Qaysi oʻlchamdagi
televizor olishim kerak?
Biz televizor oʻlchamini tanlashda
kerak boʻladigan
baʼzi maslahatlarni to’pladik.
Televizor ekranining oʻlchamini
qanday oʻlchash kerak
Televizoringiz oʻlchamini hisoblash siz oʻylagandan koʻra oson. Televizorning oʻlchami uning diagonal uzunligini anglatadi, bu televizor ekranining yuqori chap burchagidan pastki oʻng burchagigacha masofani oʻlchash natijasida aniqlanadi. Koʻpchilik hollarda dyuymlarda belgilanadi.
Qanchalik katta bo'lsa, shuncha yaxshi
Televizorlar har xil oʻlchamda, ammo sizga byudjetingiz imkon beradigan eng katta hajmni tanlashni tavsiya etamiz. Agar siz 75 dyuym va undan kattaroq televizor olishni oʻylayotgan boʻlsangiz, bilishingiz kerak boʻlgan bitta narsa bor. Samsung Internal Research (ichki nazorat) maʼlumotlariga koʻra, yangi televizorlarni sotib olishning asosiy sababi kattaroq ekranlarga boʻlgan talabdir. Va hatto sotib olgandan keyin ham qoniqish juda yuqori boʻlib qoladi. Xoʻsh, sizning hayolingizda boʻlgan maʼlum bir ekran oʻlchamlari bormi? Endi katta qadam tashlaydigan va hech qachon orqaga qaramaydigan vaqt keldi.
Televizoringiz uchun
tavsiya etilgan masofa
Barcha televizorlar tavsiya etilgan masofa va burchakka ega boʻlib, uni oʻzingizning uyingizda oʻrnatishda hisobga olishingiz kerak. Eng yaxshi va chuqur tomosha hissini koʻrish maydonning 40 darajasini ekran egallaganda olish mumkin. Ushbu koʻrish masofasini televizoringiz o‘lchamini bilish bilan hisoblash mumkin. Ushbu mos masofani olish uchun ekran oʻlchamini 1,2 ga koʻpaytiring. 75 dyuymli televizor uchun bu 90 dyuym yoki 2,3 metr masofada oʻtirishni anglatadi. Televizorning turli oʻlchamlari uchun tavsiya etilgan koʻrish masofalarini aniqlash uchun taqdim etilgan jadvalga qarang, shunda siz oʻzingizning xonangiz uchun eng yaxshi televizor oʻlchamini tanlashingiz mumkin.
Yodda tutish kerak
boʻlgan boshqa narsalar
1. Haqiqiy televizor
oʻlchamlarini tekshiring
Yangi televizorni sotib olishdan hayajonlanish koʻpincha uni sozlashda asl vazifani unutishingizga olib kelishi mumkin. Televizor shunchaki ekran oʻlchami emas. Katta ekranli televizorning fizik oʻlchamlari, stend va ramka, shuningdek kelajakda xonada joylashish oʻrni esda tutilishi kerak boʻlgan muhim omillardir. Katta ekranli televizorni oʻrnatayotganda bosh ogʻrigʻi kelib chiqmasligi uchun televizorning aniq oʻlchamlarini mebel sozlamalari bilan taqqoslashni unutmang.
2. Televizorning tiniqligini, ayniqsa katta
ekranli boʻlsa tekshirib koʻring.
Umumiy qoidalar shundan iboratki, ekran oʻlchami kattalashgan sari umumiy piksellar soni yoki tiniqligini oshirish kerak. Tiniqlik qanchalik yaxshi boʻlsa, shunchaki piksel oʻrniga rasmni koʻrasiz. Shuning uchun katta ekranli televizor sotib olayotganda 4К kabi yuqori tiniqlikdagi sifatli tasvir bilan ishlash tavsiya etiladi.