Galaxy Watch6 (40mm)
SM-R930NZEACIS
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Sizni hammadan-da yaxshiroq biladigan qurilma yanada foydalanuvchiga moslashtirilgan salomatlik nazorati hamda yangilangan uyqu sifati tahlili bilan qaytmoqda. Endilikda Galaxy Watch6 soatida mavjud uyquni tartibga solish funksiyasi bilan o'z kuningizni to'liq kuch bilan boshlang.
Galaxy Watch6Kundalik salomatlik sayohatingizni boshlang20% ga kattaroq
30% ga ingichkaroq
20% ga kattalashgan ekran orqali bir qarashda yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'ling. 30% ga kichraygan ramka evaziga u Galaxy Watch qurilmalari orasidagi eng katta ekran bo'lib, moslashuvchan siferblat evaziga o'zingizni ifodalash uchun yanada kattaroq maydon yaratadi.1, 2
Yanada kattaroq ekran
va kichikroq bezel
Yanada ingichka
korpusni kutib oling
Two Galaxy Watch6 can be seen. The first one is positioned to show its thinness. The second one is zoomed in to emphasize the slim design of Galaxy Watch6.
Zamonaviy uslub va qulayliklar mazkur ingichka va nafis dizaynda mujassam bo'lmoqda. Yangi g'oyalar asosida yangilangan dizayn Galaxy Watch6 ni sizning bilagingizga mos yuqori qulaylikka ega va yengil aksessuarga aylantirdi. 3
Tasmani bir harakatda almashtiring
Tasmani yechib olish uchun tugmani bosish kifoya. Sport uslubidan kundalik uslubga o'tish uchun bir harakat kifoya. Tasma yo'naltiruvchilari uni tez va oson joylashtirish, so'ngra yoqimli tovush bilan mA·skamlash imkonini beradi. 4
Ремешок для часов Galaxy Watch6 можно увидеть прикрепленным, чтобы проиллюстрировать легкость кнопки разблокировки одним нажатием.
Saphire Crystal Glass
shishasiga chiziqlar
aslo yarashmaydi
Yomg'ir yoki quyoshli havo bo'lsin, ular barchasiga tayyor. Yuqori mustahkamlikk ega safir shisha soat ekranini chidamli va mustahkam qilsa, IP68 himoya darajasi hamda 5 ATM soatingizga eng murakkab sarguzashtlar vaqtida ham ishonishingiz mumkinligini anglatadi.5, 6
Galaxy Watch6 can be seen facing upward with the display zoomed in, with waterdrops next to the Watch to indicate that it is waterproof. A gleam of light goes over the display to emphasize the durability of the Sapphire Crystal glass.
Rekord vaqt
ichidagi
zaryadlash
Bir zaryadda 40 soatgacha ishlaydi. Tezkor zaryadlash esa 30 daqiqada 45% gacha zaryadlashi natijasida siz ochiq havodagi sayrga yoki sog'lom uyquga tayyor bo'lasiz.7, 8, 9
Front view of Galaxy Watch6 can be seen with the charging screen GUI on display. The number on the screen goes up from '50%' to '100%', implying the battery is being fully charged.
Bizning eng qudratli Galaxy Watch
Yangilangan protsessor Galaxy Watch6 ni 18% ga tezkor qilib, ilovalar ishga tushish tezligini oshiradi. Tongni jismoniy mashqlardan boshlashingiz, yoki uyquga tayyorgarlik qilishingizdan qat'iy nazar, Galaxy Watch6 doimo tayyor.3
Galaxy Watch6 processor is being assembled with the bezel and display.
Omadli kun
hayrli tundan
boshlanadi
Kuningiz maksimal darajada samarador bo'lishi uchun uhlash odatlaringiz to'g'risida bilib oling. Uhlashdan oldin Galaxy Watch6 taqing hamda miriqib dam olish uchun uhlash fazalari, ko'rsatkichlari va davomiyligini nazorat qiling.10, 11, 12, 13, 14, 15, 16
Sizning xotirjamligingiz uchun xavfsizlik funksiyalari
Galaxy Watch6 qurilmangiz favqulotda holat ehtimoli tufayli doimo kutish rejimida bo'ladi. Agarda siz yiqilsangiz, yiqilishni aniqlash tizimi buni qayd etib, sizga yordam talab etilishini aniqlashtiradi. Boshqa holatlarda "Bosh oyna" tugmasini besh marta bosib tezkor yordam xizmatlariga SOS signalini yuborishingiz mumkin. Yordam kelganida, qulflash oynasidan bir harakat bilan o'z tibbiy ma'lumotlaringizni oling. Siz ishonchli qo'llardasiz, xavotirga aslo o'rin yo'q. 29, 30, 31, 32 27, 28, 29, 30
Daily activity screen can be seen, with the progress bars advancing.
Mashg'ulotlar tahlili
— Natija sari yo'lingizda barchasini nazoratda tuting
Galaxy Watch6 bilan barcha yutuqlaringizni qayd etib, oraliq natijalaringizni nazorat qilib boring. Siz suzish va yoga kabi 90 dan ortiq mashg'ulot turlaridan birini tanlashingiz yoki o'z mashg'ulotingizni yaratishingiz mumkin. "Start" tugmasini bosishni unutdingizmi? Sizning Galaxy Watch soatingiz yugurish, yurish, velosipedda uchish kabi ayrim mashg'ulotlarni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda siz qimmatbaho ma'lumotlarni yo'qotmasligingiz uchun natijalarni qayd etib boradi. 28, 33, 34 26, 31, 32
Different workout icons can be seen. In the middle is the cycling icon with the person sitting upright. The person begins cycling and slowly bends forward as other workout icons appear from the right.
Do'stlaringiz hamda oila a'zolaringiz o'rtasidagi salomatlik musobaqasini boshlang.
Mashg'ulotlaringiz uchun maqsadlar yarating hamda o'z kuchingizni namoyon eting. Mashg'ulotlar uchun do'stlaringizni taklif eting hamda bir-biringizga belgilangan maqsadlarga erishish yo'lida motivatsiya bering. Yuksalish, natijalar hamda rekordlaringizni ham birgalikda nishonlang.
Galaxy Watch6
soatingizni o'zidanoq
selfilar oling
Yaqin atrofda masofadan turib selfi olish uchun Galaxy Watch6 soatingizni Galaxy Z Flip5 smartfoningizga ulang. Galaxy Z Flip5 ning Flex rejimi hamda Camera Controller sizga osonlik bilan surat va video rejimlarini almashtirish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirishni qo'lingizdagi soatdan turib qulay amalga oshirish imkoniyatini beradi. Suratga olish uchun smart soatingizdagi tugmani bosishingiz kifoya! 36, 37 34, 35
On the right is Galaxy Z Flip5 on Flex mode. On the left is Galaxy Watch6 displaying the same screen as Galaxy Z Flip5, illustrating the Camera Controller feature.
Xalqaro rouming doimo aloqada qolishingizga yordam beradi
Dunyo sirlarini o'rganish jarayonida eng asosiysi yo'ldan adashmaslik. Galaxy Watch6 dagi xalqaro rouming smart soatdan turiboq xaritadan foydalanish imkonini beradi. Agarda siz bilan favqulotda holat yuz bersa, xavotirga aslo o'rin yo'q, chunki siz yordam so'rab qo'ng'iroq yoki xabar yuborishingiz mumkin. 40, 41 38, 39
O'z uslubingizga moshlashtiring
Galaxy Watch6 soatingizni o‘zingizniki qiling. Har xil uslub va materiallardagi keng assortimentdagi tasmalardan tanlang. Shuningdek, siz o'zingizning sevimli ranglaringiz, shablonlaringiz va fotosuratlaringiz bilan soat yuzini sozlashingiz mumkin. Sizning tasavvuringizdan boshqa hech narsa sizni cheklamaydi!4
Almashtiring, yaxshilang va tijorat qiling.
Barchasi oddiy
O'zingizga mos soat tanlash vaqti keldi
- Galaxy Watch6 displeyi o'lchami Galaxy Watch5 displeyi o'lchami bilan taqqoslangandagi natija.
- Ekran o'lchami hamda qora maydonlarni taqqoslash Galaxy Watch6 (40 mm) modeliga asoslanadi. Galaxy Watch6 (44 mm) modelida ekran va qora maydonlarni taqqoslash natijalari mos ravishda 16,5% va 28% ga teng.
- Galaxy Watch5 bilan taqqoslaganda.
- Tasmalarning mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Qo'shimcha tasmalar alohida sotiladi.
- Galaxy Watch6 50 mter chuqurlikda 10 daqiqa davomida 5 ATM dan past bosim sharoitida suvga chidamli. Soat dayving yoki yuqori bosim ostidagi suv sport turlari bilan shug'ullanish uchun mo'ljallanmagan. Agarda qurilma yoki qo'llaringiz ho'l bo'lgan taqdirda, foydalanishdan oldin ularni quritish tavsiya etiladi. Galaxy Watch6 1,5 metrdan chuqur bo'lmagan suvda 30 daqiqagacha suvga hamda changga chidamlilikni (IP68) ta'minlaydi. Batafsil, shu o'rinda, foydalanish sharoitlari bo'yicha ma'lumot olish uchun foydalanuvchi qo'llanmasiga murojaat qiling.
- Doimiy yuk 200 kgk bo'lganda o'lchangan Vikkers usuliga asoslanadi.
- Haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sharoiti, foydalanish holati va boshqa omillarga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Sinovlar Galaxy WatchX (BT & LTE) boshlang'ich ishlab chiqarilgan versiyasidan foydalanilgan holda Samsung tomonidan XXX 202X sanasida, har biri Samsung smartfoniga ulangan holatida o'tkazilgan; barcha qurilmalar boshlang'ich versiya uchun dasturiy ta'minot, Galaxy Watch Magnetic (EP-OR900) tezkor zaryadlash uchun USB S kabeli hamda 25 Vt (EP-TA800) quvvatli Samsung USB C adapteridan foydalanilgan holda sinovdan o'tkazilgan. Zaryadlash vaqti mintaqa, sozlamalar, foydalanish sharoiti va tashqi muhit omillariga bog'liq; haqiqiy natijalar farq qilishi mumkin.
- 25 Vt quvvatli Samsung USB C adapteri (PA 800) alohida sotiladi.
- Samsung Health ilovasining 6.24 yoki undan yangi versiyasi talab etiladi.
- Galaxy Watch6 Classic soati Android 10.0 versiya hamda kamida 1,5 GB xotiraga ega Samsung Galaxy smartfoni bilan bog'langan bo'lishi kerak.
- Uyqu sifatini tahlil qilish funksiyalari faqat umumiy salomatlik hamda fitnes uchun mo'ljallangan. Uyqu buzilishi va kasalliklarini aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. O'lchovlar siz uchun shaxsiy ma'lumot berish uchun keltirilgan. Tibbiy maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
- Uyquni tartibga keltirish mashg'ulotlari funksiyasi uchun 2 dam olish kunlari bilan birgalikda, kamida 7 kunlik uhlash odatlari haqidagi ma'lumot talab etiladi.
- Qondagi kislorod darajasini aniqlash funksiyasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Ko'rinmas LED uyqu rejimi yoqilganda ishga tushadi.
- Fabric Band tasmasi alohida sotiladi hamda Galaxy Watch4 yoki undan yangi Galaxy Watch seriyasi uchun mos keladi. Tasmalarning mavjudligi mamlakat/mintaqa va yetkazib beruvchiga qarab farq qilishi mumkin.
- ФYurak urishini nazorat qilish funksiyasi faqat umumiy salomatlik va fitnes uchun mo'ljallangan. Hech qanday kasallik yoki tibbiy holatni aniqlash, diagnostika qilish, davolash yoki yuritishda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Qurilma va ilova orqali olingan har qanday salomatlikka tegishli ma'lumot tibbiy maslahat sifatida qaralishi kerak emas. Foydalanuvchilar har qanday tibbiy maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qilishi kerak.
- Tartibsiz yurak ritmi haqida ogohlantirish (IHRN) funksiyasining amal qilishi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tibbiy qurilma dasturiy ta'minoti (SaMD) sifatida tasdiqlash/ro'yxatdan o'tkazishdagi cheklovlar tufayli u faqatgina xizmat hozirda mavjud mamlakatlarda (foydalanuvchilar xizmat taqdim etilmaydigan mamlakatlarga sayohatlari davomida mazkur xizmat amal qilmasligi mumkin) xarid qilingan smart soat va smartfonlarda amal qiladi. Aritmiyani bildiruvchi har bir tartibsiz ritm haqida ogohlantirish berish uchun mo'ljallanmagan bo'lib, o'z navbatida ogohlantirish yo'qligi patalogiya umuman yo'qligini bildirmaydi. 22 yoshga to'lmagan shaxslar foydalanishi uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar qurilma ma'lumotlariga asoslangan holda malakali tibbiyot xodimi maslahatisiz hech qanday klinik amaliyotlarni amalga oshirmasliklari kerak.
- EKG ilovasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tibbiy qurilma dasturiy ta'minoti (SaMD) sifatida tasdiqlash/ro'yxatdan o'tkazishdagi cheklovlar tufayli EKG ilovasi faqatgina xizmat hozirda mavjud mamlakatlarda (foydalanuvchilar xizmat taqdim etilmaydigan mamlakatlarga sayohatlari davomida mazkur xizmat amal qilmasligi mumkin) xarid qilingan smart soat va smartfonlarda amal qiladi. So'nggi yangiliklar va xizmat ko'rsatiladigan mamlakatlar borasida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun https://117.p.syniva.es/apps/samsung-health-monito sahifasiga tashrif buyuring. 22 yoshga to'lmagan shaxslar foydalanishi uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar qurilma ma'lumotlariga asoslangan holda malakali tibbiyot xodimi maslahatisiz hech qanday klinik amaliyotlarni amalga oshirmasliklari kerak.
- Arterial qon bosimining aniq ko'rsatkichlariga ega bo'lish uchun har 4 hafta oralig'ida arterial qon bosim monitori va qo'l manjetasi yordamidagi sozlash talab etiladi. Android 7.0 yoki undan yangi versiyaga ega smartfon talab etiladi.
- Arterial qon bosimini o'lchash ilovasining mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tibbiy qurilma dasturiy ta'minoti (SaMD) sifatida tasdiqlash/ro'yxatdan o'tkazishdagi cheklovlar tufayli arterial qon bosimni o'lchash ilovasi faqatgina xizmat hozirda mavjud mamlakatlarda (foydalanuvchilar xizmat taqdim etilmaydigan mamlakatlarga sayohatlari davomida mazkur xizmat amal qilmasligi mumkin) xarid qilingan smart soat va smartfonlarda amal qiladi. So'nggi yangiliklar va xizmat ko'rsatiladigan mamlakatlar borasida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun https://117.p.syniva.es/apps/samsung-health-monito sahifasiga tashrif buyuring. 22 yoshga to'lmagan shaxslar foydalanishi uchun mo'ljallanmagan.
- Foydalanuvchilar odatiy manjetni qo'llaganlari kabi, foydalanuvchilar arterial qon bosimini o'lchash davomida sokin holatda bo'lishlari talab etiladi hamda mashg'ulotlar, chekish hamda alkogol mahsulotlarini iste'mol qilish vaqtida o'lchamaslik tavsiya etiladi. "Arterial bosim" ilovasi gipertoniya yoki boshqa kasalliklar diagnostikasi hamda 22 yoshga to'lmagan shaxslar foydalanishi uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar qurilma ma'lumotlariga asoslangan holda malakali tibbiyot xodimi maslahatisiz hech qanday klinik amaliyotlarni amalga oshirmasliklari kerak. Arterial bosimni o'lchash ilovasi odatiy diagnostika va davolash usullarini o'rnini egallash uchun mo'ljallanmagan.
- Arterial bosimni o'lchash tarixini bog'langan smartfondagi Samsung Health Monitor ilovasida ko'rish mumkin.
- Diagnostika va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Umumiy salomatlik va fitnes uchun mo'ljallangan.
- Funksiya faqat Galaxy Watch4 va undan yangi Galaxy Watch modellarida qo'llab-quvvatlanadi. Kardiostimulyator va boshqa implant qilingan tibbiy qurilmalaringiz bo'lganda hamda homiladorlik vaqtida foydalanish mumkin emas. Qurilma hamda ilova orqali olingan salomatlik ma'lumotlari tibbiy maslahat sifatida qaralmasligi kerak. Yoshingiz 20 ga yetmagan taqdirda o'lchash natijalari noaniq bo'lishi mumkin. Maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qilishingizni so'raymiz.<
- Qo'llab-quvvatlovchi smartfonlar hamda amaldagi ilovalar mamlakat/mintaqa, yetkazib beruvchi va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
- Galaxy Watch6 qurilmasida Wear OS operatsion tizimining so'nggi versiyasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.
- Tushishni aniqlash funksiyasidan foydalanish uchun u sizning Galaxy smartfoningizdagi Galaxy Wearable ilovasida yoqilgan bo'lishi talab etiladi.
- Tezkor chaqiruv uchun tarmoqqa ulanish yoki Galaxy smartfoniga bog'lanish talab etiladi.
- Smart soat, Samsung Health ilovasi yoki unga bog'liq dasturiy ta'minot yordamida yig'ilgan ma'lumotlar hech qanday kasallik yoki tibbiy holatlarni diagnostika qilish yoki profilaktikasi uchun mo'ljallanmagan.
- Sozlamalarda mashg'ulotlarni avtomatik tarzda aniqlash yoqilgan bo'lishi kerak. Avtomatik aniqlash barcha mashg'ulotlar uchun amal qilmaydi.
- Faqat Galaxy Watch6 qurilmasida mavjud hamda mos mobil qurilma bilan bog'langan bo'lishi talab etiladi.
- Yurak va o'pka imkoniyatlariga asoslangan holda yugurishdagi har bir YQCH zonasi diapazonlarini o'rnatish uchun toza havoda 10 daqiqa davomida 4 km/soat yoki undan yuqori tezlik bilan yugurish talab etiladi.
- Galaxy Z Flip5 alohida sotiladi.
- Camera Controller funksiyasi Galaxy Watch4 hamda undan yangi Galaxy Watch modellarida, Galaxy S9 seriyasi va undan yangi versiyalari bilan bog'langanida qo'llab-quvvatlanadi. Camera Controllerning zoom xususiyati Galaxy Watch4 hamda undan yangi Galaxy Watch modellarida, One UI 5.1 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy S seriyasi, Galaxy Note seriyasi va Galaxy Z seriyasining Camera Controller funksiyasini qo'llab-quvvatlovchi smartfonlari bilan bog'langanida amal qiladi.
- Galaxy Watch6 soatining ayrim funksiyalaridan foydalanish uchun LTE tarmog'iga ulanish talab etiladi. LTE tarmog'iga ulanish faqat LTE modellarida amal qiladi.
- Wear OS bilan barcha ilova va xizmatlar ham mos kelmasligi mumkin.
- LTE modellarida amal qiladi.
- Xalqaro rouming yoqilishi natijasida smartfoningiz operatorining tarif rejasiga bog'liq holda qo'shimcha to'lov yechilishiga olib kelishi mumkin.
- Samsung Wallet va uning funksiyalarining mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Ayrim ilovalar mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- GPS funksiyasi internetga ulanishni talab etadi. LTE modellarida smartfonga ulanmasdan ishlash imkoniyati mavjud. LTE qo'llab-quvvatlamaydigan modellarda smartfonga Bluetooth orqali ulanish talab etiladi.
- GPS funksiyasi yoqilganda joylashuvga asoslangan xizmatlarni taqdim etish uchun siznin ayni vaqtdagi joylashuvingiz Galaxy ilovalari yoki boshqa ilovalar tomonidan to'planishi hamda foydalanilishi mumkin.
- Singan qurilmalar uchun chegirmalar miqdori to'liq funksionalga ega qurilmalar uchun chegirmalar miqdoridan sezilarli darajada past bo'ladi, singan qurilmalar narxini maxsus tushirishga mo'ljallangan aksiyalar bundan mustasno.
- KK/OO/YY gacha Samsung.com da amalga oshirilgan xarid. £XX qiymati har qanday XXX smart soatga asoslanadi (brend, mahsulot). Agarda bizga qurilmangizni almashtirish uchun yubormasangiz, qo'shimcha to'lov talab qilinadi. Foydalanish bo'yicha qoida va qo'llanmalar amal qiladi.
- Bluetoothm Wi-Fi yoki LTE ga bog'lanish talab etiladi.
- Uchinchi tomon dasturlarini alohida yuklab olish kerak.
- Samsung Wear OS versiyasidagi Galaxy Watch tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Smart Swith so'nggi versiyasi o'rnatilgan smartfon bilan bog'lanish talab etiladi.
- Uzatish uchun amaldagi ma'lumotlar va kontent operatsion tizimga qarab farq qilishi mumkin.
- Odatiy samaradorlik uchinchi tomon laboratoriya sharoitlarida sinovdan o'tkazilgan. Odatiy hajm – bu IEC 61960-3 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan namunalarning batareya hajmidagi og'ishlarni hisobga olgan holda hisoblangan o'rtacha qiymati.
- Sinovlar Galaxy Watch5 (BT & LTE) boshlang'ich ishlab chiqarilgan versiyasidan foydalanilgan holda Samsung tomonidan 2022 yil iyun sanasida, har biri Samsung smartfoniga ulangan holatida o'tkazilgan; barcha qurilmalar boshlang'ich versiya uchun dasturiy ta'minot, Galaxy Watch Magnetic (EP-OR900) tezkor zaryadlash uchun USB S kabeli hamda 25 Vt (EP-TA800) quvvatli Samsung USB C adapteridan foydalanilgan holda sinovdan o'tkazilgan. Zaryadlash vaqti mintaqa, sozlamalar, foydalanish sharoiti va tashqi muhit omillariga bog'liq; haqiqiy natijalar farq qilishi mumkin.
- Odatiy samaradorlik uchinchi tomon laboratoriya sharoitlarida sinovdan o'tkazilgan. Odatiy hajm – bu IEC 61960-3 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan namunalarning batareya hajmidagi og'ishlarni hisobga olgan holda hisoblangan o'rtacha qiymati. Nominal hajm 573 mA·s ga teng. Haqiqiy ishlash vaqti aloqa holati, foydalanish sharoiti va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
-
NFC
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
Oʻlchami (asosiy displey)
1.3" (33.3 mm)
-
Protsessor
1.4GHz
-
Xotira hajmi (GB)
16
-
Sensorlar
Akselerometr, Barometr, Bioelektrik Impedansni Tahlil Qilish Sensori, Elektr Yurak Sensori, Giro-Datchik, Geomagnit Sensori, Infraqizil Harorat Sensori, Yorug'lik Sensori, Optik Yurak Urish Sensori
-
Infra
Wi-Fi,Bluetooth
-
Audio ijro etish formati
MP3,M4A,3GA,AAC,OGG,OGA,WAV,AMR,AWB
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS,Glonass,Beidou,Galileo
-
Wi-Fi
802.11 a/b/g/n 2.4+5GHz
-
NFC
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
Bluetooth profillari
A2DP,AVRCP,HFP,HSP
-
Wear OT Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
Super AMOLED
-
O'lchami (asosiy displey)
1.3" (33.3 mm)
-
Aniqligi (asosiy displey)
432 x 432
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Protsessor tezligi
1.4GHz
-
Protsessor turi
Dual-Core
-
Operativ xotira (GB)
2
-
Xotira (GB)
16
-
Mavjud xotira (GB)
7.1
-
Akselerometr, Barometr, Bioelektrik Impedansni Tahlil Qilish Sensori, Elektr Yurak Sensori, Giro-Datchik, Geomagnit Sensori, Infraqizil Harorat Sensori, Yorug'lik Sensori, Optik Yurak Urish Sensori
-
Korpus o'lchamlar (BxKxCh, mm)
38.8 x 40.4 x 9.0 mm
-
Tana vazni (g)
28.7 g
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
300
-
Olinadigan
Yo'q
-
Odatiy foydalanish vaqti (soat, AOD o'chirilgan)
40 soatgacha
-
Foydalanish vaqti (soat, AOD yoqilgan)
30 soatgacha
Tez-tez beriladigan savollar
- Samsung Galaxy qurilmangiz quvvatlanmasa nima qilish kerak
- Agar Bluetooth garniturasi Samsung Galaxy ga ulana olmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Watch Samsung smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Buds + quloqchinlari Samsung Galaxy smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Samsung Galaxy Buds + zaryadlanmayapti
Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash
Samsung qurilmasi va xizmatlaridan eng yaxshi darajada foydalaning.
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar