'lib, haqiqiy qog'ozda yozish hissiyotlarini taqdim etadi.24 Portret rejimida eskizlarni chizib, ularni albom rejimida tahrirlang yoki teskarisi sizga mos kelishi mumkin.
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Qaymoq rangli Galaxy Tab S9 seriyasi qaymoq rangdagi S Pen bilan yetkazib beriladi.
NotePaper Screen plyonkasida oddiy qog'ozdagi kabi chizing
NotePaper Screen plyonkasini ekranga yopishtirib, elektron qalam bilan oddiy qog'ozdagi kabi yozing.25 Haqiqiy san'at asarini yaratish uchun esa unga rasm chizish uchun mukammal bo'lgan S Pen qalamini ham qo'shing. Qalam bosim va og'ishga sezgir bo'lib, yuqori tafsilotli eskizlar hamda aniq tasvirlarni chizish imkonini beradi.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
Eslatmalar
sezilarli
darajada qulaylashdi
S Pen qalamining kengaytirilgan imkoniyatlari bilan o'z ish faoliyatingiz samaradorligini oshiring. Yangi g'oyalarni tezda saqlang, diagrammalar chizing hamda Google, Messages, Maps va boshqa shu kabi ilovalarda "S Pen to Text" funksiyasi yordamida qo'lyozmalarni bosma matnga aylantiring.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
Samsung Notes ilovasi bilan jonli vaqt
rejimida birgalikdagi ish
Samsung Notes ilovasi hamda S Pen qalami imkoniyatlaridan foydalanib, hamkasblaringiz bilan muhokamalar tashkil eting. Samsung Galaxy qurilmalari o'rtasida eslatmalarni almashing hamda ilovada jonli vaqt rejimida kontentni tahrirlang. Ko'p betli hujjatlar bilan ishlamoqchimisiz? Ularni skanerlab, Galereyada saqlang hamda ularni video qo'ng'iroqlar davomida ko'rib chiqing.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
S Pen is used in the Samsung Notes app on a Galaxy Tab S9 series device in Landscape mode to make a car image bigger. In front, the same note is open in the Samsung Notes app on an unfolded Galaxy Z Fold5 device with the car image getting bigger at the same time as on the tablet.
Planshetingizning
afzalliklarini
yanada ko'paytiring
A Galaxy Tab S9 series device with Book Cover Keyboard on unfolding to make the display and keyboard visible. S Pen appears from the bottom. Another Galaxy Tab S9 series device with Smart Book Cover on appears from the right. Another Galaxy Tab S9 series device with Privacy Screen on appears from the left.
Bir harakat bilan shaxiy kompyuterdagi kabi ishlang
Barcha rejalashtirgan ishlaringizni yakunlash uchun Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasini bog'lang. Yoritilgan funksional tugmalar va trekpad bilan jihozlangan mazkur klaviatura shaxsiy kompyuterdagi kabi simsiz ish uchun Dex mode rejimini qo'llab-quvvatlaydi. Tezkor ishga tushirish uchun ilovalar uchun yorliqlarni belgilang.26,27,28,29,30,31
Smart Book Cover muqovasi bilan o'zingiz qulay tarzda ishlang
Smart Book Cover muqova-klaviaturani oddiygina sozlash orqali planshet bilan ishlash uchun eng qulay holatni aniqlang. Galaxy Tab S9, S9+ yoki S9 Ultra planshetlarini rasm chizish uchun molbert kabi vertikal tarzda yoki taqdimot uchun qo'llarni band qilmasdan gorizontal holatda o'rnating.
*Smart Book Cover muqovasi alohida sotiladi.
Ijodkorlik hamda ko'p vazifalilikni birlashtiring
Clip Studio Paint ilovasida yangi Simple Mode rejimi bilan planshetda rasm chizish yanada oson. Multi Control funksiyasi sizning tasvirlaringizni turli qurilmalar orasida ulashish yoki bir zumda smartfondan planshetga o'tkazib tahrirlash jarayonini davom ettirish imkoniyatini yaratadi. 34,35
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasi alohida sotiladi.
Galaxy Z Flip5 alohida sotiladi. - *Clip Studio Pain obunasia ega bo'lish talab etiladi. Mazkur ilovaning oldindan o'rnatilishi faqat ayrim bozorlarda qo'llab quvvatlanadi. Alohida bozorlarda Clip Studioo Pain ilovasini Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin.
To'liq versiyani 6 oylik muddatga bepul foydalanishga ega bo'ling
Ekranni ikkiga ajrating.
Samaradorlikni oshiring
Bir nechta vazifani bajarish endi har doimgidan-da qulayroq. Chunki, bir ekranning o'zida siz arxitekturaviy rejalarni chizishingiz, noyob vizual effektlarni tanlashingiz hamda videochatni ishga tushirishingiz mumkin bo'lib, barchasi qo'l ostingizda bo'ladi.36
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasi alohida sotiladi.
- *Google Meet va Microsoft 365 ilovalari Google Play do'konida yuklab olsih uchun mavjud. Google Meet — bu Google LLC korxonasining savdo belgisi.
- *Bir vaqtning o'zida ekranda uchtagacha ilova mavjud.
Galaxy Tab S9
planshetlarining beqiyos xususiyatlari bilan tanishing
-
- Displeyi 14.6" Dynamic AMOLED 2X
- Himoya darajasi IP68
- Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
- Xotira 256 GB, 512 GB, 1 TB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi - Operativ xotira 12 GB, 16 GB
- Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 11,200 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP + 8 MP UW
[Old]
12 MP + 12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 737 g (5G),
732 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.5 mm
-
- Дисплей 12.4" Dynamic AMOLED 2X
- Himoya darajasi IP68
- Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
- Xotira 256 GB, 512 GB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi - Operativ xotira 12 GB
- Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 10,090 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP + 8 MP UW
[Old]
12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 586 g (5G),
581 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.7 mm
-
- Displeyi 11" Dynamic AMOLED 2X
- Himoya darajasi IP68
- Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
- Xotira 128 GB, 256 GB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi - Operativ xotira 8 GB, 12 GB
- Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 8,400 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP
[Old]
12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 500 g (5G),
498 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.9 mm
- Galaxy Tab S9 planshetlari suv va changga chidamlilik bo'yicha IP68 darajasiga ega ilk Samsung Galaxy Tab S seriyasi hisoblanadi.
- Galaxy Tab S9 seriyasidagi planshetlar to'plamiga kiritilgan S Pen elektron qalami IP68 darajada suv hamda changga chidamlilikka ega.
- Galaxy Tab S9 Ultra planshetining diagonali o'lchami aylanasimon burchaklarni inobatga olmagan holda 14,6" hamda mazkur burchaklar hisobga olinganda 14,5" ga teng. Galaxy Tab S9+ planshetining diagonali o'lchami aylanasimon burchaklarni inobatga olmagan holda 12,4" hamda mazkur burchaklar hisobga olinganda 12,4" ga teng. Galaxy Tab S9 planshetining diagonali o'lchami aylanasimon burchaklarni inobatga olmagan holda 11" hamda mazkur burchaklar hisobga olinganda 10,9" ga teng. Haqiqiy ko'rinish maydoni aylanasimon burchaklar hamda kamera o'rni tufayli kichikroq.
- Qurilmaning vazni modelga bog'liq. Galaxy Tab S9 Ultra 5G 737 g, Wi-Fi 732 g. Galaxy Tab S9+ 5G 586 g, Wi-Fi 581 g. Galaxy Tab S9 5G 500 g, Wi-Fi 498 g.
- Metal ramkani anodlash uchun bo'yoqlar tarkibiga 10% tabiiy bo'yoqlar qo'shilgan.
- Galaxy Tab S9 planshetlarida foydalaniladigan OLED displey SGS dan Eye Care sertifikatiga ega bo'lib, bunda ko'z uchun zararli ko'k nurlanishning sezilarli darajada kamayishi hisobga olingan. Mazkur sertifikatni www.sgs.com/performance saytidan izlab topish mumkin.
- Galaxy Tab S9 seriyasidagi planshetlarida foydalaniladigan OLED displeylar SGS Gaming Performance sertifikatiga ega bo'lib, bunda dinamik hamda tezkor ekshen-o'yinlar tomoshasida tasvir sifati uchun muhim omillar hisoblangan mukammal qora rang hamda javob qaytarish vaqti bo'yicha 0,2ms yoki undan-da kamroq hamda 0,0005 nit yoki undan-da kamroq natija tasdiqlangan.Mazkur sertifikatni www.sgs.com/performance saytidan izlab topish mumkin.
- Armor Aluminium zirhlangan alyuminiy orqa panel konstruksiyasida foydalanilib, kamera moduli, S Pen qalami, yon tugmalar hamda SIM karta o'rni korpuslari bundan mustasno.
- Galaxy Tab S9, Tab S9+, Tab S9 Ultra va shu jumladan S Pen IEC 60529 standarti bo‘yicha IPx4/68 darajasiga ega. Laboratoriya sinovi shartlariga ko‘ra vertikaldan 180°, 10 L/min 5 daqiqa (IPx4) va suv ostida purkash. Chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirish uchun chidamli. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Chang va suvga chidamlilik doimiy ko'rsatkich emas hamda vaqt o'tishi bilan kamayishi mumkin.
- Changga chidamlilik uchinchi shaxs korxona laboratoriyasida sinovdan o'tkazilgan: 2 soat davomida 1 kubometr hajm uchun 2 kg talk kukuni (zarrachalarning maksimal diametri 0,05 mm) sinov kamerasida planshet korpusi yo'nalishi bo'yicha purkalgan (qurilma ichidagi havo bosimi atmosfera bosimidan past bo'lgan).
- Galaxy Tab S9 seriyasidagi planshetlar to'plamidagi S Pen qalami — bu IP68 standarti bo'yicha sertifikatlangan ilk changga va suvga chidamli qalam hisoblanadi. Qalam chuchuk suvda 1,5 metr chuqurlikda 30 daqiqagacha turishi mumkin. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. S Pen qalamining chang va suvga chidamliligi doimiy ko'rsatkich bo'lmay, vaqt o'tishi bilan pasayishi mumkin.
- Changga chidamlilik uchinchi shaxs korxona laboratoriyasida sinovdan o'tkazilgan: 2 soat davomida 1 kubometr hajm uchun 2 kg talk kukuni (zarrachalarning maksimal diametri 0,05 mm) sinov kamerasida planshet korpusi yo'nalishi bo'yicha purkalgan (qurilma ichidagi havo bosimi atmosfera bosimidan past bo'lgan). IP6X himoya darajasi. Changga chidamlilik darajasi amaldagi foydalanish sharoitiga bog'liq bo'lishi mumkin.
- S Pen qalamidan foydalanish yoki uni orqa panelga joylashtirishdan oldin quruq mato yordamida suv qoldiqlarini quriting.
- Snapdragon — bu Qualcomm Technologies Inc. va/yoki uning sho'ba korxonalarining mahsuloti hisoblanadi.
- Snapdragon — bu Qualcomm Incorporated kompaniyasining savdo belgisi yoki ro'yxatdan o'tgan savdo belgisi hisoblanadi.
- Odatiy ko'rsatkichlar uchinchi shaxs korxonalari laboratoriyalarida olingan. Odatiy ko'rsatkich — bu, IEC 61960 standartining metodikasi bo'yicha turli namunalar hajmini o'lchashdagi farqlarni inobatga oluvchi o'rtacha qiymat hisoblanadi. Batareyaning nominal (minimal) quvvati Galaxy Tab S9 Ultra uchun 10880 mAs, Galaxy Tab S9+ uchun 9800 mAs va Galaxy Tab S9 uchun 8160 mAs ga teng. Batareyaning amaldagi ish vaqti tarmoq holati, foydalanish sharoiti hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
- Zaryadlash Galaxy Tab S9 seriyasidagi planshet ekrani o'chgan holatida hamda batareya zaryadi hajmi 30% dan kam bo'lmaganida qo'llab-quvvatlanadi.
- Type-C kabelidan foydalanib, Galaxy Z Flip5, Galaxy Z Fold5, Galaxy Z Flip4, Galaxy Z Fold4, Galaxy S23, Galaxy S22, Galaxy A53, Galaxy A33 va Galaxy Tab S8 seriyalaridan quvvatlanmoqda. Quvvat manbai Galaxy Tab S9 Series o'rtasida batareya quvvatini taqsimlashda tasodifiy asosda aniqlanadi.
- Zaryad olish jarayonining tezligi zaryad olish sharoiti hamda boshqa omillarga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Ma'lumotlarni uzatish uchun haqiqiy Samsung kabelidan foydalanish tavsiya etiladi.
- Galaxy Smartfoni alohida sotiladi.
- MicroSD kartasi alohida sotiladi.
- 1 TB oʻrnatilgan xotira mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin va haqiqiy xotira mavjudligi oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminotga qarab farq qilishi mumkin. Xotira va saqlash imkoniyatlari modelga qarab farqlanadi: Galaxy Tab S9 Ultra - 16 GB xotira + 1 TB saqlash, 12 GB xotira + 512 GB saqlash, 12 GB xotira + 256 GB saqlash; Galaxy Tab S9+ - 12 Gb xotira va 512 Gb saqlash, 12 Gb xotira va 256 Gb saqlash; Galaxy Tab S9 - 12 Gb xotira va 256 Gb tezkor xotira, 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotira.
- GoodNotes ilovasini Galaxy Store do'konidan alohida yuklash talab etiladi hamda 1 yillik bepul to'liq versiya sifatida taqdim etiladi. Bepul to'liq versiyadan foydalanish muddati yakunida ilovadan uzluksiz foydalanish uchun qo'shimcha xaridni amalga oshirish talab etiladi. Xizmat ko'rsatish shartlari mamlakat hamda mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Ekran uchun NotePaper Screen aksessuari alohida sotiladi.
- Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasi alohida sotiladi. Muqova-klaviatura Galaxy Tab S9 Ultra, Galaxy Tab S9+ va Galaxy Tab S9 qurilmalari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Qurilmaning tashqi ko'rinishi modelga bog'liq.
- Klaviaturaning funksiyalari hamda tartibi model hamda tilga bog'liq. Klaviaturani yoritish funksiyasi Fn+F12 tugmalarining birgalikda bosilishi orqali amalga oshiriladi hamda faqatgina planshet uchun Galaxy Tab S9 Ultra Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasidan foydalanilganda amal qiladi.
- Ilova yorliqlari faqatgina alohida ilovalar uchun belgilanishi mumkin.
- Simsiz klaviaturadan birgalikda foydalanish One UI 3.1 yoki undan yuqori versiyaga ega Galaxy smartfonlarida hamda One UI 2.5 yoki undan yuqori versiyaga ega Galaxy Tab qurilmalarida, Book Cover Keyboard klaviaturasiga POGO aloqalari orqali bog'langanida amal qiladi.
- Simsiz klaviaturadan birgalikda foydalanish funksiyasini eng ko'pi 3 tagacha qurilmada ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Simsiz klaviauradan birgalikda foydalanish rejimini yoqish uchun ikkala qurilmada ham bitta Samsung hisob raqamiga kirish talab etiladi. Klaviaturaning ish ko'rsatkichlari tashqi tarmoq sharoitiga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Simsiz klaviaturadan birgalikda foydalanish funksiyasini "Sozlamalar" > "Umumiy boshqaruv" > "Jismoniy klaviatura" > "Simsiz klaviaturani birgalikda boshqaruv" bo'limida yoqish/o'chirish mumkin.
- One UI 2.1 yoki undan yuqori versiyaga ega qurilmalarda mavjud bo'lib, MDE Service Framework va Quick Share ilovalarni yangilanishi talab etiladi. Quick Share funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth Low Energy va Wi-Fi orqali bog'lanish talab etiladi. Ayrim ilovalar Quick Share funksiyasini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin.
- LumaFusion ilovasini do'kondan xarid qilish hamda yuklab olish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat yoki savdo mintaqasiga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Multi Control funksiyasi faqatgina One UI 5.1 yoki undan yuqori versiyaga ega Galaxy smartfonlari hamda One UI 4.1 yoki undan yuqori versiyaga ega Galaxy Tab qurilmalarida mavjud bo'lib, ayrim ilovalarda Multi Control funksiyasining amal qilishi cheklangan bo'lishi mumkin.
- Ayrim bozorlarda Clip Studio Paint ilovasi planshetda oldindan o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Clip Studio Pain ilovasini Galaxy Store do'konida yuklab olish mumkin hamda boshlang'ich foydalanuvchilar uchun u 6 oylik bepul sinov versiyasi sifatida taqdim etiladi. Bepul sinov muddatining yakunida ilovadan uzluksiz foydalanish uchun oylik yoki yillik tarif rejasiga pullik obunani rasmiylashtirish talab etiladi. Mazkur xizmatning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Ayrim ilovalar ko'p vazifalilik rejimini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor 3.36GHz, 2.8GHz, 2GHz
-
Displey 12.4" (315.0mm)
-
Orqa kamera - aniqligi 13.0 MP + 8.0 MP
-
Ogʻirlik (g) 586
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
Ko'p so'raladigan savollar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy xotirasini qanday tozalash mumkin. Fayllarni xotira kartasiga qanday o‘tkazish mumkin.
- Samsung Galaxy qurilmasi bloklangan bo‘lsa va Google akkauntini so‘rasa nima qilish kerak
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang