AI televizorlarining yangi davri Neo QLED

Har doimgidan-da ko'proq hayajon
Neo QLED 2024 televizorining ekranida havoda muallaq harakatlanuvchi rangi chiziqlar
18 yil davomida dunyodagi 1-raqamli televizor. Samsung kompaniyasi 18 yildan buyon televizor ishlab chiqaruvchilari reytingida 1-o'rinni egallab keladi.

Noyob Samsung Neo QLED
televizorining beqiyos tasvir
va tovush sifati bilan yanada
chuqurroqqa sho'ng'ing, balandroq kuling
va yorqin hayot kechiring.

Neo QLED Review & mukofotlari

  • Mutaxassislar Sharhlari Tavsiyasi Sovrini — Samsung QN900D
    QN900D

    "Agarda siz 8K aniqlikka ega televizorni izlayotgan bo'lsangiz, u holda Samsung QN900D kabi samaradorlikka ega boshqa modelni topishingiz anchagina qiyin ish."
    "AI qudratiga ega ushbu qurilma boshlang'ich aniqlikdan qat'iy nazar ajoyib darajadagi detallashtirishni ta'minlaydi hamda 8K dan past aniqlikni mukammal tarzda masshtablashtirib, hech qanday chiziqlar va siqish izlarisiz yuqori aniqlikdagi tasvir hosil qiladi."

  • A five-star logo of "What Hi-Fi" for Samsung 75-inch QN900D, 03/2024
    QN900D

    "Uning tasvir sifati undan avvalgi modeldagiga nisbatan deyarli har jabhada takonmillashtirilgan, bu esa uni 2024-yilning eng zo'r OLED televizorlaridan sezilarli darajada ajratib turadi, shuningdek u masshtablashtirishdagi o'yin qoidalarini o'zgartirib, shuningdek, endilikda o'zgarishni amalga oshirish uchun 8K televizorga faqatgina 8K aniqlikdagi kontent yuklash shart emasligini ochiq so'z bilan eslatib qo'ymoqda."

  • Trusted Reviews Highly Recommended logo
    QN900D

    "Uning tasvir sifati haqiqatan ajoyib darajada."
    "O'zi shundoq ham yuqori detallashtirilgan qismlarga ega 4K formdatidagi videoga masshtablashtirish qo'shishi mumkin bo'lgan detallar soni shunchaki lol qoldiradi; ko'z oldingizda 4K sifatdagi tasvir 8K darajagacha masshtablashadi."
    "8K sifatga shubha bilan qarayotganlarga ishonish kerak emas, chunki yangi 75 dyuymli Samsung 8K flagman televizori 8K televizorlar dunyosida rivojlanish uchun hali hamma imkoniyatlar borligini isbotlamoqda."

  • Newsweek Editors Choice logo
    QN800D

    "Samsung sun'iy intellekt asosidagi masshtablashtirish texnologiyasi 1080P va 4K sifatni QN800D uchun takomillashtiradi."
    "Masshtablashtirish, yuqori yangilanish tezliklari va AI asosidagi o'yin rejimining afzalliklari evaziga o'yin o'ynashdagi xususiyatlar juda yuqori darajada."

  • Expert Reviews Recommended Award - Samsung QN95D
    QN95D

    "Samsung N95 o'zining ajoyib ishlashini boshqa darajaga olib chiqish uchun sun'iy intellekt yordamida takomillashtirilgan tasvir va ovozni qayta ishlashni qo'shadi."
    "Yangi protsessor sun'iy intellekt yordamida tasvirni qayta ishlash, audio va optimallashtirishning ajoyib imkoniyatlarini, tasvirni mukammal masshtablash va qayta ishlashni hamda sun'iy intellekt yordamida takomillashtirilgan bir xil darajada ta'sirchan harakatni boshqarishni ta'minlaydi."

    AI televizor

    Sun'iy intellekt bilan yorqin taassurotlar

    AI protsessor

    Neo QLED imkoniyatlari bilan sizning ko'ngilochar tajribangiz yangicha namoyon bo'ladi. AI asosidagi eng zo'r Samsung protsessori neyron tarmoqlari yordamida har bir kadrda o'qitilib hamda tasvir va tovushni uzluksiz optimallashtirib, sizga ajoyib sho'ng'ish effektidan zavq olish imkoniyatini beradi.1

    *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

    *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

    Yangi NQ AI 2024 protsessorlari

    Bizning eng qudratli AI protsessorlarimiz

    Sizga qudratli protsessorlar sohasidagi inqilobiy Samsung innovatsiyasini taqdim etamiz.

    *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

    NQ8 AI 3-avlod protsessori (Neo QLED 8K QN900D)
    • martagacha 2 tezroq NPU modullari
    • barobar 8 kuchli neyron
      tarmoqlari
    • barobargacha 1.4 tezroq GPU modullari
    • gacha 15% tezroq CPU

    *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

    * Barcha xususiyatlar Neo QLED 8K 2023 televizorining protsessori bilan taqqoslanganda ko'rsatilgan.

    Samsung AI televizorlaridagi innovatsiyalar

    • AI tasvir

      AI upscaling kattalashtirish texnologiyasi1

      AI upscaling kattalashtirish texnologiyasi1

      Sun'iy intellekt asosidagi kattalashtirish yordamida Neo QLED sizning sevimli teledasturlaringiz va filmlaringizga yangi hayot baxsh etadi. Ilg'or neyron tarmoqlar turli manbaga ega kontentni 4K/8K sifatgacha yaxshilashga qodir. Strimlar va sport translyatisiyalari yuqori realistik darajada namoyish etiladi.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      Ikkita rasm solishtiriladi. Ekranning bir tomonida asl tasvir, ikkinchisida 3-avlod Samsung NQ8 AI protsessorining AI Upscaling texnologiyasi yordamida olingan aniqroq va batafsil tasvir mavjud.
    • AI Motion Enhancer Pro harakatlarni optimallashtirish texnologiyasi2

      AI Motion Enhancer Pro harakatlarni optimallashtirish texnologiyasi2

      Bizning 3-avlod N8 AI protsessorimiz harakatlanuvchi ob'ektlar va matnlarning ravshanligi va ravonligini oshirish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi. Buning yordamida sport translyatsiyalari butunlay yangi usulda qabul qilinadi.

      • *AI Motion Enhancer Pro harakatni optimallashtirish texnologiyasini faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlari qo'llab-quvvatlaydi.
      • *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.
      AI Motion Enhancer Pro texnologiyasisiz futbo'l o'yinidagi to'p va matn xira ko'ringan. AI Motion Enhancer Pro bilan esa ular tiniqlashmoqda. Quyi o'ng burchakda Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.
    • Real Depth Enhancer Pro detallashtirish texnologiyasi3

      Real Depth Enhancer Pro detallashtirish texnologiyasi3

      Real Depth Enhancer Pro tasvirda odatda kuzatuvchi nazari fokusi kuchayadigan maydonlarni aniqlaydi va ularning chuqurligini oshiradi. U ko'plab mini yorug'lik diodlarini sozlaydi va old plan kontrastliligini oshirib, uy sharoitida ham tabiiy uch o'lchamli tasvir yaratadi.

      • *Real Depth Enhancer Pro detallashtirish texnologiyasini Neo QLED QN900D/QN800D/QN95D/QN90D 2024 televizorlari qo'llab-quvvatlaydi.
      • *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.
      Jonli obyekt, ayni vaqtda karkidon tasvirini Real Depth Enhancer texnologiyasi yordamida proyeksiyalashning 3 ta bosqichi namoyish etilgan. Quyi o'ng burchakda Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.
    • AI tovush

      Active Voice Amplifier Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasi4

      Active Voice Amplifier Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasi4

      Muhim epizoddagi nutqni aniq tushunish sizga qiyinchilik tug'dirdimi? Bizning tovush texnologiyamiz kontentni tahlil qilib, ovozni fon va tashqi shovqinlardan ajratib olish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      Faollashtirilgan Active Voice Amplifier Pro texnologiyasi yordamida erkak kishi nutqining tovush to'lqinlari kuchaytirilib, u ekrandan fondagi shovqin va xonadagi robot changyutgich tovushlaridan kuchliroq tarqalmoqda. Quyi o'ng burchakda Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.
    • Object Tracking Sound texnologiyasi5

      Object Tracking Sound texnologiyasi5

      Object Tracking Sound qamrovli tovush texnologiyasi bilan ekrandagi kontentga sho'ng'ish endi yanada oson. Tovush harakatini sun'iy intellekt asosida ekran burchaklaridan markazigacha kuzatishdagi realistik muhitdan zavq oling.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      OTS Pro poyga avtomobili tovushlarini ekranda kuzatib boradi va ularni kerakli joyda ijro etadi. Pastki o'ng burchakda siz 3-avlod Samsung NV8 AI protsessorining logotipini ko'rishingiz mumkin.
    • Adaptive Sound Pro moslashuvchan tovush texnologiyasi6

      Adaptive Sound Pro moslashuvchan tovush texnologiyasi6

      Adaptive Sound Pro xona va kontent xususiyatlarini tahlil qilgan holda tovush ijrosini optimallashtiradi. Ovozning yuqori aniqligi va audioni ajratib olib uning sifatini oshiruvchi AI qayta ishlash yordamidagi tabiiy, ravon tovushdan zavq oling.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      Ekrandagi turli tasvirlar ustidagi tovush to'lqinlari suhbat, futbol o'yini va shamol musiqasiga moslashib, o'z shaklini o'zgartiradi. Quyi o'ng burchakda Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.
    • AI optimallashtirish

      AI Auto Game rejimi7

      AI Auto Game rejimi7

      Televizor sizning qanday janrdagi o'yin o'ynayotganligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda optimal paramterlarni o'rnatadi. Endi siz televizor sozlamalarini o'yinga moslashingizning keragi yo'q. Shunchaki zavq oling.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      Ekranda ko‘plab o‘yin sahnalari ko‘rsatilgan, 3-avlod Samsung NQ8 AI protsessori markaziy protsessorni RPG (rolli o‘yin) sifatida aniqlaydi va sozlamalarni avtomatik ravishda optimallashtiradi. Ekranning pastki qismida oʻyin janri, kiritish kechikishi, piksellar soni, FPS (sekundiga kadrlar), HDR (yuqori dinamik diapazon) va VRR (oʻzgaruvchan yangilanish tezligi) variantlari koʻrsatilgan. Boshqa parametrlar va funksiyalar, jumladan, virtual krossshay, tomonlar nisbati, minimap shkalasi, boshqa sozlamalar, Game Motion Plus, audio chiqishi va yoritishni sozlash uchun Hue Sync ilovasi ham koʻrsatilgan.
    • AI Energy rejimi8

      AI Energy rejimi8

      AI Energy rejimi faollashtirilganda televizoringiz xonadagi yorug'lik darajasini avtomatik tarzda aniqlaydi va foydalanish sharoitlarini tahlil qilib, energiyani tejash uchun ekran yorqinligini sozlaydi. Shuningdek, har bir kadr tahlil qilinib energiya tejamkorligi uchun yanada chuqur sozlanadi.

      *NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan faqat Neo QLED 8K QN900D 2024 televizorlarigina jihozlanadi.

      Faol AI Energy rejimiga ega Samsung televizori moslashuvchan yorqinlikdan foydalanib, ekranni qoraytiradi va energiyani tejaydi. Quyi o'ng burchakda Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.

    Tasvir sifati

    Sizning sevimli kontent eng a'lo sifatda

    AI upscaling kattalashtirish texnologiyasi

    Sun'iy intellekt asosidagi kattalashtirish yordamida Neo QLED sizning sevimli teledasturlaringiz va filmlaringizga yangi hayot baxsh etadi. Ilg'or neyron tarmoqlar turli manbaga ega kontentni 4K/8K sifatgacha yaxshilashga qodir. Strimlar va sport translyatisiyalari yuqori realistik darajada namoyish etiladi.1

    3-avlod Samsung NQ8 AI protsessorining AI Upscaling texnologiyasi ekranning bir tomonida tasvir tafsilotlarini oshiradi. Loyqa tomon asta-sekin yo'qoladi va butun rasm aniq bo'ladi.

    Tovush

    Filmga to'liq sho'ng'ish uchun kinematik tovush

    Dolby Atmos® va Object Tracking Sound texnologiyalari

    Dolby Atmos® va Object Tracking Sound texnologiyalari bilan
    ekrandagi kontentga sho'ng'ish yanada oson. Qamrovli tovush ekranning har bir burchagidan ijro etilib, sizga kinoteatrdagi o'tirganingizdek hissiyot taqdim etadi.9

    Tovush to'lqinlari kinoteatr ekranidagi poyga avtomobilidan tarqalmoqda. Ayni shu tasvir erkak kishi o'tirgan xonadagi ekranda ham ijro etilmoqda. Dinamik tovush to'lqinlari Dolby Atmos va OTS texnologiyalari bo'yicha yangi Neo QLED televizorining qamrovli tovushini namoyish etmoqda.

    Bosh qahramonlar ovozlariga fokus

    Active Voice Amplifier Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasi

    Muhim epizoddagi nutqni aniq tushunish sizga qiyinchilik tug'dirdimi? Bizning tovush texnologiyamiz kontentni tahlil qilib, ovozni fon va tashqi shovqinlardan ajratib olish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi. Siz shovqin muhitda ham har bir so'zni aniq eshita olasiz.4

    Faollashtirilmagan Active Voice Amplifier Pro texnologiyasi bilan ekrandagi erkak kishi nutqidan tarqalayotgan tovush to'lqinlari xonadagi fon shovqinlari va changyutgich tovushidan pastorq. U faollashtirilganda esa erkak kishi nutiqdan tarqalayotgan tovush to'lqinlari kuchayib, ekrandan yanada uzoqroqqa tarqaladi. Ekranning quyi o'ng burchagida Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessorining logotipi namoyish etilgan.

    Televizor va saundbarning
    mukammal uyg'unligi

    Q-Symphony texnologiyasi

    Saundbarni televizorga ulang hamda tovush simfoniyasini tinglab, a'lo darajadagi zavq oling.
    Q-Symphony texnologiyasi mos Samsung televizorlari va Samsung saundbarlari o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlab, xonani qamrovli dinamik ohanglarga to'ldiradi va maksimal sho'ng'ish evaziga kontent his etish imkoniyatlaringizni yanada oshiradi.10

    Faollashtirilmagan Neo QLED texnologiyasida tovush to'lqinlari faqat Samsung saundbaridan tarqalmoqda. U faollashtirilganda Neo QLED televizoridan tarqalayotgan dinamik tovush to'lqinlari saundbardan tarqalayotgan to'lqinlar bilan sinxronlashib, sho'ng'ish effektini beruvchi ijro yaratadi.

    Smart TV

    Cheksiz ko'ngilochar olam eshigi

    Samsung Tizen Operatsion Tizimi

    Tizen operatsion tizimidagi eng so'nggi ilova va xizmatlarga ulanish uchun tizimga kirishingiz kifoya. Sizni qulay bepul telekanallar katalogiga ega Samsung TV Plus xizmati hamda ko'plab film va o'yinlar kutmoqda. Multimedia kontendan tashqari bu yerda siz o'zingiz uchun ko'plab foydali imkoniyatlarga, masalan aqlli uy va kundalik hayot uchun kerakli xizmatlarga ega bo'lasiz.11

    Ayol kishi divanda joylashib, Tizen operatsion tizimli Samsung Smart TV tomosha qilmoqda. Ekranda Samsung Tizen OS turli kontent hamda Samsung TV Plus xizmatidagi bepul telekanallarni taklif etmoqda.

    Sizning navbatdagi kvest o'yiningiz uchun
    konsol shart emas

    Cloud Gaming xizmati

    Cloud Gaming xizmati XBOX, NVIDIA GeForce Now va boshqa do'konlardagi strim o'yinlarinig keng tanlovini taqdim etadi. Kontrollerni ulang va sevimli o'yinlaringiz va avtonom ilovalaringizni konsolsiz ishga tushiring.12

    Ikkita bola Samsung Cloud Gaming xizmati orqali o'yin o'ynamoqda. Neo QLED ekranida ko'plab o'yinlar, jumladan Xbox, Nvidia GeForce Now, Utomik, Boosteroid va boshqa xizmatlar o'yinlari ko'rsatilgan. Kontrollerni ulang va sevimli o'yinlaringiz va avtonom ilovalaringizni konsolsiz ishga tushiring.

    Hayotingizni SmartThings bilan boshqaring!

    SmartThings

    IoT uchun xalqaro standart — Matter tizimini qo'llab-quvvatlovchi, Neo QLED televizoriga oldindan o'rnatilgan SmartThings xabi bilan aqlli uyingizni barpo eting. Siz aqlli uyingizni alohida xabsiz sozlashingiz mumkin: mos keluvchi qurilmalarni ulab, ularni televizor ekranidan boshqarishingiz kifoya. Ekran sensorlari tufayli televizor uyni boshqarishda ishtirok etishi, jumladan yorug'lik sensorlari vaqtga qarab chiroqlarni o'chirishi yoki yoqishi mumkin.13

    Samsung Neo QLED televizorining ekranida ulanishni ifodalovchi to'lqinlar bilan birgalikda SmartThings yorlig'i paydo bo'ladi. Samsung SmartThings yordamida aqlli uyni boshqarish uchun robot changyutgich, chiroqlar, havo tozalagich, aqlli duxovka, kir yuvish va kir quritish mashinalari hamda sovutgich kabi qurilmalar ulangan. Matter standartiga mos keladi.

    SIzning shaxsiy ma'lumotlaringiz himoya ostida

    Samsung Knox xavfsizlik platformasi

    Sizning PIN kod, parollaringiz va boshqa shaxsiy ma'lumotlaringizni Samsung Knox xavfsizlik platformasi mustahkam himoyalaydi. Bir nechta dastur va apparat bosqichlari sizning televizoringiz va unga ulangan qurilamalarni ishonchsiz harakatlardan himoyalaydi, bizning xavfsizlik bo'yicha mutaxassislarimiz esa doimiy tarzda xavfsizlik yangilanishlarini chiqaradilar.14

    Namuna sifatida keltirilgan. O'zga sayyoralik G-nusmas Samsung televizoridagi o'z profilini tanlab, PIN kodni kiritmoqda. Sizning parol va ma'lumotlaringiz? Xavotirlanmang! Ular ko'p darajali himoya ostida. Alohida PIN kod va parollar bilan chegaralangan. Knox logotipli televizorga sovutgich, robot changyutgich, duxovka, konditsioner va kir yuvish mashinasi kabi qurilmalar ulangan. Ma'lumotlarni shifrlash va himoyalash uchun qurilmalarni Samsung televizoriga SmartThings yordamida ulash talab etiladi. Firibgarlik saytlarini bloklash tizimi sizning hisob ma'lumotlaringizni himoya qiladi. Samsung Knox xavfsizlik platformasi uzluksiz ishlaydi va doimiy ravishda yangilanadi. Xavfsizlik yangiliklari mahsulot ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlan uch yil davomida kafolatlanadi. So'nggi versiyadagi dasturiy ta'minot talab etiladi. Samsung televizorlari Samsung Knox platformasi bilan himoyalangan.

    Dizayn

    Har tomondan maftunkor
    • Infinity Air

      Infinity Air dizaynining afzalliklariga urg'u beruvchi Samsung Neo QLED 2024 televizorining ingichka profili namoyish etilgan. Televizor burilganda ekranda tabiat tasviri hamda noyob va nafis podstavka ko'rinadi.

    • Slim One Connect moduli

      Slim One Connect moduli podstavkadagi televizorning orqa paneliga biriktirilgan hamda uning 4 ta portlari, jumladan 4 ta HDMI portlar, bir donasi eARC markirovkasi bilan ko'rsatilgan.

    • Ramkasiz ekran

      Ultra ingichka ramkali Neo QLED 2024 televizor ekranining burchagi katta planda ko'rsatilgan.
    • Doirasimon dinamiklar

      Neo QLED 2024 televizorining 4 ta doirasimon dinamiklarga ega orqa paneli katta planda namoyish etilgan.
    Eng yanggi Samsung Neo QLED televizori Infinity Air dizayni va One Connect moduli bilan birgalikda zamonaviy xona muhitiga uyg'unlik bilan mos keldi.
    Neo QLED 2024 televizorining ultra ingichka Infinity Air dizayni profili ko'rsatilgan.

      *Dizayn xususiyatlari QN900D uchun ko'rsatilgan.

      Samsung Neo QLED
      televizorlarini taqqoslash

      Chizg'ich

      • Turi

      • Ekran o'lchami (diagonal)

      • Kontrastligi

      • HDR

      • Protsessor

      • Masshtab

      • Gaming Motion

      • Dolby Atmos® texnologiyasi

      • Object Tracking Sound Texnologiyasi

      • Dizayn

      • Smart TV (Samsung Tizen OT)

      *Neo QLED seriyasi televizorlarining mavjud funksiyalari va xususiyatlari o'lcham va mintaqaga bog'liq.19

      Televizor tanlovida yordam kerakmi?

      Mukammal televizorni tanlang

      *Dunyodagi 1-raqamli televizor. Manba: Omdia, 2024-yil fevral oyi. Tadqiqotlar va baholashlarga Samsung kompaniyasi homiylik qilmaydi. Mazkur ma'lumotlarga asoslanib siz barcha risklarni o'z bo'yningizga olasiz.

      *Tasvirlar namuna maqsadida keltirilgan. Ish ko'rsatkichlariga ta'sir etmaydigan tashqi ko'rinish va dizayn xususiyatlari ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchi interfeysi ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

      1. AI protsessor va AI masshtablashtirish: tasvir sifati multimedia formati va turiga bog'liq. Masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida ishlamasligi mumkin.
      2. AI Motion Enhancer Pro: tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. AI Motion Enhancer Pro shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida ishlamasligi mumkin.
      3. Real Depth Enhancer Pro: tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq.
      4. Active Voice Amplifier Pro: televizor menyusida Active Voice Amplifier Pro funksiyasini faollashtirish talab etiladi.
      5. Object Tracking Sound: yuqori dinamiklarning mavjudligi modelga bog'liq, batafsil tegishli mahsulotning sahifasida bilib olishingiz mumkin.
      6. Adaptive Sound Pro: mazkur funksiya televizor menyusidagi quyida bo'limda faollashtiriladi: Intellektual rejim > Adaptive Sound Pro. Odatiy holatda Adaptive Sound Bro faollashtirilmagan bo'ladi.
      7. AI Auto Game rejimi: AI Auto Game rejimi barcha konsol o'yinlarini ham qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. Mavjudlik o'yin xususiyatlari va formatiga bog'liq. Foydalanuvchi interfeysi ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
      8. AI Energy rejimi: energiya tejash koeffitisienti mintaqa, model, o'lchamlar, foydalanish sharoitlari va kontent turiga bog'liq. Faollashtirilgan eko rejimi bilan taqdim etiladigan mahsulotlarda ayrim AI Energy rejimi funksiyalari oldindan faollashtirilgan bo'ladi va shu sababli AI Energy rejimiga o'tilganda energiya tejash darajasi standart rejimga nisbatan pastroq bo'lishi mumkin. AI Energy rejimi o'yin rejimiga mos kelmaydi. Energiya tejamkorligi ichki sinovlar asosida ko'rsatilgan hamda ko'rilayotgan kontent turi va yorqinlik darajasiga bog'liq.
      9. Dolby Atmos® va Object Tracking Sound: yuqori dinamiklarning mavjudligi modelga bog'liq, batafsil tegishli mahsulotning sahifasida bilib olishingiz mumkin.
      10. Q-Symphony: Q-Symphony qo'llab-quvvatlanishini saundbar xususiyatlarida bilib oling. Saundbar alohida sotib olinadi.
      11. OS Samsung Tizen: kontent va xizmatlar mintaqaga bog'liq hamda ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Foydalanishdan oldin Smart Hub platformasining Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatini qabul qilish talab etiladi. Ayrim kontent va xizmatlar faqat ro'yxatdan o'tib, obuna bo'lgandan so'ng amal qiladi.
        • a. (Xitoy, Turkiya, Isroildan tashqari) OS Samsung Tizen barcha funksiyalari, jumladan Smart TV funksiya va ilovalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Ro'yxatdan o'tmasdan turib siz faqat efirli televideniyaga (tyunerli qurilmalar uchun amal qiladi) va tashqi qurilmalarga ulanishingiz mumkin. Samsung hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazish uchun alohida qurilma talab etilishi mumkin (masalan, noutbuk yoki smartfon).
        • b. Samsung TV Plus uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Qo'llab-quvvatlanadigan Samsung qurilmalari va kanallari mamlakatga bog'liq. Kanallar va foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. 2016 yildan boshlab Samsung Smart TV televizorlarda bepul mavjud. Samsung TV Plus xizmatida reklama namoyish etilishi mumkin.
      12. Cloud Gaming: mavjud o'yinlar va kontent mamlakat va modelga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Ayrim o'yinlar uchun kontroller talab etiladi (alohida sotib olinadi). Internetga ulanish va obuna talab etilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Ayrim xizmat va o'yinlar uchun ilovalarni o'rnatish talab etilishi mumkin.
      13. SmartThings: mavjud texnologiyalar, imkoniyatlar va funksiyalar mamlakat, xizmat yetkazib beruvchi, tarmoq holati va qurilmaga bog'liq hamda ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etilishi mumkin. Ulanadigan qurilmalar alohida sotib olinadi. Foydalanuvchi interfeysi ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Ulangan qurilmalarni chiroq sensorlari orqali yoqish va o'chirish faqat SmartThings tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan IoT chiroqlari uchun amal qiladi.
      14. Samsung Knox xavfsizlik platformasi: Samsung Knox platformasi 2015-yildan buyon ishlab chiqarilayotgan, Tizen® asosidagi Samsung televizorlari uchun amal qiladi. Xavfsizlik yangilanishlari mahsulot ishlab chiqarilgandan boshlab uch yil davomida taqdim etiladi. So'nggi versiyadagi dasturiy ta'minot talab etiladi.
      15. Motion Xcelerator 240 Gs: 4K 240 Gs sifat faqat mazkur xususiyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy kompyuterdagi o'yinlar uchun amal qiladi (kompyuter videokartasi talab etiladi). Haqiqiy sifat farq qilishi mumkin.
      16. Motion Xcelerator 165 Gs: 4K 165 Gs sifat faqat mazkur xususiyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy kompyuterdagi o'yinlar uchun amal qiladi (kompyuter videokartasi talab etiladi). Haqiqiy sifat farq qilishi mumkin.
      17. Motion Xcelerator 144 Gs: 4K 144 Gs sifat faqat mazkur xususiyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy kompyuterdagi o'yinlar uchun amal qiladi (kompyuter videokartasi talab etiladi). Haqiqiy sifat farq qilishi mumkin.
      18. Motion Xcelerator 120 Gs: tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq.
      19. Samsung Neo QLED televizorlarini taqqoslash.
        • a. 65 dyuymli QN900D uchun: Neo Quantum HDR 8K+
        • b. 50/43 dyuymli QN90D uchun: Neo Quantum HDR, yuqori dinamiklarsiz Dolby Atmos, OTS Lite
        • c. 98 dyuymli QN90D 98 uchun: Motion Xcelerator 120 Gs