HDR TV nima?

Televizordagi tasvirlarning koʻrinishi
oʻtgan davr mobaynida siz koʻrgan
tasvirlarning koʻrinishidan bir oz farq
qilishini payqadingizmi?
HDR haqida batafsil bilib olish uchun
davomini oʻqing.

HDR nimani anglatadi?

HDR – High Dynamic Range (Yuqori dinamik diapazon) atamasining qisqartmasi boʻlib, juda yorqin sahnalardagi kontentning ham, juda qorongʻi sahnalardagi kontentning ham tafsilotlarini aniq tasvirlab beruvchi texnikani bildiradi. U kengaytirilgan kontrast diapazoni bilan ham ancha tabiiy va hayotiy tasvirlarni taqdim etadi. Masalan, tim qorongʻi gʻor sahnasida HDR TV qurilmalari gʻor devorlari koʻrinishi va rangi, shuningdek, ularning tuzilishini koʻrsatadi. Va okeandagi yaxta aks ettirilgan sahnada, orqa fonda quyoshning yaraqlashidan qatʼi nazar, quyosh nurlarining alohida-alohida poylayotgani aniq koʻrinadi. Ayni damda ushbu maqolani kompyuteringiz ekrani yoki mobil telefoningizda oʻqiyotgan boʻlsangiz kerak va agar qurilmangizda HDR texnologiyasidan foydalanish imkoni boʻlmasa, HDR nimalarga qodirligini toʻliq tasavvur qilish va tushunish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqdasiz. Shunday ekan, oʻzingizga himmat koʻrsating va eng yaqin elektronika doʻkoniga tashrif buyurib, HDR TV sifatiga shaxsan guvoh boʻling, chunki koʻrish – ishonishdir.

Телевизор с этикеткой "HDR", на экране которого представлено изображение солнечного заката на берегу океана. Это изображение обработано с помощью технологии High Dynamic Range.

HDR turlari

HDR standartlarining koʻplab turlari mavjud, lekin eng keng foydalaniladigani – “HDR10”. Yaqinda HDR10+ deb nomlangan yangi texnologiya taqdim etildi va uning HDR10 dan farqi – ularda dinamik meta-axborot yoki statik meta-axborotdan foydalanilishida. Dinamik HDR texnologiyasi har bir sahnaga meta-axborotning tatbiq qilinib, soʻng statik HDR texnologiyasiga taqqoslaganda yanada optimallashtirilgan tasvir sifati taqdim etilishini anglatadi.

* Meta-axborot deyilganda kontentda mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasvir maʼlumotlari nazarda tutiladi. Bu HDR tasvirni yozish jarayonida foydalaniladigan rang va yorqinlik maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi.

* Bu HDR10+ va HDR10 oʻrtasidagi farqlarni koʻrsatadi. HDR10+ fotosuratlarida “Yaxshiroq ranglar toʻyinganligi” va “Mutanosib yorqinlik” aks etgan,lekin boshqa HDR10 rasmlarda “Bir oz toʻyinmaganlik” va “Nomutanosib yorqinlik”ni koʻrish mumkin.

HDR kontentdan zavq oling

Kontent yaratuvchilar endi bemalol HDR yordamida 4K+ sifatli aʼlo darajadagi kontent yaratishi mumkin. Kontent yaratuvchilarga oʻzlari xohlagan usulda gʻoyalarini ifodalash imkonini beruvchi koʻplab qurilmalar mavjudligidan umumiy kontent yanada moʻllashdi. Shuningdek, sizni ushbu yangi kontentdan bahramand etuvchi Streaming, IPTV va Set-top box kabi koʻplab xizmat turlari mavjud, qilishingiz kerak boʻlgan yagona narsa – mazkur kontent afzalliklarini toʻliq namoyish etadigan HDR TV televizor olish, xolos.

HDR TV qurilmasini tanlaganingizda 4 narsani yodda saqlang

HDR bilan bogʻliq eng yaxshi taassurotlardan biriga ega boʻlish uchun quyidagilar hisobga olinishi kerak:
Yorqin kontent qanchalik yaxshi aks ettirilishi mumkin, qorongʻi-qora kontent qanchalik yaxshi aks ettirilishi mumkin va turli ranglar qanchalik aniq aks ettirilishi mumkin.
Mana shular HDR texnologiyasiga ega televizor qurilmasining sifatini belgilab beruvchi asosiy omillardir.

* Mahalliy qoraytirish – bu haqiqiy qora rangni hosil qilish uchun ekran orqa qismi yorugʻligini mahalliy darajada boshqaradigan texnologiya.

* HDR TV qurilmasini xarid qilish nazorat roʻyxati 4 narsani koʻrsatadi: HDR10+ (Dinamik meta-axborot), HDR 1000 nit yoki undan yuqoriroq yorqinlik, mahalliy qoraytirish va 100% rang hajmi.